TURKIY TILLAR

TURKIY TILLAR — hoz. va qad. turkiy xalqlar va elatlarning tillari. Asosan, Uzbekistan, Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Rossiya Federatsiyam, XXR, Afgʻoniston, Eron, Tojikistonda, shuningdek, Bolgariya, Ruminiya, Ukraina, Germaniya, Kipr, Makedoniya, Albaniya, AQSH, Saudiya Arabistoni va b. bir kancha mamlakatlarda tarqalgan. Oʻtgan asr oxiridagi maʼlumotlarga koʻra, Turkiy tillarda soʻzlashuvchilarning umumiy soni 130 mln. kishidan ortiq.

Baʼzi olimlar Turkiy tillarni moʻgʻul tillari hamda tungusmanjur tillari bilan birga qoʻshib, oltoy tillari oilasiga birlashtiradilar. Ye. D. Polivanov, G. Y. Ramstedt kabi tilshunoslarning fikricha, ushbu tillar oilasi koreys va yapon tillarini qoʻshish hisobiga kengayishi mumkin. Oltoy nazariyasiga koʻra, Turkiy tillarning tarixi oltoy tillari bir til boʻlib tashkil topgan qad. zamondan — oltoy davridan boshlanadi. Oltoy bobotili (asos til) dastlab 2 ga — tungusmanjur va turkmoʻgʻul tillariga, soʻngra turkmoʻgʻul tili ham 2 ga — turk va moʻgʻul tillariga ajralgan. Lekin Turkiy tillarning oltoy tillariga genetik aloqadorligi haqidagi masala hamon faraz darajasida krlmoqda.

Turkiy tillar deganda, Sibirdan Bolqon yarim oroligacha bir chiziq boʻylab choʻzilgan ulkan geografik hududda tarqalgan oʻzbek, uygʻur, qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq, saxa (yoqut), tuva, xakas, oltoy, karagas, shor, turkman, ozarbayjon, turk, gagauz, tatar, boshqird, chuvash, qoʻmiq, noʻgʻay, qorachoybolqor, tofalar, chuvash kabi 25 dan ortiq til tushuniladi. Turkiy tillar hoz. tarqalish geografiyasiga koʻra, quyidagi mintaqalarga ajratiladi: Oʻrta va Jan.

Sharqiy Osiyo, Jan. va Gʻarbiy Sibir, VolgaKama havzasi, Shim. Kavkaz, Zakavkazye va Qora dengiz boʻyi. Turkiy tillarning genetik, lisoniy xususiyatlar jihatidan oʻzaro munosabati masalasiga qiziqish juda qad. dan davom etib keladi. Turkiy tillarni birinchi marta tasnif qilgan olim Maxmud Koshgʻariydir. Turkiy tillar tasnifi bilan qiziqish 19-a. oxiri va 20-a. da qayta avj oldi va hoz. gacha koʻplab tasniflar vujudga keldi (rus olimlari I. N. Berezin, V. V. Radlov, F. Ye. Korsh, A. N. Samoylovich, V. A. Bogorodiskiy, N. A. Baskakov, B. A. Serebrennikov, turk olimi R. R. Arat, fin olimlari G. Y. Ramstedt va A. M. O. Ryasyanen, nemis olimlari I. Bensing va K. G. Mengeslarning tasniflari). Bu tasniflar metodi, oldiga qoʻygan maqsadi nuqtayi nazaridan xilmaxildir. Shuning uchun bu tasniflarning birida biron bir guruhga mansub deb hisoblangan til ikkinchisida boshqa bir guruhga tushib qolishi mumkin. Turkiy tillarni tasnif qilishning oʻziga xos qiyin tomonlari bor. Bu qiyinchilik, avvalo, Turkiy tillarning oʻzaro fonetik, leksik, grammatik jihatdan yaqinligidan kelib chiqadi. Ikkinchidan, alohida olingan har bir turkiy xalqning tarkib topishida turli xil qabilalarning ishtirok etganligi va bir qabila bir paytning oʻzida bir necha turkiy xalqning shakllanishida ishtirok etganligi bilan izohlanadi. Mas., V. A. Bogorodiskiy oʻz tasnifida Turkiy tillarning geografik tarqalish xususiyatini asos qilib, ularni 7 guruhga ajratadi: shim. sharqiy (saxayoqut, karagas va tuva tillari); xakas (mintaqadagi xakas aholining shevalari); o l toy (oltoy va teleut tillari, bir qancha lahjalar); gʻarbiy sibir (sibir tatarlariningbarcha laxjalari); volgaboʻyiuraloldi (tatar va boshqird tillari); oʻrta osiyo (uzbek, uygʻur, qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq tillari); jan. gʻarbiy (turkman, ozarbayjon, qoʻmiq, gagauz, turk tillari va chuvash tili). Bu tasnifda turkiy xalklar va tillarning tarixiy tarakane™ hisobga olinmagan, karaim, noʻgʻay kabi tillar eʼtibordan chetdan qolgan. V. V. Radlov tomonidan Turkiy tillar quyidagicha tasnif qilingan: sharqiy guruh (Oltoy, Ob, Yenisey turkiylari va Chulim tatarlarining til va laqjalari, karagas, xakas, shor va tuva tillari); gʻarbiy guruh (Gʻarbiy Sibir tatarlarining lahjalari, qirgʻiz, qozoq, boshqird, tatar va qoraqalpoq tillari); oʻrta osiyo guruhi (oʻzbek va uygʻur tillari); jan. guruh (turkman, ozarbayjon, turk, qrimtatar tillari). Bu tasnifga Turkiy tillarning fonetik xususiyatlari asos qilib olingan boʻlsada, baʼzi fonetik belgilar muayyan bir guruhga emas, bir necha guruh tillarga xos ekanligi seziladi. Boshqa tasniflar ham u yoki bu darajada kamchiliklarga ega. Tasniflar orasida Turkiy tillarning ham til xususiyatlarini, ham tarixiy taraqqiyotini, ham genetik qarindoshligini atroflicha hisobga olgan hamda Turkiy tillarning barchasini tuliq qamrab olgan tasnif N. A. Baskakov tomonidan taklif etilgan va u kupchilik turkiyshunoslar tomonidan tan olingan.

Turkiy tillar oilasi uchun xos bulgan singarmonizm (hoz. oʻzbek adabiy tili bundan mustasno), suz boshida undoshlarning ketma-ket kela olmasligi, oʻzakning deyarli oʻzgarmasligi, gap boʻlaklarining joylashish tartibi kabi xususiyatlar uni boshqa til oilalaridan farklab turadi. Turkiy tillarni bir til oilasiga birlashtiruvchi va b. til oilalaridan farklovchi xususiyatlaridan biri lugʻat tarkibining bir-biriga juda yaqinligi va grammatik qurilishining oʻxshashligidir. Shuning uchun gʻam chuvash va yoqutlardan boshqa hamma turkiy xalklar vakillari oʻz ona tillarida gaplashganlarida bir-birini muayyan darajada tushuna oladi.

Turkiy tillar umumiy genetik va tipologik belgilarga ega: fonetikada yukrridagi belgilardan tashqari unli va undoshlar oppozitsiyasi mavjud. Hoz. Turkiy tillarda unli va undosh tovushlar mik,dori bir xil emas. Unlilar mikdori baʼzi Turkiy tillarda (tuva, gagauz, chulimtatar tillarida) 20 dan ortiq boʻlsa, koʻpchiligida 8 ta (xoz. oʻzbek adabiy tilida 6 ta). Undosh tovushlar mikdorida esa bunchalik katta farq yoʻq. Maxsus adabiyotlarda undoshlar mikdori 20 dan kam kursatilmaganidek, 30 dan ortiqham qayd etilmaydi. Baʼzi Turkiy tillarda suz boshida jarangsiz undoshlar (k, p, t) ishlatilsa, boshqalarida ayni urinda jarangli undoshlar (g, b, d) qoʻllanadi; soʻz boshida sonor undoshlar (l, m, n, r) deyarli uchramaydi. Morfologiya sohasida agglyutinatsiya shakl va soʻz yasalishining asosiy usuli hisoblanadi, grammatik jins kategoriyasi yuq, prefiks va old qoʻshimchalar mavjud emas (koʻmakchilar faol qoʻllanadi), bir turdagi turlanish va bir turdagi tuslanish mavjud; sintaksis sohasida gap boʻlaklari oʻzining muntazam joylashish tartibiga ega (aniqlovchi aniqlanmishdan, ega kesimdan oldin joylashadi), bogʻlovchilar deyarli yoʻq (ularning aksariyati arab va fors tillaridan oʻzlashgan), sifatdoshli, ravishdoshli tuzilmalar keng qoʻllanadi, ikki ot yoki otlashgan soʻzning birikuvidan hosil boʻlgan va turkiy izofa deb ataluvchi aniklovchili soʻz birikmalari barcha Turkiy tillarda uchraydi. Soʻz yasalishi, asosan, affiksatsiyadan iborat, shuningdek, soʻz hosil qilishning analitik va b. usullari ham bor.

Eng qad. turkiy yozma yodgorliklar (urxunenisey yozuvida) 7 — 11-a. larga mansub boʻlib, ular, asosan, qabrtoshlar tarzida Shim. Mongoliya, Qirgʻizistonda, Yenisey daryosining yuqori qismi, Talas vodiysida va b. joylarda topilgan. Brahmi va sugʻd yoʻzuvlarida bitilgan qad. turkiy yodgorliklar ham uchraydi (Sharqiy Turkiston va Oʻrta Osiyo). Keyinchalik uygʻur va arab alifbolari asosidagi turkiy yozuv sharqsa (Qashqar, Oʻrta Osiyo, Oltin Oʻrda hududi, Volgaboʻyida) va gʻarbda (saljuqiylar davlatida, Ozarbayjon, Turkiya va b. hududlarda) rivojlandi. Xitoyda yashovchi uygʻurlar 11-a. dan hoz. gacha arab alifbosi asosidagi yozuvdan foydalanadilar. Qad. yozuv anʼanalariga ega boʻlgan turkiy xalkdarning aksariyati (oʻzbek, uygʻur, turk, ozarbayjon, turkman, tatar, boshqird kabi) 20-a. ning 20-y. larigacha arab alifbosi asosidagi yozuvga ega boʻlgan. Turk tili 1929-y. dan lotin alifbosi asosidagi yozuvga oʻtgan. Sobiq SSSRdagi barcha Turkiy tillar uchun 20-y. lar oʻrtalarida lotin grafikasi asosida alifbolar ishlab chiqildi va ular 1930-y. gacha ixtiyoriymajburiy tarzda ana shu yozuvga oʻtkazildi; 1938—40 y. larda esa ayni shu tartibda rus grafikasi asosidagi yozuvga oʻtkazildi. SSSR parchalanib ketgandan keyin 1991-y. da Ozarbayjon va Turkmanistonda, 1993-y. da Oʻzbekistonda lotin yozuviga asoslangan alifbo joriy etish haqida qaror qabul qilindi va bu qarorlar amalga oshirilmoqda. Turkiy tillarning oʻrganilishi haqida q. Turkiyshunoslik.

Ad.: Baskakov N. A., Vvedeniye v izucheniye tyurkskix yazыkov, 2 izd., M., 1969; Kononov A. N ., Istoriya izucheniya tyurkskix yazыkov v Rossii, L., 1972; Serebrennikov B. A., Gadjiyeva M. Z., Sravnitelnoistoricheskaya grammatika tyurkskix yazыkov, Baku, 1979; Qoʻch qortoyev I., Isabekov B., Turkiy filologiyaga kirish, Turkiy tillar, 1984.

Abduvahob Madvaliyev, Isʼhoq Nosirov.


Lotin alifbosida maqola: TURKIY TILLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SAUDIYA ARABISTONI
BOLGARIYA
UKRAINA
TOSHKENT
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты