NUH ibn MANSUR

NUH ibn MANSUR, amiri Rashid (963 — Buxoro — 997) — Somoniylar davlatining amiri (976—97), amir Mansur ibn Nuhnpsh oʻgʻli. Otasining vafotidan soʻng taxtga oʻtirdi (976-y. 26 sent.). Siyosiy va harbiy sohada is-lohotlar oʻtkazgan. Muhammad ibn Abdulloh ibn Aziz vazir, Abulhasan Sim-juriy sipohsolor (bosh qoʻmondon) boʻldi. Siyosiy jarayonlarda turk lashkarboshilarining mavqei kuchaygan. Nuh ibn mansur ibn M. ning lashkarboshisi Foyiq Raboti Malik yaqinida boʻlgan jangda ataylab yengilgan va qoraxoniylar hukmdori Bugʻroxon (Horun ibn Muso) Buxoroni urushsiz ishgʻol qilgan (992). Biroq, Bugʻroxon kasallik tufayli Qashqarga qaytib ketayotganda yoʻlda vafot etgan (992). Nuh ibn mansur ibn M. Amul (Chor-joʻy)dan qaytib, Buxoroni qayta egallagan. Bu paytda Somoniylar davlatiga qarashli Xuroson Abu Ali Simju-riy (Abulhasan Simjuriyning oʻgʻli) va Foyiq, Gʻazna va Hirot viloyatlari Sabuktegin qoʻlida boʻlgan.

Nuh ibn mansur ibn M. bilan Sabuktegin oʻrtasida Kesh va Naxshabda oʻzaro uchrashuv boʻlib, unda Sabuktegin somoniylarni qoʻllabquvvatlashga vaʼda bergan. Gar-diziyning yozishicha, Sabukteginning 20 ming kishilik qoʻshini Abu Ali Simjuriy (997-y. v. e.) va Foyiq as-karlariga Hirot atrofida kuchli zarbalar bergan. Nuh ibn mansur ibn M. Buxoroga qaytgan. Biroq uning Somoniylar davlatini tanazzuldan saklab qolish yoʻlidagi harakatlari oʻz natijasini ber-madi. Qoraxoniylarning Buxoroga 996-y. qilgan hujumlari oqibatida Sabuktegin bilan Bugʻroxonning vorisi Nasr Iloqxon oʻrtasida Nuh ibn mansur ibn M. ning ishtirokisiz muzokaralar oʻtkazilib, somoniylarga Movarounnahrning faqat markazi qoldiriladi.

Nuh ibn mansur ibn M. saroyida shoir Daqitsiy ijod qilgan. Mashhur tabib Abu Ali ibn Sino 16 yoshida Nuh ibn mansur ibn M. ni davolab, oʻsha davrda Sharqdagi eng boy kutubxona sanalgan Somoniylar davlatining kutubxonasida mutolaa qilish imkoniyatiga ega boʻlgan.

Ad.: Abu Saʻid Gardizi, Zayn alaxbar., T., 1991.


Lotin alifbosida maqola: NUH ibn MANSUR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: N harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMIR TEMUR
TEMURIYLAR
BUXORO XONLIGI
SOMONIYLAR
SABUKTEGIN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты