SAUDIYA ARABISTONI

SAUDIYA ARABISTONI, Saudiya Arabistoni Podshohligi (AlMamlaka alArabiya asSaudiya) — Osiyoning jan. gʻarbida joylashgan davlat. Arabiston ya. o. ning taxm. 2/3 qismini va Qizil dengiz hamda Fors qoʻltigʻidagi qator qirgʻoqboʻyi orollarni egallaydi. Mayd. 2,25 million km2. Aholisi 23,5 mln. kishi (2002). Bulardan 5,3 mln. kishi mamlakat fukarosi hisoblanmaydi. Poytaxti — ArRiyod sh. Maʼmuriy jihatdan 14 viloyatga boʻlinadi.

Davlat tuzumi. Saudiya Arabistoni — mutlaq teokratik monarxiya. Davlat boshligʻi — podshoh, ayni vaktda bosh vazir va qurolli kuchlar oliy bosh qoʻmondoni hamdir. U hukumat (Vazirlar Mahkamasi)ni tuzadi. 1992-y. 1-martda podshoh farmoni bilan 4 y. lik muddatga Shoʻro (Maslahat) Kengashi tashkil etilgan. 1997-y. da Shoʻro Kengashi aʼzolarining soni 60 kishidan 90 kishiga yetkazildi. Podshoh Shoʻro Kengashini tarqatib yuborishi va kayta tuzishi mumkin. Podshoh vazirlarni tayinlash, hukumatni tarkatib yuborish va yangidan tuzish vakolatiga ega. Hukumat, asosan, podshoh oila aʼzolaridan tuziladi.

Siyosiy partiya va kasaba uyushmalari faoliyati rasman man etilgan.

Tabiati. Saudiya Arabistoni jan. gʻarbda Kizil dengiz, shim. sharqda Hind okeanining Fors qoʻltigʻi bilan oʻralgan. Qirgʻoklari koʻp joyda past, qumloq, baʼzan qingʻirqiyshiq. Saudiya Arabistoni koʻp qismini (1 million km2 ga yaqinini) choʻl tashkil qiladi. Platosimon tekisliklar keng tarqalgan (gʻarbga tomon 1000—1300 m ga, sharqqa tomon 200—300 m gacha pasayib boradi). Yer yuzasi quruq daryo vodiylari bilan sezilarsezilmas boʻlinib turadi. Mamlakatning kattagina qismini lavali maydonlar, toshloq choʻllar (homadalar) tashkil qiladi. Qumli choʻllarning eng yiriklari — Nefud, Dahna. RubʼulXolishshx shim. qismi barxanlar (200 m balandliklikkacha), tizmali doʻng qumliklardan iborat. Zinasimon qir koʻp. Gʻarbda Qizil dengizga parallel holda bal. 2500—3000 m boʻlgan Hijoz va Asir togʻlari choʻzilib ketgan. Fors qoʻltigʻining sohili boʻylab ayrim joylari botqokdik yoki shoʻrxok qatlam bilan qoplangan AlXasaʼ pasttekisligi joylashgan (kengligi 150 km gacha).

Gʻarbda Afrika — Arabiston platformasi fundamentining turtib chiqqan yeri — NubiyaArabiston qalqoni joylashgan boʻlib, u arxey — quyi proterozoy davrlariga mansub gneys va migmatitlar, shuningdek, yuqori proterozoyga oid geosinklinal choʻkindi komplekslaridan (qalinligi 10 km dan ortiq) iborat. Yuqori va quyi proterozoy davriga oid intruziyalar keng rivojlangan: shim. sharqiy yoʻnalishda qalqon jinslari platforma qoplamasining qatlamlari ostiga choʻkkan, bu jinslar vend va paleozoydan boshlanib, mezozoy va paleogenni oʻz ichiga oladi. Fors qoʻltigʻining yon bagʻri boʻylab Mesopotamiya chekka egilmasining neogen davriga mansub qalin molasslari rivojlangan boʻlib, uning jan. chekkasida yirik neft konlari joylashgan. RubʼulXoli sineklizasi ikkinchi neft mintaqasi hisoblanadi. Qalqonning tokembriy davri jinslari orasida temir, xrom, mis, qoʻrgʻoshin, pyx, oltin rudalari, nodir yer elementlari, berilliy va qalay konlari bor.

Iklimi shim. da subtropik, jan. da tropik, quruq, keskin kontinental. Yozi juda issiq, qishi iliq. ArRiyodda iyulning oʻrtacha t-rasi 33°, yanv. da 14°, eng yuqori tra 48°, mamlakatning jan. da 54° va undan yuqori boʻlishi mumkin. Sohilda bu vaqtda namlik deyarli 100% ga yetadi. Shim. da baʼzan tra — 11° gacha pasayadi. Yogʻin miqdori deyarli hamma joyda 100 mm dan kam (yogʻin markaziy hududlarda bahorda, shim. hududlarda qishda, jan. da yezda nisbatan koʻproq boʻladi), togʻlarda yiliga 400 mm ga yetadi. RubʼulXoli qumli choʻl va b. ayrim hududlarda oʻn yillab yogʻingarchilik boʻlmaydi. Asir viloyatidagi togʻlarda yogʻin yiliga 25,5 mm ni tashkil etadi. Jan. ning issiq samum shamoli bahor va yozning boshlarida qum boʻronlariga sabab boʻladi.

Muntazam oqib turadigan daryolar yoʻq. Suv uch xil yoʻl b-n: quduqlar, yomgʻir yoki suv toshqini vaqtida hovuzlarga yigʻish va maxsus moslamalar yordamida dengiz suvini chuchuklashtirish orkali olinadi. Saudiya Arabistonida dunyoda eng koʻp chuchuk suv (dunyoda olinayotgan chuchuk suvning 30%) ishlab chiqariladi. Yomgʻir va toshqin suvlaridan toʻliq foydalanish maqsadida 186 ta damba va umumiy hajmi 775 mln.3 boʻlgan hovuzlar kurilgan. Sizot suvlar extiyojning 1/3 qismini qondiradi. Tuprogʻi oddiy choʻl tuprogʻidan iborat, hududining katta qismida tuproq qatlami oʻrnini tuz qoplami egallaydi. Shim. da dagʻal subtropik boʻz tuproq, jan. da shoʻr tuproq va oʻtloqshoʻrxok tuproqlar mavjud.

Oʻsimligi, asosan, choʻl va chala choʻl oʻsimliklaridan iborat. Ayrim joylarda oq saksovul, yantoq, toshloq choʻllarda lishayniklar, lavali maydonlarda shuvoq, astragal, vodiy oʻzanlarida yakkaterak, akatsiyalar, shoʻr yerlarda yulgʻun, suv boʻylarida va shoʻrroq joylarda galofitlar oʻsadi. Koʻchib yuruvchi qumli choʻllarda deyarli oʻsimlik oʻsmaydi. Namgarchilik koʻp boʻlgan yillari va bahor paytida koʻproq efemer oʻsimliklar oʻsadi. Jan. dagi togʻlarda savanna koʻp. Oʻrmon va yaylovlar xukumat tomonidan muhofaza qilinadi. Oʻrmonlar Saudiya Arabistonining jan. gʻarbiy qismida joylashgan va 2,29 mln. gektar maydonni egallaydi. Koʻchuvchi qumlardan saklash uchun tabiiy himoya chizigʻini shakllantirish maqsadida daraxtlar ekiladi. Har yili koʻchat ekish xaftaligi oʻtkaziladi. Hayvonlardan boʻri, chiyaboʻri, sirtlon, tulki, qulon, kiyik, gʻizol, daman, quyon, arab yoʻlbarsi, tuyaqushlar uchraydi. Koʻpgina kemiruvchilar, sudraluvchilar va qushlar yashaydi. Saudiya Arabistoni chigirtkalar makoni hisoblanadi. Qizil dengizda turli xil baliq, toshbaqa va b. dengiz hayvonlari uchraydi. Dengiz va quruklikda yovvoyi tabiatni muhofaza qilish va rivojlantirish maqsadida Tabiatni muhofaza qilish hamda rivojlantirish milliy qoʻmitasi tomonidan umumiy mayd. 90 ming km2 boʻlgan 15 qoʻriqxona va Asir milliy bogʻi tashkil etilgan.

Aholisining 90% ini arablar tashkil qiladi. Hindlar, misrliklar va pokistonliklar, bir necha yuz ming eronlik, fillipinlik, bangladeshlik, yamanlik, indonez, sudanlik, suriyalik, iordaniyalik va b. ham yashaydi. Saudiya Arabistonida 200— 800 ming oʻzbek istiqomat qiladi, deb hisoblanadi. Yirik qabila birlashmalari — unayza va shammar; qabilalar — harb, mutayr, huzayl, kaxtan, juhayna, muahib, shararat, manasir, banu asad, tanuh, quraysh, banu shaybon. Rasmiy til — arab tili; ingliz tili ham keng tapqalgan. Davlat dini — islom. Islom dinining muqaddas ziyoratgoh shaharlari — Makka va Madina S. A. dadir. Har yili bu shaxdrlarda 2 mln. dan ortiq musulmon xaj va umra safarida boʻladi. Shahar aholisi 80,2%. Yirik shaharlari — ArRiyod, Jidda, Makka, Madina.

Tarixi. Saudiya Arabistoni hududida qadimdan (mil. av. 2ming yillik) koʻchmanchi arab qabilalari yashab kelgan. Mil. 7-a. da Arabiston ya. o. ning gʻarbiy qismi (Hijoz)da islom paydo boʻlib, poytaxti Madina sh. boʻlgan ilk musulmon teokratik davlati — Arab xalifaligi yuzaga keldi. 7—8-a. larda Saudiya Arabistoni hududining koʻp kismi Umaviylar, 8-a. 2-yarmi — 9-a. larda Abbosiylar xalifaligiga qaragan. 10—12-a. larda Arabiston ya. o. ning bir qismida mustaqil amirlik, sultonliklar paydo boʻlgan. Xijoz Fotimiylar, soʻngra Ayyubiylar, 13-a. ning oʻrtalari — 16-a. ning boshlarida mamluklarta qaram boʻlgan. Hijozning iqtisodiy va diniy-siyosiy jihatdan mavqei yuqoriligi tufayli xalifalar bu yerda oʻz hukmronliklarini saklab qolishga urinishgan. 16-a. boshlarida Hijozni Usmonli turklar oʻz tasarrufiga olgan. 18-a. ga kelib Najdda vahhobiylik diniy-siyosiy oqimi paydo boʻldi. Najd oʻzining nisbatan mustaqilligi bilan ajralib turgan. Najd amirliklaridan biri Diriya xrkimi Muhammad Ibn Saud (Saudiylar sulolasi boshligʻi) 1745-y. Arabistonni vahxrbiylik shiori ostida birlashtirishga harakat qildi. 19-a. ning boshlariga kelib Arabistonning talay qismi Saudiylar davlatiga birlashtirildi. Bu davlat — birinchi Saudiylar davlati (1745—1811) hisoblanadi. 1811 — 18 y. larda Arabiston ya. o. ning koʻp qismi Misr poshosi Muhammad Ali qoʻshinlari tomonidan egallab olindi va Saudiylar davlati parchalab yuborildi. 1843-y. Faysal ibn Turki boshchiligida saudiylar mahalliy qabilalar koʻmagida Najdni ikkinchi marta egallashdi. ArRiyod sh. poytaxtga aylantirildi. Barpo etilgan davlat — saudiilarning ikkinchi davlati hisoblanadi (1843—65). 1840-y. dan soʻng ham Hijoz turklar qoʻlida qolaverdi. 19-a. ning 2-yarmida vahhobiylar davlati Shammar hukmdori boʻlgan Rashidiylar tomonidan bosib olindi. 1902-y. amir Ibn Saud Kuvayt hukmdori Muborak yordamida ArRiyodni egallab, Rashidiylarga zarba berdi, keyinchalik Najdda Saudiylar hukmronligini tikladi. Abdulaziz ibn Abdurahmon (Ibn Saud) Ol Saudlarning uchinchi davlatiga asos soldi (1902-y. dan). Mustamlakachilik maqsadlarini koʻzlagan Buyuk Britaniya 1915-y. dek. da Angliya — Saudiya bitimining imzolanishiga erishdi. Bitimga muvofiq, Buyuk Britaniya Najd mustaqilligini tan olib, Ibn Saudga subsidiya, qurolyarogʻ bilan yordam beradigan boʻldi. Biroq Najdni Turkiyaga qarshi urushtirishga muyassar boʻlmadi. Ayni vaqtda (1915) Misrdagi ingliz komissari MakMagon bilan Makka (Hijoz) sharifi Husayn oʻrtasidagi maxfiy yozishmalar natijasida bir bitimga kelishilib, unga muvofiq, Husayn arablarni Turkiyaga karshi otlantirishga vaʼda berdi. Buning evaziga Buyuk Britaniya Husayn boshchiligidagi boʻlajak arab davlatining mustaqilligini tan olmoqchi boʻldi. 1916-y. Husaynning oʻgʻli amir Faysal qoʻshinlari ingliz razvedkachisi T. E. Lourens rahbarligida Turkiyaga qarshi harbiy harakat boshladi. 1918-y. Husayn «arablar podshosi» degan unvonni oldi. Lekin Antanta davlatlari uni faqat Hijoz podshosi deb tan olishdi. 1-jahon urushi tugagach, Ibn Saud Arabistonni birlashtirishni davom ettiraverdi. 1920-y. u Asirning bir qismi ustidan hukmronlik oʻrnatdi (Asirning hammasi 1930-y. boʻysundirildi). 1921-y. Shammarni boʻysundirdi. Yangi davlatning kuchayishini xoxlamagan Buyuk Britaniya 1922-y. oʻzining gumashtalari (sharif Husaynning oʻgʻillari) — Iroq qiroli Faysal va Movarourduniya (Transiordaniya) amiri Abdullohni Ibn Saud davlatiga qarshi chiqishga undadi. Saudiylar magʻlubiyatga uchradilar va bu Ibn Saudni 1922-y. Uqayrada Iroq bilan Kuvayt oʻrtasidagi chegarani belgilash haqidagi shartnomani imzolashga majbur etdi.

Natijada chegara, yaʼni betaraf mintaqa barpo etiddi. 1924—25 ylarda Ibn Saud Hijozni Najdga qoʻshib oldi. Birinketin Toif, Makka, Jidda va Madina qoʻlga kiritildi. 1926-y. yanv. da u oʻzini Hijoz podshosi, Najd va b. qoʻshib olingan viloyatlarning sultoni deb eʼlon qildi. 1927-y. Buyuk Britaniya yangi Saudiylar davlatini tan olishga majbur boʻldi. 1932-y. dan boshlab mamlakat S. A. Podshohligi deb ataladigan boʻldi. 1934-y. S. A. va Yaman oʻrtasida boʻlib oʻtgan va Yamanning magʻlubiyati bilan tugagan urush natijasida S. A. Asir, Jizana va Najdning bir qismini oʻz tarkibiga kiritdi.

2-jahon urushi davri (1939—45) da Saudiya Arabistoni Germaniya (1941) va Italiya (1942) bilan diplomatik aloqani uzdi, ammo urushda qatnashmadi. Urush oxiriga kelib Saudiya Arabistonida AQSH taʼsiri kuchaya boshladi. 1943-y. AQSH Saudiya Arabistoni bilan diplomatik aloqa oʻrnatdi va Saudiya Arabistoniga lendliz (biror shart bilan qarz berish) qonunini joriy etdi. AQSHning ARAM KO neft kompaniyasi 1972-y. ga qadar neft qazib olish ishlarini bajarib keldi. 1962-y. Saud amaldagi hokimiyatni amir Faysalga topshirishga, 1964-y. 2 noyab. da esa Faysal foydasiga taxtdan voz kechishga majbur boʻddi. Faysal hukumati xalq xoʻjaligi (yangi sanoat korxonalarini barpo etish va h. k.), xalq taʼlimi sohasida bir qancha islohotlar oʻtkazdi. 1960y. larning 2-yarmidan Saudiya Arabistoni tashqi siyosati 2 xil yoʻnalishda boʻldi. Bir tomondan musulmon davlatlari tashkiloti — Islom paktini tuzib (1966), kommunizmga qarshi harakatni qoʻllab-quvvatlagan boʻlsa, ikkinchi tomondan Isroil agressiyasiga duchor boʻlgan arab mamlakatlari (Misr, Suriya va Iordaniya)ga moliyaviy yordam bera boshladi. 1973-y. gi Yaqin Sharkdagi harbiy tanglik paytida Saudiya Arabistoni oʻz qoʻshinlari bilan arab mamlakatlari tomonida turib urushda qatnashdi va Misr hamda Suriyaga qaytarib olmaslik sharti bilan moliyaviy yordam berdi; Isroilni quvvatlayotgan mamlakatlar — AQSH, Gollandiyaga neft sotishni vaqtincha toʻxtatib qoʻydi. 1974-y. okt. oyida Rabotda boʻlib oʻtgan arab mamlakatlari rahbarlarining konferensiyasida Saudiya Arabistoni Falastin Ozodlik tashkilotini tan oldi. 1975-y. 25-martda podshox. Faysal oʻldirilgach, uning oʻrniga Xolid ibn Abdulaziz podshoh boʻddi. 1982-y. iyunda PodshohXolid bin Abdulaziz vafotidan keyin uning oʻrniga Faxd bin Abdulaziz taxtga oʻtirdi. Saudiya Arabistoni — 1945-y. dan BMT aʼzosi. OʻzR bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-y. fev,da oʻrnatgan. Milliy bayrami — 23 sent. — Podshohlik eʼlon qilingan kun (1932).

Xoʻjaligi. Iqtisodiyotining asosi — neft va gaz sanoati. 2-jahon urushiga qadar Saudiya Arabistoni xoʻjaligida chorvachilik ustun boʻlgan. Urushdan keyin neft qazib olish va eksport qilish hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻldi. Neft va neft mahsulotlaridan keladigan daromad 5 y. lik rejalar doirasida sanoatni rivojlantirishga katta mablagʻ ajratish imkonini berdi. Yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushi 53%, q. x. ulushi 6%, xizmat koʻrsatish tarmogʻi ulushi 41% ni tashkil etadi. I. ch. yalpi xdjmining 35% xususiy sektorga toʻgʻri keladi.

Sanoati . S. A. neft zaxiralari boʻyicha dunyoda 1-oʻrinda (35,8 mlrd. tonna), neft qazib chiqarish boʻyicha 2oʻrinda (AQSHdan keyin) turadi. Neftning 95% «Saudi ARAM KO» milliy kompaniyasi tomonidan qazib chiqariladi. Saudiya Arabistonida kuniga 7,5 mln. barrel (2002-y. 308 mln. tonna) neft qazib olinadi. Gaz zaxiralari boʻyicha dunyoda 4oʻrinni egallasada, uni qazib olish boʻyicha Yaqin Sharqda loʻrinda turadi. 1960y. larning oxiridan neft kimyosi sanoati keng rivojlandi. Metallurgiya (Jidda), qogʻoz (Dammam), oziq-ovqat (Makkadagi yog z-di, konditer f-kasi, ArRiyoddagi sabzavot konservalari va Jiddadagi meva sharbati ishlab chiqaradigan f-ka hamda Hufuf va Madinadagi xurmoni qayta ishlash f-kasi), toʻqimachilik, qurilish materiallari sanoati xam rivojlangan. Jidda, Dammam va ArRiyodda sement z-dlari, Dahronda oynashisha z-di bor. Bu korxonalarning koʻpchiligi toʻliq yoki qisman (70%cha) «Sabik» davlat konserniga karashli va u tomonidan nazorat qilinadi. Yiliga oʻrtacha 66,8 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Saudiya Arabistonida hunarmandchilik, shu jumladan, zargarlik korxonalari salmokli oʻrin egallaydi.

Qishloq xoʻjaligi bundan chorak asr muqaddam iqtisodiyotning eng qoloqtarmogʻi hisoblangan. 1990y. lardan u juda tez surʼatlar bilan rivojlandi va daromadli tarmoklardan biriga aylandi. Ekin ekiladigan umumiy maydon 1990y. larningoxirida 1,8 mln. gektarga yetdi. Asosiy q. x. ekini — gʻalla, sholi. Xurmo, kofe, uzum, mandarin, banan, sabzavot va mevali oʻsimliklar ham oʻstiriladi. Koʻchmanchi chorvachilik rivojlangan: tuya, qoʻy, echki, qoramol, shuningdek, tovuq boqiladi. Baliqovlash bilan shugʻullaniladi. Yiliga oʻrtacha 698 ming t sut mahsulotlari ishlab chiqariladi. Mamlakat oʻz aholisini asosiy oziqovqat mahsulotlari bilan toʻliq taʼminlaydi. Dengizdan marvarid va marjon olinadi. Har yili Makka va Madinaga keluvchi 2 mln. dan ortiq ziyoratchiga xizmat koʻrsatiladi.

Temir yoʻllar uz. 1400 km ni tashkil etadi. Eng yirik t. y. yoʻnalishlari Dammam — Dahron—ArRiyod (562 km), Hufuf—ArRiyod (322 km). Avtomobil yoʻllari uz. 159 ming km, undan 100 ming km asfaltlangan; neft quvuri uz. — 3,7 ming km. S. A. Yaqin Sharkda eng kuchli dengiz flotiga ega. Mamlakatdagi asosiy dengiz portlari: Jidda, Yanbo, Jizon, RasTannura, Dammam, Jubayl, Daba va b. Mamlakatdagi 25 aeroportdan 3 tasi xalqaro aeroportdir. Havo aloqasi «SaudiArabiyen erlayns» aviakompaniyasi orqali amalga oshiriladi. Xalqaro aeroportlari Dahron, Jidda va ArRiyodda.

Saudiya Arabistoni chetga, asosan, neft va neft mahsulotlari, bugʻdoy, xurmo chiqaradi. Chetdan mashina jihozlari, avtomobil, isteʼmol mollari, transport vositalari, metall, toʻqimachilik buyumlari, qurolyarogʻ oladi. Asosan, Yaponiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi, Singapur, Fransiya, Germaniya bilan savdo qiladi. Pul birligi — S. A. riyoli.

Tibbiy xizmati. Soʻnggi 30 y. ichida mamlakatda kasalliklarni davolash va oldini olishga qaratilgan keng qoʻlamli investitsiya dasturlarini amalga oshirish tufayli ijobiy oʻzgarishlar roʻy berdi. Ilgari aholi orasida koʻp uchraydigan sil, bezgak, teri va traxoma kasalliklari deyarli barham topdi. Mamlakatga har yili keladigan ziyoratchilarga yuqori saviyada tibbiy xizmat koʻrsatiladi. Buning uchun Makkada 7 kasalxona, 40 tibbiy markaz, Minoda 4 kasalxona va 24 tibbiy markaz, Arofatda 3 kasalxona va 43 tibbiy markaz, Muzdalifada 6 tibbiy markaz, Madinada 8 kasalxona va 48 tibbiy markaz mavjud. Saudiya Arabistonida 42625 oʻrinli 290 kasalxona bor. Tibbiy markaz va dispanserlar soni 4000 dan oshadi. 2000-y. 30 544 vrach, 61 214 hamshira va 31977 texnik assistent ishladi. Vrachlarning 17% S. A. fuqarolari, qolganlari misrlik, pokistonlik, malayziyalik va b. mutaxassislardir. Eng chekka viloyatlardagi bemorlarni markaziy ixtisoslashgan kasalxonalarga tezkorlik bilan keltirish maqsadida 22 samolyotdan iborat havo ambulatoriyasi mavjud. S. A. Qizil Yarim Oy jamiyatining 154 markazi va 500 Kuchma ambulatoriyasi, 27000 xizmatchisi ham aholiga favqulodda yordam koʻrsatadi. Mamlakat va chet el fuqarolari uchun tibbiy xizmat bepul.

Maorifi va madaniy-maʼrifiy muassasalari. 1926-y. boshlangʻich majburiy taʼlim va dunyoviy maktablar ochish, 1960-y. qizlarni majburiy taʼlimga jalb etish qaqida qonunlar qabul qilingan. Taʼlim tizimi davlat qaramogʻida boʻlib, mamlakat fuqarolari va chet elliklar uchun ham bepul. Maktabga 6 yoshdan qabul qilinadi. Boshlangʻich maktab 6 y. lik, oʻrta maktab 2 bosqichli boʻlib, toʻliqsiz oʻrta (3 y.) va toʻliq oʻrta (3 y.) maktabdan iborat. Boshlangʻich maktab negizida hunartexnika maktablari (4 y. lik), toʻliqsiz oʻrta maktab negizida hunartexnika bilim yurtlari (2 y. lik) ishlaydi. Maktablarda oʻgʻil bolalar va kizlar alohidaalohida oʻqitiladi. Saudiya Arabistonida oʻgʻil bolalar uchun 11191 va qiz bolalar uchun 11441 maktab boʻlib, ularda4,15 mln. bola oʻqiydi, 292 ming oʻqituvchi ishlaydi. Har bir oʻqituvchiga 15 oʻquvchi toʻgʻri keladi. Bu — dunyodagi eng yuqori koʻrsatkichlardan hisoblanadi. Bundan tashqari, mamlakatda xususiy taʼlim muassasalari ham mavjud. Mamlakatda bir qancha oliy oʻquv yurtlari bor. Eng yiriklari: ArRiyoddagi podshoh Saud un-ti (1957), Jiddadagi Abdul Aziz un-ti (1967), Madinadagi I slom tadqiqotlari un-ti (1961), ArRiyoddagi Imom Muhammad ibn Saud islom un-ti (1974), Sharqiy vshgoyatdagi podshoh Faysal un-ti (1974), Makkadagi Umm alKura un-ti (1981), Dahrondagi podshoh Faxd nomidagi neft va minerallar un-ti (1963), ArRiyoddagi Oliy texnologiya inti va Texnika inti. Oliy taʼlim beradigan un-t, institut va kollejlarda 297 830 talaba taʼlim oladi.

Yirik kutubxonalari: Milliy kutubxona (1968), Saud kutubxonasi, ArRiyod un-ti kutubxonasi, Mahmudiya kutubxonasi, Orif Hikmat kutubxonasi, Madina un-ti kutubxonasi. Saudiya Arabistonida 153 madaniy markaz, madaniyat va sanʼat jamiyati, adabiyot klublari faoliyat koʻrsatadi. 12 ta muzey bor. Ularning eng yiriklari: ArRiyoddagi arxeologiya va xalq merosi milliy muzeyi, AlMasmak kalʼasi muzeyi, Dammamdagi Mintaqaviy muzey va b.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Saudiya Arabistonida 100 dan ortiq kundalik gaz. va jur. nashr etiladi. Yiriklari arab tilida: «AlBilad» («Mamlakat», kundalik gaz., 1934-y. dan), «AnNadva» («Klub», kundalik gaz., 1958-y. dan), «AlMadinaAlMunavvara» (kundalik gaz., 1937-y. dan), «ArRiyod» (kundalik gaz., 1964-y. dan), «AlJazira» («Orol», kundalik gaz.), «AshSharqalAusat» («Yaqin Sharq», gaz., 1978-y. dan); ingliz tilida: «Arab Nyus» («Arab yangiliklari», kundalik gaz., 1975-y. dan). Eng yirik va nufuzli nashriyot «AlYamama» hisoblanadi. Radioeshittirish 1948-y. dan boshlangan, 23 davlat radiostyasi mavjud. Eshittirishlar 4 kanal orkali arab va ingliz tillarida, chet ellarga fransuz, turk, urdu, bengal, fors, oʻzbek, suaxili va indonez tillarida uzatiladi. Saudiya Arabistonida milliy telekoʻrsatuv faoliyati 1965-y. dan boshlangan.

Makka (1967), Madina (1967), Dammam (1969) da yirik televizion markazlar mavjud. Teleeshittirishlar 2 kanal orqali olib boriladi. Sunʼiy yoʻldosh orqali telekoʻrsatuvlar asosiy axborot manbaidir. 70% teletomoshabinlar undan foydalanadi.

Adabiyoti. Hozirgi Saudiya Arabistoni hududidagi qad. va oʻrta asr adabiyoti arab madaniyati oʻzanida rivojlandi. Hijozda 5 — 7-a. larda badaviylar sheʼriyati (ImruulQayS) rivojlandi, 7-a. ning 1-yarmida esa «Qurʼon» xatga tushirildi. Badaviylar sheʼriyati namunalari va «Qurʼon» mumtoz arab tilini namoyon etuvchi buyuk manba hisoblanadi. Arab xalifaligi tashkil topishi, 7-a. ning 20y. larida adabiy hayot markazlarining oʻzgarib turishi (Damashq, Bagʻdod, Kohira va b.) S. A. da adabiyot rivojini birmuncha sustlashtirdi. Vahhobiylar mafkurasi va konservativ jamiyat tuzilishi yangi adabiyot rivojini uzok, vaqtgacha toʻxtatib qoʻydi. Qoʻshni arab mamlakatlarining taʼsirida 20-a. ning 20y. laridan bir qancha shoir, jurnalist, yozuvchilar yetishib chiqdi. Ularning asarlarida maʼrifatparvarlik, romantik va realistik yoʻnalishlar uygʻunlashgan edi. Muhammad Surur asSabbon va Muhammad Hasan Avvad romantik yoʻnalish asoschilari hisoblanadi. Husayn Sirxan, Muhammad Hasan Fiki, Muhammad alAmir arRumeyxa kabi shoirlar mazkur yoʻnalishda ijod qilgan shoirlardir. Mehnatkash xalq hayotini, jamiyatdagi ijtimoiy adolatsizliklarni fosh etish Ahmad Abd alGʻafur Attor ijodida muxim oʻrin tutadi. 2-jahon urushi (1939—45) dan keyingi davr nasrida Amin Salom Rumayha, Abdulla Munaa, Yusuf bin ashShayx Yaʼqub hikoyalari, Hasan Nosif, Abd asSalom Hoshim Hofiz qissalari realistik yoʻnalishga ega. Realist yozuvchilar asarlarida sentimentalizm ruhi kuchli. 1957-y. Abd asSalom Hoshim Hofizning xotin-qizlar huquqini himoya etishga bagʻishlangan «Hijozlik Samro» nomli birinchi romani nashr etildi. 50y. lardagi publitsistika va adabiy tanqidda Muhammad Hasan Avvad, Abdulla bin Xalis, Saod alBovaridiy, Abdulla Abd alJabbor va b. ijodi muhim ahamiyatga egadir.

Hikoya janri yaqinda paydo boʻlgan boʻlsa ham, Saudiya Arabistoni adabiyotida yetakchi oʻrinni egallaydi. Ahmad asSiboi, Hamid Damanquri hikoya janrining asoschilari hisoblanadi. Ahmad AsSiboining «Egizaklar» asari bu janrda yaratilgan birinchi asardir. Novella janri ham yangi janrlardan hisoblanadi. Husayn Ali Husayn, Muhammad Ulvan, Ali Xasuna, Siboi Usmon, Muhammad alMansura ashShakxa mazkur janrda samarali ijod qilmoqdalar. 80y. lardagi publitsistika va adabiy tanqidda Ahmad Abd alGʻafur al Attar, Muhammad Abdo Yamanini alohida koʻrsatish mumkin.

1980-y. dan podshoh farmoni bilan adabiyot boʻyicha davlat mukofoti taʼsis etilgan.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. Odam yuzi tasvirlangan tosh haykalchalar, hayvonlar tasvirlangan tosh relyeflar Saudiya Arabistoni hududidagi qad. yodgorliklardan hisoblanadi (mil. av. 7—2-a. lar). Makka va Madinada oʻrta asr arab meʼmorligi yodgorliklari (machit, Madrasa, minoralar) saqlangan. Hijoz shim. da mil. av. 2 va mil. 1-a. larga oid nabatiyaliklar shahri vayronalari va qabrlar topilgan. Aholi turmush darajasining yuksalib borishi bilan anʼanaviy loy va xom gʻishtlar oʻrniga zamonaviy qurilish materiallaridan mahalliy iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda villa va koʻshklar qurildi. Koʻchmanchilarning turar joylari esa echki terisi bilan yopilgan chaylalardan iborat. Yirik shaharlar (Makka, ArRiyod, Madina, Jidda)da jahon andozalariga mos darajada koʻp qavatli uylar, mehmonxona, stadion, aeroportlar mavjud. Zamonaviy qurilishlarda arab milliy meʼmorligi anʼanalari oʻz aksini topgan. Yirik inshootlarning devori koʻpi marmar bilan qoplangan.

Kinosi. Saudiya Arabistonida hayot tarzi islom dini arkonlari asosida qurilgani sababli kinoteatr va teatrlar yoʻq. Shunga muvofiq, kinematografiya sanʼati rivojlanmagan. Asosan, sport va ijtimoiy xarakterga ega filmlar yaratiladi. Ommaviy tarzda kinofilm va spektakllar namoyish etilmaydi.

Oʻzbekiston — S. A. munosabatlari. 1992-y. fev. da Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri shahzoda Saud alFaysal bin Abdulaziz Ol Saudning Oʻzbekistonga, oʻsha yil apr. da OʻzR Prezidenti I. A. Karimovning Saudiya Arabistoniga tashrifidan soʻng 1992-y. noyab. da Jidda sh. da OʻzR konsulxonasi, may oyida ArRiyodda elchixonasi, 1997-y. 27-martda Toshkentda Saudiya Arabistoni elchixonasi ochildi. 1995-y. noyab. da OʻzR Tashki ishlar vazirining Saudiya Arabistoniga qilgan tashrifi davomida Oʻzbekiston bilan Saudiya Arabistoni oʻrtasida savdo, iqtisod, investitsiyalar, texnika, madaniyat, sport va yoshlar ishlari sohalarida hamkorlik qilish toʻgʻrisida bitim imzolandi.

1996-y. apr. da ArRiyodda OʻzR Prezidenti I. A. Karimovning «Oʻzbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yoʻlida», 1998-y. martda «Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarlari arab tilidagi nashrining rasmiy takdimoti oʻtkazildi.

1996-y. da Saudiya Arabistonining «Delta oyl» shirkati bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatildi. Jumladan, Oʻzbekiston hukumati AQSH — S. A. ning «Yunikol» va «Delta oyl» shirkatlari konsorsiumi bilan neft va gaz quvurlari loyihalari toʻgʻrisida bitim, «Oʻzbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi esa Oʻzbekistonda neft razvedkasi hamda uni qazib chiqarish haqida anglashuv bayonnomasini imzoladi. 1996-y. yanv. da «Oʻzbekturizm» kompaniyasi «AlMarva» shirkati bilan turizm va aviachiptalarni sotish toʻgʻrisida bitim imzoladi. 2002-y. da Oʻzbekiston — S. A. oʻrtasidagi tovar aylanmasi 3,9 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Oʻzbekistonning Saudiya Arabistoniga eksporti, asosan, savdo va unga aloqador xizmatlardan iborat. Ayni paytda, Saudiya Arabistonidan shirinliklar, don, gilam va polni krplaydigan mahsulotlar, oʻsimlik va mol yogʻi, mebel va choyshablar, spirtsiz ichimliklar, optika jihozlari, poyabzal, boʻyoklar, oʻyinchoq va sport anjomlari olinadi.

Oʻzbekistonda Saudiya Arabistoni ishtirokidagi 14 korxona roʻyxatga olingan boʻlib, ularning 10 tasi qoʻshma korxona, 4 tasi 100% S. A. sarmoyasidagi korxonalardir.

Ikki davlat oʻrtasida taʼlim va din sohalarida ham hamkorlik rivojlangan. 1997-y. S. A. oliy taʼlim vaziri Xalid alAnqariy Oʻzbekistonga Saudiya Arabistonining bir necha un-tlari rektorlaridan iborat delegatsiya bilan tashrif buyurdi. Mustaqillik davrida respublikamizning 45 mingdan ortiq fuqarosi haj, 35 mingdan ziyod fuqarosi umra safarlarida boʻldilar (2004). Nosir Orifxoʻjayev.


Lotin alifbosida maqola: SAUDIYA ARABISTONI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI
POKISTON
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты