NOʻGʻAY TILI

NOʻGʻAY TILI — turkiy tillar oilasiga mansub, Rossiya Federatsiyasining Chechen Respublikasida, Stavropol (jumladan, Qorachoy-Cherkes Respublikasi) va Krasnodar oʻlkalarining bir qator tumanlarida tarqalgan. Oqnoʻgʻ-ay, noʻgʻay, qoranoʻgʻay lahjalariga boʻlinadi. 60 mingga yaqin kishi soʻzla-shadi. Noʻgʻay tili fonetik va grammatik xususiyatlari bilan qozok. va qoraqalpoq tillariga oʻxshaydi, maye. umumturkiy «ch» va «sh» tovushlari Noʻgʻay tilida «sh» va «s»ga muvofiq keladi (N. t. dagi shiq va tas soʻzlari boshqa turkiy tillarda chiq va tash tarzida talaffuz etiladi). Adabiy Noʻgʻay tili 20-a. da shakllangan; uning taʼsirida dialektal farqlar yoʻqolib bormoqda. Yozuvi 1924—28 y. larda arab alifbosi, 1928—38 y. lardalotin alifbosi asosida boʻlgan; 1938-y. dan esa rus grafikasi asosidagi alifbodan foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: NOʻGʻAY TILI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: N harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



NOʻGʻAY TILI
ROSSIYA
TURKIY TILLAR
QORAQALPOGʻISTON
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты