NURLANISH

NURLANISH — 1) erkin elektromagnit maydon hosil boʻlish jarayoni. Erkin, yaʼni nurlangan elektromagnit maydonning oʻzi qam «Nurlanish» termini bilan ataladi;

2) radiodiapazondagi elektromagnit toʻlqinlarning gʻalayonlanishi va fazoda tarqalishi. Bunda oʻzga-ruvchan tok yoki zaryadlar energiyasi fazoda tarqalayotgan elektromagnit toʻlqinlar energiyasiga aylanadi (q. Radiotoʻlqinlar);

3) tabiiy sharoitda tirik organizmga infraqizil, koʻrinadigan va ultrabinafsha nurlarning biologik taʼsiri. Tirik organizm kos-mik nurlar va ion nurlari bilan ham nurlanadi. Davolash maksadida tirik organizm ultrabinafsha, ultrayukrri chastotali nurlar bilan sunʼiy nurlantiriladi. Nurlanishning total (toʻla), lokal (qisman), tez (qisqa vaqt ichida), xronik (uzoq vaqt davomida), tashqi, ichki va b. xillari mavjud. Nurlarning biologik taʼsiri Nurlanish dozasi, xili, energiyasi va organizmning fiziologik holatiga bogʻliq.

Nurlanish dozalari — nurlarning biror muhitga taʼsirini belgilovchi miqdorlar. Bir necha turlari mavjud. Yutilgan doza — nurlanayotgan muxitning massa birligiga yutiladigan Nurlanish energiyasi; ionlashtiruvchi nurlar (rentgen 7-nurlar, a – va r – zarralar, neytronlar, kosmik nurlar va h. k.)ning muhitda yutilgan dozalari radlarda ifodalanadi. Nurlantirish dozasi — N. miqdorini ifodalaydigan va havoning tonlanishi bilan oʻlchanadigan miqdor, rentgen va u-nurlari rentgenlarda, boshqa ionlashtiruvchi nurlar esaberlarda ifodalanadi. Biologik doza — nurlarning organizmga biologik taʼsirini ifodalovchi miqdor; ber (rentgenning biologik ekvivalen-ti)larda oʻlchanadi. Integral doza — nurlanayotgan hajm boʻyicha toʻla yutilgan ionlashtiruvchi nurlarning umumiy dozasi; gramm-rentgen yoki gramm-radlarda oʻlchanadi. Vaqt birligidagi Nurlanish doza quvvati deyiladi. Baʼzi Nurlanish dozalarining qiymatlari: tabiiy fon (kosmik nurlar, muhit va odamni oʻrab olgan radioaktivlik)ning Nurlanish dozasi 0,1 ber/yil; nur kasalligiga olib kela-digan Nurlanish dozasi — 400 —500 ber; terapiyada qoʻllaniladigan Nurlanish dozasi 10000 ber gacha (yana q. Dozimetrax asboblar, Dozimetriya, Dozimetriya nazorati).


Lotin alifbosida maqola: NURLANISH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: N harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
INFRAQIZIL NURLANISH
TOʻLQINLAR
ULTRABINAFSHA NURLANISH
FIZIKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты