NOʻGʻAY YOʻLI, Noʻgʻay shlyaxi — 13— 17-a. larda koʻchmanchi xalqlarning rus yerlariga qiladigan chopqunlarining asosiy yoʻllaridan biri (Volganing quyi oqimidan Kolomna va Rya-zangacha)ning 16-a. boshidan eʼtiboran manbalarda uchraydigan nomi. Bu yoʻldan qilinadigan chopqunlarning oldini olish uchun rus hukumati Voronej (1586), 17-a. ning 30-y. larida Tambov, Kozlov, Lomov qalʼalarini qurdirgan.