NYURNBERG SUD JARAYONI — asosiy natsist harbiy jinoyatchilar ustidan oʻtkazilgan sud jarayoni. Nyurnberg sh. (Germaniya)da 1945-y. 20 noyab. — 1946-y. 1 okt. da boʻlib oʻtgan. Fashistlar Germaniyasining oliy davlat va harbiy arboblari javobgarlik-ka tortilgan. Nyurnberg sud jarayonida natsional-sotsialistlar partiyasining rahbar tarkibi va bu partiyaning sokchi otryadlari (SS), xavfsizlik xizmati (SD), davlat maxfiy politsiyasi (gestapo) ji-noyatchi deb topilgan. 12 kishi (G. Gering, E. Kaltenbrunner, A. Yodl va b.) oʻlimga, 7 kishi uzok, muddatli yoki umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. Tarixda 1-marta Nyurnberg sud jarayonida agressiya insoniyatga qarshi eng ogʻir jinoyat ekan-ligi eʼtirof etildi. Sud jarayonini ittifokchilar tomonidan tuzilgan Xa-lqaro harbiy tribunal amalga oshirdi.