OSMOTIK BOSIM

OSMOTIK BOSIM, diffuziya bosimi — suyuklikda erigan moddaning diffuziya harakati tufayli paydo boʻladigan bosimi. Osmotik bosim erituvchi bilan eritma orasiga qoʻyilgan yarim oʻtkazuvchi (oʻzidan erituvchini oʻtkazib, erigan moddani oʻtkazmaydigan) parda va osmometr yordamida aniklanadi. Osmotik bosim eritmada erigan modsaning konsentratsiyasini oʻta kamaytirish uchun erituvchining eritmaga soʻrilishini yuzaga keltirib chiqaradi.

Osmotik bosim bir xil boʻlgan eritmalar izotonik yoki izoosmotik eritmalar, agar bir eritmaning Osmotik bosimi boshkasinikiga nisbatan yuqori boʻlsa, gipertonik, past boʻlsa gipotonik eritma deyiladi.

Osmotik bosimni oʻlchash usullari va texnikasi haqidagi taʼlimot osmometriya deb ataladi. Osmometriya, asosan, polimerlarning molekulyar massasini aniqlaydi. Hayvon, oʻsimlik hujayralari, mikroorganizmlar va biologik suyuqliklarning Osmotik bosimi ularning suyuq mu-hitida erigan moddalarning konsent-ratsiyasiga bogʻliq. Osmotik bosim turgʻunligi suv-tuz almashinuvi bilan taʼminlanadi. Oʻsimliklardagi Osmotik bosim ularning oʻsish щaroitiga bogʻliq.


Lotin alifbosida maqola: OSMOTIK BOSIM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: O harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
ERITMALAR
OSMOS
OKEAN
HAYOTNING PAYDO BOʻLISHI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты