NYURNBERG

NYURNBERG — Germaniyadagi shahar, Bavariya yerida. Pegnis daryosi va Lyudvig kanali boʻyida. Transport yoʻllarining muhim tuguni. Aholisi 486,4 ming kishi (1999). Mamlakatning yirik sanoat markazlaridan. Aeroport bor. Mayn-Dunay kanalidagi port. Elektrotexnika, stanoksozlik, anik, mexanika, kimyo, toʻqimachilik, koʻn-teri, oziqovqat, yogʻochsozlik, poligrafiya sanoati rivojlangan. Amaliy texnika va tasviriy sanʼat akademiyalari, un-t, i. t. markazlari, opera va drama teatrlari, muzeylar (jumladan, oʻyinchoklar muzeyi) bor. Meʼmoriy yod-gorliklar sakdangan. Metropoliten qurilgan.

Nyurnberg qoʻlyozmalarda 1050-y. dan tilga olingan. 1219-y. dan erkin shahar. 14— 15-a. larda hunarmandchilik va savdoning yirik markazi. 1806-y. dan Bavariya qirolligi tarkibida. 1945-46 y. larda Nyurnbergda Xalqaro harbiy tribunal 2-jahon urushining bosh aybdorlari ishi yuzasidan sud jarayoni oʻtkazgan.


Lotin alifbosida maqola: NYURNBERG haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: N harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
FRANSIYA
GERMANIYA
ITALIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты