POKISTON

POKISTON, Pokiston Islom Respublikasi (Islami Jamhyriya Pakistan) — Osiyo jan. da, Hindiston ya. o. ning shim.-gʻarbidagi davlat. Mayd. 803,9 ming km2. Aholisi 147,6 mln. kishi (2002). Poytaxti — Islomobod sh. Maʼmuriy jihatdan 4 provinsiya, federal poytaxt hududi va federal xukumat tomonidan boshqariladigan qabilalar hududiga boʻlingan.

Davlat tuzumi. Pokiston — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiruvchi islom respublikasi. Amaldagi konstitutsiyasi 1973-y. qabul qilingan, 1977-y. taqiklangan va 1985-y. 30 dek. da qayta tiklangan. Davlat boshligʻi — prezident (2001-y. dan Par-viz Musharraf), u 5 y. muddatga sayla-nadi va ketma-ket 2-martadan ortiq saylanishi mumkin emas. Krnun chiqa-ruvchi hokimiyatni 2 palatali parlament (Senat va Milliy assambleya), ijrochi hokimiyatni prezident va xukumat amalga oshiradi. Bosh vazirni prezident tayinlaydi.

Tabiati. Pokiston xududining shim. va shim.gʻarbiy qismini, asosan, togʻlar va qirlar egallagan, sharqiy va jan.-sharqiy qismi esa Hind tekisligi (Hindgang tekisligining bir qis-mi)dan iborat. Pokistonning jan.-sharqini Tar choʻlining gʻarbiy yarmi egallagan. Hind daryosi havzasining tekislik qismida Panjob va Sind tabiiy, tarixiymadaniy viloyatlari bor. Mamlakat hududining katta qismini Hindukush, Himolay va Eron togʻ tizmalari egallagan (eng baland joyi Tirichmir choʻqqisi, 7690 m). Hind vodiysiga yaqinlashgan sayin togʻ tizmalari pasayib boradi va togʻlararo yirik havzalar — Koʻhat, Bannu, Peshovar vodiysiga aylanadi. Hindukush va Himolay togʻlarida muzliklar bor. Pokistonning sharqiy pasttekislik qismi Hindiston platformasining shim.-gʻarbiy chekkasida va togʻliq qismi Oʻrta dengiz burmali mintaqasida joylashgan. Foydali kazilmalardan neft, gaz, kumir, temir, polimetall, surma, barit, oltingugurt, toshtuz, gips, magnezit, xromit, marganes, mis, qoʻrgʻoshin va b. bor.

Iqlimi, asosan, tropik, shim.-gʻarbida subtropik, quruq kontinental. Yanv. da oʻrtacha t-ra Hind tekisligida 12—16° (Arabiston dengizi sohillarida 20° gacha), shim. dagi togʻ tepaliklarida sovuq —20° gacha. Iyulning oʻrtacha t-rasi jan. va jan.-sharkdagi choʻllarda 35° gacha, sohilda 29° atrofida, gʻar-bdagi togʻ va yassitoglarda 20—25°, 5000 m balandlikda 0°. Yillik yogʻin sohilda 150—200 mm, Sindda 100 — 200 mm (Tar choʻlining baʼzi joylarida 50 mm gacha), shim.-gʻarbdagi vo-diy va yassi togʻlarda 250—400 mm, shim. dagi togʻlarda 1000—1500 mm. Mamlakat hududining katta qismi Hind daryosi havzasiga mansub, gʻarbiy kismidagi daryolar Arabiston dengiziga yoki berk havzaga (Balujistonda) oqadi. Eng katta daryosi Hind va uning irmoqlari. Daryolari yomgʻir, qor va muzliklardan suv oladi, yezda sersuv, su-gʻorishda foydalaniladi.

Tuproqlari — mamlakat tekislik qismida boʻz, boʻz-jigarrang, Tar choʻlida qumli, tog etaklarida jigarrang va qoʻngʻir tuproq. Oʻsimliklari, asosan, chala choʻl va choʻlga xos. Hind daryosi boʻylari toʻqayzor, deltasi va dengiz soxili mangra chakalakzorlaridan ibo-rat. Tar choʻlida kserofil butalar va da-gʻal oʻtlar oʻsadi. Balujiston togʻlarida archazorlar bor. Pokiston shim. da — 1500—3000 m balandliklarda keng bargli va igna bargli daraxtlar. Oʻrmonlar mamlakat hududining 3% ni tashkil etadi. Hayvonot dunyosi xilma-xil: togʻlarda qoplon, yovvoyi qoʻy va echki, gizol, tekisliklarda sirtlon, chiyaboʻri, toʻngʻiz va eshak, xar xil kemiruvchilar uchraydi. Parranda koʻp. Hind daryosida timsoxlar yashaydi. Arabiston dengizi baliqqa boy. Kirtxar va Laʼl Suxantra milliy boglari, qoʻriqxonalar bor.

Aholisi, asosan, panjobilar; pushtunlar, sindhiylar, baluch (baluj) lar ham yashaydi. Pokistonning shim. qismida togʻli xalklar — kxoʻ va koʻhistoniylar istiqomat qiladi. Rasmiy til — urdu va ingliz tillari. Aholisining 98% islom diniga, qolganlari zardushtiylik, hinduiylik dinlariga eʼtiqod qiladi. Aholining 57% 12 ta yirik shaharda yashaydi. Yirik shaharlari — Karochi, Lohur, Faysalobod, Haydarobod, Ravalpindi, Peshovar, Moʻlton.

Tarixi. Pokiston hududida odam paleolit davri oxiridan boshlab yashab keladi. Mil. av. 3-ming yillikning boshida Hind daryosi va irmoqiari vodiysida jaxrnning eng qad. sivilizatsiyalaridan biri — Xarappa madaniyatita mansub dastlabki davlatlar paydo boʻldi. Mil. av. 6-a. oxirida bu yerlar qad. Eronning Axoma-niylar saltanati tarkibiga qoʻshib olindi. Mil. av. 327—326-y. larda make-doniyalik Aleksandr zabt etdi. Uning vafotidan soʻng bu yerlar Mauriyalar imperiyasigi qoʻshilib ketdi. Mil. av. 2-a. ning boshida Pokiston hududida Hind-yunon podsholigi deb ataladigan davlat vujudga keddi. Mil. 1—3-a. larda Hind daryosi xavzasi Kushon podsholigiga qoʻshib olindi. Purushapura sh. (hoz. Peshovar) uning poytaxti boʻddi. Kushon podsholigi parchalangandan soʻng, hoz. Pokistonning gʻarbiy qismlari sosoniylar, sharqiy qismlari guptalar saltanatiga qoʻshilib ketdi. 5-a. ning 2yarmida bu yerda eftaliylar hokimiyati oʻrnatilib (6-a. oʻrtalariga kadar), Sakala sh. (hoz. Siyalkot) mamlakat poytaxti boʻlgan.

664-y. da arablar Hind daryosi vodiysiga bostirib kirdilar. 711— 13 y. larda Muhammad ibn Qosim qoʻmondonligidagi qoʻshinlar Sind va Panjobning jan. qismini egalladi. Shu tariqa Pokiston hududida islom dini tarqala boshladi. 750-y. Umaviylar xalifaligi agʻdaril-gach, Sind mustaqil davlatga aylandi. 11-a. boshlariga kelib, hind daryosi havzasini Gʻaznaviylar, 12-a. da Gʻuriylar, 13-a. boshlarida Dehli sultonligi egalladi. Betoʻxtov urushlar, isyonlar va chet el bosqinlariga qaramay, Hind daryosi havzasidagi Lohur, Moʻlton, Peshovar, Tatta kabi yirik shaharlar muhim iqtisodiy va madaniy markazga aylanib, bir qator mamlakatlar bilan savdo munosabatlarini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega boʻlgan. Ularning bu mavqei Boburiylar davla-ti davrida ham saqlangan. 1707-y. da shoh Avrangzeb vafotidan soʻng Hind daryosi havzasi eron, afgʻon va mahalliy zamindorlarning kurash maydoniga aylandi. 18-a. oʻrtalarida hoz. Pokiston xudu-di — afgʻon shohi Ahmadshoh Durrojy tasarrufiga oʻtdi. 18-a. ning 60-y. larida Panjobda bir nechta sultonliklar vu-judga keldi, maharoja Ranjit Singx (1799—1839-y. larda hukmronlik qilgan) ularni yagona davlatga birlashtirdi.

Boburiylar saltanatining inqirozga yuz tutishi, ichki urushlar, eron va afgʻon hukmdorlarining bostirib kirishlari ingliz mustamlakachilarining bosqinchilik rejalari amalga oshishiga yordam berdi. Ular 1843-y. Sindni, 1845—49 y. larda Panjobni, 1854, 1876, 1879, 1893-y. da Balujiston va Sharqiy Pushtun qabila hamda sultonliklarini bosib oldi.

Pokiston xalqlarining milliy ozodlik harakati 20-a. boshlarida ayniqsa kuchaydi (1896—1908-y. larda Sinddagi Hurlar qoʻzgʻoloni, 1919—21 y. larda che-garadagi pushtun qabilalari qoʻzgʻolo-ni, 1930-y. dagi Peshovar qoʻzgʻoloni va b.). 1947-y. 14 avg. da Pokiston mustaqil deb eʼlon qilindi. Pokistonning birinchi general gu-bernatori qilib Musulmonlar ligasining rahbari va Pokiston ozodligi harakatining yoʻlboshchisi Muhammad Ali Jin-na (1876—1948) saylandi. Mustamlakachilik asoratidan qutulib, davlat mustaqilligini saqlash, mamlakat iktisodiyotini rivojlantirish va shu maqsadda islohotlar oʻtkazish Pokiston siyosiy hayotining muhim masalasi boʻlib turar edi. Hukmron Musulmonlar ligasi partiyasining rahbariyati Gʻarbiy Pokiston za-mindorlari va sarmoyadorlarining ma-vqeini mustahkamlashga intildi. Buning ustiga Pokiston rivojlanishining asosiy muammolari hal etilmasligi sa-babli aholining koʻp qismi bu partiyadan yuz oʻgira boshladi. Mazkur partiya ichida fraksiyachilik kurashi kuchaydi va dastlabki muxolifotchi partiyalar vujudga keldi. Iqtisodiy qiyinchiliklarning tobora chigallashib borishi vatanparvar zobitlar ora-sida norozilikni keltirib chiqardi. Hukmron doiralar oʻrtasida kurash keskin tuye ola boshladi. 1951-y. 16 okt. da P. Bosh vaziri Liyoqat Alixon (1895—1951) oʻldirildi. Oʻsib borayotgan siyosiy beqarorlik sharoitida Pokiston harbiy bloklar — 1954-y. 8 sent. da SEATO, 1955-y. 23 sent. da Bagʻdod pakti (1959-y. avg. dan — SENTO)ga aʼzo boʻldi. Hokimiyatni qoʻlda saqlab qolish maqsadida Musulmonlar ligasi rahbarlari bir oz yon berishga majbur boʻldilar. Jumladan, 1954-y. bengal tili urdu tili bilan bir qatorda davlat tili deb tan olindi. 1955-y. Musulmonlar ligasi va Birlashgan front vakillaridan iborat koalitsion hukumat tuzildi. 1956-y. 29 fev. da taʼsis majlisi Pokistonning yangi konstitutsiyasini qabul qildi. Unga koʻra, P. Federativ Islom Respublikasi deb atala boshladi. 1958-y. 7—8 okt. da harbiy toʻntarish oʻtkazildi, konstitutsiya bekor qilindi, barcha siyosiy partiyalar taqiqlab qoʻyildi. 27 okt. dan qurolli kuchlar oliy bosh qoʻmondoni general M. Ayyubxon prezidentlik vazifasini oʻz zimmasiga oldi. 1962-y. hukumat ishlab chiqqan yangi konstitutsiya eʼlon qilindi. Unga koʻra, Pokistonda boshqaruvning prezidentlik shakli joriy etildi. 1962 va 1965-y. da M. Ayyubxon mamlakat prezidenta etib saylandi. 1965-y. sent. da Pokiston b-n Hindiston oʻrtasida Kashmir masalasida qurolli toʻqnashuv boʻlib oʻtdi.

1966-y. 4—10 yanv. da Toshkentda Pokiston pre-zidenti bilan Hindiston Bosh vaziri uchrashdi. Toshkent deklaratsiyasi (1966) nomli tarixiy hujjatning har ikki mamlakat tomonidan imzolanishi natijasida nizolarni tinch yoʻl bilan hal etishga yoʻl ochildi. 1968-y. oxiri — 1969-y. boshida Pokiston dagi vaziyat keskinlashdi. Mamlakatdagi muxolifatchilik harakati kuchaydi. 1969-y. 25-martda M. Ayyubxon prezidentlik lavozimidan voz kechdi va hokimiyatni Pokiston armiyasining bosh qoʻmondoni general A. M. Yahyoxonga topshirdi. Yana harbiy xrlat eʼlon qilindi, qonun chiqaruvchi majlis, markaziy va provinsiya hukumatlari tarqatib yuborildi, konstitutsiya bekor qilindi. 1970-y. dek. da Pokiston tari-xida birinchi marta umumiy saylov oʻtkazilib, Sharqiy Pokistonda Mujibur Rahmon boshchiligidagi Avomi lig partiyasi va Gʻarbiy Pokistonda Z. A. Bxutto boshchiligidagi Pokiston xalq partiyasi golib chiqdi. Avomi lig partiyasi Sharqiy Pokistonga regional muxtoriyat berilishini talab qildi. Pokiston rahbarlari buni rad etishdi. Natijada mamlakatda siyosiy tanglik roʻy berdi. Pokiston rahbarlarining bedodliklariga javoban 1971-y. 26-martda Sharqiy Pokiston P. dan ajralib chiqib, Bangladesh Xalq Respublikasi deb eʼlon kilindi. Sharqiy Pokistondan Hin-distonga koʻplab qochoqlarning oʻtib ketishi Hindiston b-n P. oʻrtasida urush kelib chiqishiga sabab boʻddi. 1971-y. 16 dek. da Dakkada Pokiston askarlari taslim boʻldi. 20 dek. da A. M. Yahyoxon isteʼfoga ketishga majbur boʻldi va hoki-miyatni Pokiston xalq partiyasining raxbari Z. A. Bxuttoga topshirdi. 1974-y. martda P. Bangladesh Xalq Respublikasini tan oldi, SEATOdan chikdi, bularning xammasi Hindiston ya. o. dagi vaziyatning moʻtadillashuviga olib keldi.

Pokiston ichki hayotida ham muhim oʻzgarishlar yuz berdi. 1972-y. 24 apr. da harbiy holat bekor qilindi, 1973-y. 14-martdan yangi konstitutsiya kuchga kirdi. Siyosiy partiyalar faoliyati tiklandi. 1977-y. navbatdagi parlament saylovi oʻtkazilib, Pokiston xalq partiyasi parle-mentdagi deyarli 80% oʻrinni oldi. Z. A. Bxutto boshchiligida hukumat tuzildi. Lekin 9 ta muxolifatchi partiyadan tuzilgan Pokiston milliy alyansi saylov natijalarini tan olmadi. Qayta saylov oʻtkazishni, hukumatning isteʼfoga chiqishini talab qildi, mamlakatda tartibsizliklar boshlandi. Siyosiy beqarorlik va iqtisodiy qiyinchiliklar ortib borayotgan sharoitda butun hokimiyatni armiya shtabi boshligʻi general M. Ziyoulhaq oʻz qoʻliga oldi.

1984-y. 19 dek. da referendum oʻtkazilib, unda hukumat olib borayotgan islomlashtirish siyosatini qoʻllabquvvatlash masalasi qoʻyildi. Natija ijo-biy boʻldi va Ziyoulhak keyingi 5 yilga mamlakat prezidenti deb eʼlon qilindi. 1988-y. 29-mayda Ziyoulhaq qonun chiqaruvchi organlarni tarqa-tib yubordi, markaziy va provinsiya hukumatlarini isteʼfoga chiqardi, ularni poraxoʻrlik va jinoyatda aybladi. M. Ziyoulhaq yangi hukumatga shaxsan oʻzi boshchilik qildi. 1988-y. 17 avg. da prezident aviatsiya falokatida halok boʻldi. Konstitutsiyaga muvofiq, senat raisi Gʻulom Isʼhoqxon prezident lavozimini egalladi. 1988-y. 16 noyab. da Milliy majlisga oʻtkazilgan saylovda P. Xalq partiyasi golib keldi va uning rahbari Benazir Bxutto xonim boshchiligidagi hukumat tuzildi. Yangi hukumat favqulodda holatni bekor qildi, kasaba va talaba uyushmalari faoliyatiga ruxsat berdi, Ziyo-ulhaqdavrida qamalgan siyosiy mahbuslarni ozod qildi. 1990-y. 24 okt. da Milliy assambleyaga oʻtkazilgan navbatdan tashqari saylovda Islom demok-ratik alyansi golib chikdi. Uning rah-bari Miyon Muhammad Navoz Sharif bosh vazir boʻldi. 1993-y. 6 okt. da oʻtka-zilgan navbatdan tashqari parlament saylovida Pokiston xalq partiyasi koʻpchilik ovoz oldi. B. Bxutto xonim rahbarligidagi koalitsion hukumat tuzildi. Fa-ruk. Ahmadxon Lagʻariy Pokiston prezidenta etib saylandi. 1997-y. 3 fev. da boʻlib oʻtgan navbatdan tashqari parlament saylovi natijasida yana M. M. Navoz Sharif bosh vazir boʻldi. Hukumat mamlakat iqtisodiyotini yaxshilash tadbirlarini amalga oshirdi. Xalqaro iqtisodiy hamkorlik manfaati uchun dam olish kuni jumadan yakshanbaga oʻtka-zildi. Hukumat isrofgarchilikka qarshi, mablagʻlarni tejash uchun kurashdi, yuqori amaldorlarning imtiyozlarini chekladi. 1997-y. 2 dek. da prezident F. A. Lagʻariy oʻz ixtiyori bilan lavozimidan voz kechdi. Konstitutsiyaga koʻra, davlat rahbari vazifasini vaqtincha Senat raisi Vasim Sajjod bajara boshladi. 1997-y. 31 dek. da mamlakat prezidenti etib Muhammad Rafik Tarar saylandi. 1999-y. 12 okt. da davlat toʻntarishi boʻlib, butun hoki-miyat general Parviz Musharraf boshliq harbiylar qoʻliga oʻtdi. P. Musharraf N. Sharifni qamoqqa oldi va 2001-y. 20-iyunda prezident M. R. Tararni lavozimidan chetlatdi, oʻzini mamlakat prezidenti deb eʼlon qildi. Pokiston — 1947-y. dan BMT aʼzosi. OʻzR suvereni-tetini 1991-y. 20 dek. da tan olgan va 1992-y. 10-mayda diplomatiya munosa-batlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 14 avg. — Mustakillik kuni (1947).

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. P. Xalq partiyasi, 1967-y. asos solingan; P. Milliy Xalq partiyasi, 1986-y. tuzilgan; P. musulmonlar ligasi, 1906-y. tashkil etilgan; P. demok-ratik partiyasi, 1969-y. asos solingan; Jamoati Islomiy, oʻta oʻng diniy jamoa partiyasi, 1941-y. da tuzilgan. Umumpokiston kasaba uyushmalari fe-deratsiyasi, 1947-y. da tuzilgan; Qavmiy mazdur mahaz («Milliy ishchi fron-ti»), 1961-y. datuzilgan; P. mehnatxalq byurosi, 80-y. larning oʻrtalarida Pokiston xalq partiyasining ishchilar harakatidagi qanoti sifatidatuzilgan; P. milliy ishchi federatsiyasi, 1968-y. da tu-zilgan; P. milliy kasaba uyushmalari federatsiyasi, 1962-y. 60 ga yaqin yi-rik f-ka kasaba uyushmalarining birlashishidan tashkil topgan.

Xoʻjaligi. Pokiston — sanoati rivojlanayotgan agrar mamlakat. 1947—91 y. larda mamlakat iqtisodiyoti tarkibida chuqur oʻzgarishlar sodir boʻldi — i. ch. zamonaviy shakl va uslublarga oʻtdi, yalpi ichki mahsulot 5 baravar oshdi. Iqtisodiyotdagi bu natijalarga asosan davlatning iqtisodiy siyosati — xususiy ishbilarmonlikni boshqarish va ragʻbatlantirish xamda davlat sektorining faoliyati tufayli erishildi. Yalpi ichki mahsulotda q. x. ning ulushi — 22,3%, sanoatning ulushi — 16%.

Qishloq xoʻjaligi da iqtisodiy faol axrlining 60% band. Dehqonchilik — q. x. ning asosiy tarmogʻi. Mamlakat hududining 1/4 qismi q. x. uchun yarokli, shundan 3/4 qismi sugʻoriladi, ayrim joylarda yiliga 2—3-marta hosil olinadi. 50—70-y. lardagi agrar islohotlarga qaramay, anʼanaviy agrar munosabatlar — zamindor yer egaligi va yerdan foydalanishning mayda dehqon (ko-randa) shakli saqlanib qolgan. Hind da-ryosi havzasida dunyoda eng katta sugorish sistemalaridan biri bunyod etilgan. Dehqrnchilikdagi asosiy ekinlar: bugʻ-doy, sholi, arpa, makkajoʻxori, texnika ekinlaridan moyli ekinlar, paxta, shakarkamish va b. Bogʻdorchilikda mango, banan, olma, sitrus mevalar, oʻrik, uzum, anor, anjir, pista yetishtiriladi. Shuningdek, kartoshka, piyoz, sarimsoq, qalampir, pomidor, karam, qovoq, tarvuz va b. ekiladi.

Chorvachilik yalpi ichki maxsulotning 8,3%ni taʼminlaydi. Pokistonda qoramol koʻproq. Buyvol, echki, qoʻy, tuya, ot ham boqiladi. Soʻnggi yillarda shaharlar atrofida goʻsht va sut chorvachiligi, parrandachilik rivojlandi. Baliqovlashdan keladigan foyda eksport tushumining taxm. 3%ni tashkil etadi.

Sanoati. Pokistonga mustamlakachilik davridan bir necha kichik toʻqimachilik f-kasi, qand z-di, t. y. va mexanika ustaxonasi meros boʻlib qolgan. 50-y. larda sanoatlashtirish siyosatining asosiy mazmuni yengil sanoatni, avvalo toʻqimachilik sanoatini rivojlantirishdan iborat boʻldi. 1952-y. da Sanoatni rivojlantirish davlat korporatsiyasi faoliyat boshladi. 1955-y. da Suyi (Balujiston)da yi-rik tabiiy gaz konini oʻzlashtirishga kirishildi. Kon sanoati jadal surʼatlar b-n, baʼzi yillarda 20% gacha oʻsdi. Mamlakat jan. (Sind provinsiyasi)da neft konlarining ochilishi va ishga tushirilishi natijasida neft qazish hajmi 4 baravar oshdi. Hoz. neft i. ch. (yiliga taxm. 2,5 mln. tonna) mamlakat extiyojining 25—30% ni qoplaydi. 50—80-y. larda z-d va f-kalarning umumiy soni 1,4 mingdan 5 mingga, ularda ishlovchilar soni esa — 200 mingdan 500 mingga yetdi. Qayta ishlash sanoati, ayniqsa, tez rivojlandi. Sanoat markazlari hisoblangan Karochi va Lohur yoniga Faysalobod, Haydarobod, Moʻlton, Ravalpindi sh. lari qoʻshildi. Vah, Taksila, Daudxeyl, Naushexra kabi yangi sanoat markazlari vujudga keldi. Sanoatning asosini metallugiya va mashinasozlik tashkil etadi. Kime sanoati taxm. 300 korxonadan iborat. Klmyo-farmatsevtika sanoati (100 dan ortiq korxona) alohida sohaga aylandi. Qurilish materiallari i. ch. sohasi tez surʼatlar bilan rivojlandi. Oziq-ovqat sanoati yirik soha hisoblanadi. Tib-biyot asbob-uskunalari, sport anjomlari sanoati rivojlangan. Poligrafiya sanoati, asosan, oʻrta va kichik bosmaxonalardan iborat. Charmpoyabzal sanoati korxonalari barpo etilgan. Kosibchilik va hunarmandchilik (mato, charm, metall, yogʻoch, aqikdan buyumlar tayyorlash) rivojlangan. Gidrostya, is-siklik va atom elektr styalarida yiliga oʻrtacha 30 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi.

Transportida avtomobil transporta asosiy oʻrinni egallaydi. Mamlakat ichkarisida tashiladigan yukning 3/4 qismi avtomobil transportida, 1/4 kis-mi t. y. da va 0,1% — xavo transportida tashiladi. T. y. uzunligi — 9 ming km, avtomobil yoʻllari — 140 ming km. Tashki savdo yuklari, asosan, dengiz va havo transportida, qisman avtomobil transportida tashiladi. Dengiz savdo flotining tonnaji 514 ming t dedveyt. Dengiz portlari: Karochi va Kosim. Aeroportlari Karochi, Ravalpindi, Lohur sh. larida.

Tashqi savdosi. Pokiston chetga guruch, paxta, ip, ip gazlama, gilam, charm, baliq va b. sotadi. Oʻsimlik yogʻi, choy, neft, kimyo mahsulotlari, oʻgʻit, umumiy mashinasozlik tovarlari, elektr anjomlari, poʻlat, choʻyan, choy, qurolyarogʻ va h. k. sotib oladi. Asosan, Sau-diya Arabistoni, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Germaniya, AQSH bilan savdo qiladi. Pul birligi — P. rupiyasi.

Sogʻliqni saqlash. Mustaqillik yillarida Pokiston sogʻliqni saklash sohasida maʼlum yutuqlarga erishdi: tibbiyot muassasalari va xodimlari koʻpaydi. Kadrlar tayyorlash va i. t. lar olib borish tizimi tashkil topdi. 40-y. larning oxirida 1,4 ming vrach boʻlib, hamshiralar yoʻq edi. 90-y. larning boshida vrachlar soni 55 mingga yaqin, oʻrta malakali tibbiyot xodimlari 40 ming, hamshiralar 20 mingga yetdi. Vrachlar va oʻrta malakali tibbiyot xodimlari tibbiyot un-tida, 6 kollej va 9 tibbiyot muassasasida tayyorlanadi. Sanitariya meʼyorlariga moye keladigan ichimlik suvning yoʻkligi jiddiy muammo. Kanalizatsiyadan 6—7% aholi foydalanadi.

Maorifi, madaniymaʼrifiy va ilmiy muassasalari. Pokistonda umumiy taʼlim haqida qonun qabul qilinmagan. Pokiston umumtaʼlim maktablari tuzilishi quyidagicha: boshlangʻich maktab (1—5-sinflar); toʻliqsiz oʻrta (6—8-sinflar); oʻrta (9 — 10-sinflar); oliy (yuqori) maktab (11 —12-sinflar). Oliy (yukrri) oʻrta maktabni, shuningdek, oraliq kollejni tugatganlar oliy oʻquv yurtlariga kirish xuquqiga ega. 90-y. lar oʻrtalarida 168 ming maktab, 690 kollej, 23 un-t boʻlgan. Barcha turdagi maktablarda 16,9 mln., kollej larda 610 ming, un-tlarda 76 ming kishi oʻqidi. Oʻqituvchilar soni: barcha turdagi maktablarda — salkam 550 ming, kollejlarda — 56 ming, un-tlarda — 6 ming. Maktab oʻqituvchilari maxsus maktablar, in-t va kollejlarda tayyorlanadi. Yirik un-tlari: Karochidagi Karochi un-ti (1951), Tibbiyot fanlari un-ti (1983), Lohurdagi mu-handislik-texnologiya unti (1961), Islomoboddagi Qaid-ye-Aʼzam un-ti (1965), Xalqaro Islom un-ti (1980), Lohurdagi Panjob un-ti (1882).

Fanning rivojlanishini rejalashtirish bilan Fan va texnika qoʻmitasi, fan yutuqlarini joriy etish bilan Fan va texnika tadqiqotlari kengashi shugʻullanadi. Eng yirik ilmiy muassasalari: P. fan taraqqiyoti assotsiatsiya-si, Pokiston fanlar akademiyasi, Atom energiyasi komissiyasi, Atmosferaning yuqori katlamlari va kosmik fazoni tadqiq etish qoʻmitasi, Geofizika i. t. in-ti, Paxtachilik i. t. in-ti va b. Bundan tashqari, tibbiyot, iqtisodiyot, xalqaro munosabat, adabiyot va til masalalarini oʻrganuvchi ixtisoslashgan ilmiy in-t va jamiyatlar mavjud.

Yirik kutubxonalari: Qaid-ye – Aʼzam un-ti kutubxonasi, Karochi un-ti kutubxonasi, Panjob un-ti kutubxonasi, Hamdard fondi kutubxonasi, Markaziy kotibiyat kutubxonasi, Pokiston milliy kutubxonasi (Islomobod). Yirik muzeylari: Karochidagi Pokiston milliy muzeyi, Lohur muzeyi, Peshovar muzeyi, Lohur qalʼasi muzeyi, Milliy muzey (Islomobod) va b.

Matbuoti, radioeshittirishi va te-lekoʻrsatuvi. Pokiston hududida chiqqan dastlabki gaz. «Koʻxi nur» gaz. (1850, Lo-hur)dir. 1990-y. lar oʻrtalarida 2,5 mingga yaqin gaz. va jur. chiqqan. Yirik gaz. lari — urdu tilida: «Jang» (1937-y. dan), «Imroʻz» («Bugun», 1948-y. dan), «Mashriq» («Sharq», 1963-y. dan), «Navaye vaqt» («Davr ovozi», 1940-y. dan); ingliz tilida: «Doon» («Tong», 1942-y. dan), «Pakistan tayms» («Pokiston vaqti», 1947-y. dan), «Muslim» («Musulmon», 1979-y. dan), «Star» («Yulduz», 1951-y. dan) va b. Assoshieyted Press of Pakistan, xukumat axborot agentligi (1947-y. dan), Pokiston Press Interneshnl, xukumat taʼminotidagi xususiy axborot agentligi (1956-y. dan), Yunayted Press of Pakistan, xususiy axborot agentligi (1949-y. dan) faoliyat koʻrsatadi. 1947-y. Lohur va Peshovarda radiostya boʻlgan. 90-y. lar oʻrtalarida 22 radiostya va oʻtkazgich ishladi. Radiostyalar mamlakatning asosiy tillarida kuniga 302 soat eshittirish beradi. Xalqaro xizmat Osiyo, Afrika va Yevropaning 71 tilida ishlaydi. Ularni Pokiston radioeshit-tirish korporatsiyasi (hukumat mahkamasi, 1947-y. dan) nazorat qiladi. Te-lekoʻrsatuv 1964-y. dan boshlangan, 5 telemarkaz ishlaydi. Ularning ishiga Pokiston televideniye korporatsiyasi (1967-y. dan) rahbarlik qiladi.

Adabiyoti. Pokiston adabiyoti urdu, panjobiy, sindhiy, pushtun, baluch, bra-guyi, shuningdek, arab, fors, guja-ratiy, ingliz va b. tillarda yaratilgan yozma badiiy merosdan iborat. Ming yillar mobaynida Hindiston xalqlari yaratgan folklor va yozma adabiyot Pokiston va Hindistonning umumiy boyligidir. Pokiston tashkil topgan davrda Pokiston xalklari adabiyotining rivojlanishi turlicha boʻlgan, urdu, sindhiy va panjob adabiyoti rivojlangan edi. Pokistonning Hindistondan ajratilishi dastlab adabiyot rivojiga maʼlum darajada sal-biy taʼsir qildi — nashriyotlar, ada-biy jur. lar yopildi, yozuvchilar tashkilotlari tarqab ketdi. 1949-y. da Pokiston taraqqiyparvar yozuvchilari assotsi-atsiyasi tashkil etildi, lekin tez orada taqiqlandi. 1959-y. da Pokiston yozuvchilari gildiyasi tuzildi. Hamma tillarda sheʼriyat ustun, urdu va sindhiy ada-biyotlarida nasr birmuncha rivojlangan. Professional teatrning yoʻkligi tufayli dramaturgiya uncha rivojlanmagan. «Pokiston badiiy akademiyasi» (Islomobod), «Urdu akademiyasi» (Karochi), «Ikbol akademiyasi» (Lohur) va b. badiiy i. t. muassasalari mumtoz ada-biyotni chop etish, Pokiston xalklari tillariga tarjima qilish kabi ishlarni olib boradi.

Urdu adabiyotining atokli vakillari — Fayz Ahmad Fayz (1911—84), Joʻsh Malihobodiy (1896—1982), Ahmad Nadim Qosimiy (1916), Forigʻ Buxoriy (1918—97), Ahmad Faroz (1926) va b. Realist adiblar S. H. Mantoʻ (1912—55), Gʻulom Abbos (1909—88), Mirzo Adib (1914). Mumtoz Mufti (1905—95) hikoya janrining rivojlanishiga salmoqli hissa qoʻshdi. Soʻnggi oʻn yillarda shoiralar Kishvar Nahid (1940), Ado Jaʼfariy (1924), Fahmida Riyoz (1946), Zuxra Nigoh, shoirlardan Habib Jolib, Iftixor Orif va b. salmoqli asarlar yaratdilar. Inti-zor Husayn, Anvar Sajjod (1935), Jamila Hoshimiy va b. adiblar oldingi safga chiqdilar. Romannavislardan Aziz Ahmad, Xadija Mastur, Shavkat Siddiqiy, Intizor Husaynlarning nomi mashhur. Urdu tilida «Afkor», «Sip», «Funun», «Avroq», «Tulu-yeafkor» adabiy jur. lari chop etiladi.

Sindhiy adabiyotining vakillari — shoirlar Bevas, Ayoz Shayx, Murod Ali Kozim, haydar Baxsh Jatoʻy, sindhiy nasrining asoschisi Mirza Kalich Beg va b. 20-a. 2yarmida mashhur adiblar safiga Jamiluddin Abru, Tanvir Ab-bosiy, Qurbon Ali Bugtiy, Ammar Jalil, Rasul Baxsh Palejoʻ, Rashid Bhattiy kelib qoʻshildi. Sindhiy ada-biyotshunosligi rivojlangan. 1955-y. dan «Mexran» adabiy jur. nashr etiladi.

Pushtu (pashtu) adabiyotida hikoyanavislar Master Abdulkarim, Vali Muhammad Toʻfon, Qalandar Moʻmand, Mir Maxdishoh Maxdi, Samandar Xon Badarshaviylarning asarlarida romantika alomatlari bor. Amir Hamza Shinvoriy, Samandar Xon Badarshaviy («Shoirlar shohi» unvoniga sazovor boʻlgan), Fazl Xon Shaydo, Rasul Raso, Abdulxoliq Xoliq va b. shoirlar mashhur. «Pushtu», «Nangialay», «Rahbar», «Al-Falloh» kabi adabiy jur. lar chop etiladi.

Panjob sheʼriyatini yangilashda Sharif Kunjahiy, Ahmad Rohiy, Boqi Siddiqiy, Orif Abdul Matin, Salim Kashar, Salimur-Rahmon Kiyaniy va b. ning xizmati katta. Soʻnggi oʻn yilliklarda Mushtoq Safiy, Anis Na-qiy, Sulton Mahmud Oshufta, Safdar Mir, Rashid Anvar, Tanvir Buxoriy kabi shoirlar yetishib chikdi. Axmad Salim, Zafar Lashariy, Xanif Chou-dhuriy, Faxr Zamon, Mustansar Ta-rar, Ehson Betalviylarning nasriy asarlari mashhur. Panjob tilida «Panj darya», «Panjabi zaban» adabiy jur. lari nashr etiladi.

Baloʻch adabiyoti 20-a. ning 60—70-y. laridan shakllandi. Tanikli shoirlari — Ozod Jamoldiniy, Zaxur Muhammad Sayd Hoshimiy, Gul Xon Nosir. Zamonaviy sheʼriyat vakillari — Muxammad Isʼhoq Shamim, Qozi Abdulrahim, Abdulhakim Haqgoʻ, Murod Sahar, Malik Muhammad Taqiy va b. Tanikli adiblari — M. X. Unka, Malik Muhammad Panoh, Surat Xon Marriy, Zafar Ali Zafar, Muhammad Beg Baloʻch, Muxammad Sodiq Ozod va b. Baloʻch tilida «Uman», «Naukin daur», «Ulus» va b. adabiy jur. lar chop etiladi.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. Pokiston hududidan mil. av. 4—3-ming yilliklarga oid eneolit makonlari (tosh va xom gʻishtdan qurilgan uylar)ning qol-diklari, geometrik naqshlar va hayvonlarning sxematik tasvirlari bilan bezatilgan sopol idishlar, mis va bronza taqinchoqlar, ayollar va hayvonlarning haykalchalari topilgan. Kushon podsholigi davridan qolgan yodgorliklar (stupalar, ibodatxonalar) bu yerda madaniyat yuksak darajaga koʻtarilganini koʻrsatadi (ibodatxonalar haykaltaroshlik asarlari, budda haykallari, devoriy rasmlar bilan bezatilgan). 7—8-a. dan eʼtiboran meʼmorlik islom dini taʼsirida rivojlana boshladi. Dehli sultonligi davrida Lohur, Moʻlton, Peshovar, Tatta kabi shaharlarda xashamatli saroylar, maqbara va masjidlar quriddi. Shaharlar mustah-kam qalʼa devorlari bilan oʻraldi (16 — 17-a. lardagi Lohur qalʼasi, 18-a. dagi Haydarobod qalʼasi). Pokistonning oʻrta asr meʼmorligiga qoʻshni Markaziy Osiyo, Eron va Afgʻoniston mamlakatlari meʼmorligigining taʼsiri katta boʻldi. Baland peshtoqli ayvonlar masjidlarning tarkibiy qismiga aylandi (Tat-tadagi Shox, Jahon masjidi, 17-a.), Lohur masjidlari Dehli va Agradagi masjidlarga oʻxshab ketadi (Lohurdagi Badshohiy masjid, 1674-y.). Boburiylar davrida maqbaralarning bezaklari boyidi va bora-bora Oʻrta Osiyo usuliga oʻxshab ketdi (Tattadagi Shurfa Xon maqbarasi, 1638-y.). Boburiylar salta-natining tanazzulga uchrashi (18-a.), eron, afgʻon, yevropa bosqinchilarining hujumlari oqibatida umuman madaniy hayotda, ayniqsa, meʼmorlik va tasviriy sanʼatda tushkunlik roʻy berdi. Pokiston tashkil topgandan keyin (1947) mamlakatda qurilish ishlari avj oldi, yangi shaharlar, yangi poytaxt — Islomobod (grek meʼmori K. A. Doksiadis) bunyod etildi. Zamonaviy meʼmorlikda «xalqaro uslub» ustuvor boʻlib, u sodda shakllardan tashkil topadi (Islom-oboddagi yangi masjid, parlament binosi, meʼmor A. Yakobson; «Shahrizo-da» mehmonxonasi, meʼmor J. Ponti). Pokiston hududidagi qad. madaniyat markazlarida oʻtkazilgan qazilmalar shuni koʻrsatadiki, Pokistonda qadimda rassomchilik keng rivojlangan. Oʻrta asrlarda saroylar, masjid va ibodatxona devorlari rasmlar bilan bezatilgan. Arablar bilan birga xattotlik sanʼati ham ki-rib keldi — masjid, makbaralarni xattotlik yozuvi bilan bezay boshladilar. Tatta va Haydarobod sh. lari oʻrta asrlarda qoʻlyozma va miniatyura yaratish markaziga aylandi. Boburiylar davrida, ayniqsa Akbarshoh va Jahongir-shoh davrida «Boburiylar miniatyura maktabi» tashkil topdi. Mustaqillik davrida tasviriy sanʼat rivojlanishi yangi bosqichga oʻtdi. Keksa rassomlar miniatyura anʼanalarini davom et-tirdilar — A. R. Chugʻtay, Alloh Baxsh, S. F. Rahamin ijodida Yevropa rassomchiligi va oʻrta asr miniatyurasi qoʻshilib ketgan; X-M.

Sharif — miniatyura, X. Yusuf — xattotlikda, Gʻ. Ali — grafika sohasida ijod qilmoqda. Z. Ogʻa, Sadiqayn, Sh. Ali, Guljiy, D. Naqsh, A. Parviz kabi rassomlar zamonaviy modernizm oqimining vakillaridir.

Musiqasi. 1947-y. gacha bevosita hind musiqa sanʼati bilan birgalikda (jumladan, Shim. Hindistonning «hindustoniy» uslubida) rivojlanib kelgan. Hozirda Pokiston mumtoz musiqasida «raga», qahramonlik dostonlari, «naat», «hamd» va «soʻfiyona» (diniy ashula yoʻllari), ishqiy mavzudagi «gʻazal», «qavvali» (ishqiy-diniy mavzudagi badihaviy vo-kal-cholgʻu janri), panjobliklarda «ma-hiyya» (toʻy marosim qoʻshiqlari), «tap-pa» (lirik aytishuvlar) mashhur. Musiqa cholgʻularidan tabla, nogʻora, pakhavaj (urma cholgʻular), torli-chertma sarud, ra-bab, setar, tampura, svaramandal, kamonli sarangi, puflama nay, bansuri, shexnay kabilar keng tarqalgan. Basta-korlarning kinofilmlar uchun urdu va panjob tillarida yaratgan kuy va qoʻshiqlari ham xalq orasida alohida eʼzozga ega. Zamonaviy sanʼatkorlardan Amanat Ali Xon, Bare Gʻulom Ali Xon, Xoji Gʻulom Farid Sabri (bastakor va xonan-dalar), Ravshan Ara Begum, Mehdi Hasan, Nusrat Fateh Ali Xon, Malikaye Ta-rannum Nurjahon, Obida Parvin, Farida Xonim, Iqbol Bonu, Neyyara Hyp (mumtoz musika ijrochilari), estrada xonandalaridan Adnan Sami, Hasan Jahongir, Mehnaz va b. mashhur. Islomoboddagi «Lok Birsa» (Xalq musiqa merosi) in-ti, Lohurdagi «Al-Hamra» sanʼat markazi, Pokiston musiqa jamgʻarmasi va b. muassasalar milliy musiqa sanʼa-tining rivojlanishida katta ahamiyatga egadir.

Kinosi. Pokiston kinematografiyasining tarixi mamlakat mustakillikka erishishidan avval Hindistonda yaratilgan musulmoncha ruxdagi filmlardan boshlanadi. Pokistonning birinchi hujjatli filmi 1948-y. da yaratildi. Birinchi badiiy film 1948-y. da ishlab chiqarilgan («Teriy yad», rej. D. Sardoriy Laʼl). «Shunday kun keladi» (1958, rej. A. Qardar), «Nido», «Sima» (1967, rej. Sh. Malik) kabi filmlarda xalq hayoti, orzu-umidlari haqkrniy aks ettirildi. Keyingi yillarda «Muhab-bat yozi» (rej. M. Parviz), «Raqqosa» (rej. X. Tariq), «Tuygʻu» (rej. N. Salom) kabi filmlar yaratildi. 90-y. larning oʻrtalarida yiliga 200 tagacha hujjatli film ishlab chiqarildi. Pokistonning oʻnlab filmlari xalqaro mukofotlar olgan («Hind daryosi», «Lohur shahri», «Bir akr yer» va b.). P. da 10 dan ortiq kinostudiya mavjud. Yiliga urdu, pan-jobiy, sindhiy, pushtu, gujaratiy va siraykiy tillarida 90—120 film ishlab chiqariladi. Mamlakatda 800 dan ortik, kinoteatr bor. Tanikli rej. lar — N. Islom. P. Malik. X. Askariy. Yu. Malik; tanikli aktyor va aktrisalar — Badari Munir, Babra Sharif, Shabnam, Nadim, M. Qurayshiy.

Pokiston turli xalkaro, shu jumladan, Toshkentda oʻtkazilgan xalqaro kinofestivallarda qatnashgan.

Uzbekistan—P. munosabatlari. OʻzR bilan Pokiston oʻrtasida 2003-y. gacha savdoiqtisodiy hamkorlik soxasida 23 ta davlatlararo, hukumatlararo, idoralararo shartnoma va bitimlar imzolangan. Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan P. Milliy banki oʻrtasida vakolat hisob raqamlari haqida, suv xoʻjaligi, energetika, irrigatsiya soxdlaridagi hamkorlikka oid hujjatlar shu jumlaga kiradi. 1995-y. mayda P. Bosh vazirining Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi chogʻida Toshkentda Pokistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi. Unda Pokistonning 100 dan ortiq firmasi ishtirok etdi. 2000-y. da ikkala mamlakat oʻrtasidagi tovar aylanmasi 8,5 mln. AQSH dollariga yetdi. Oʻzbekiston Pokistonga teri, pilla chiqindisi, shoyi gazlama, shisha, xrustal, yengil sanoat uchun mashina va asbob-uskunalar, ayrim oziq-ovqat mahsulotlari eksport qiladi. Pokistondan esa tayyor kiyim, poyabzal, charm mahsulotlari, tamaki, kakao, shakar oladi. Oʻzbekistonda bir necha Oʻzbekiston — P. qoʻshma korxonasi ishlab turibdi.

Oʻzbekiston — P. doʻstlik jamiyati (1991-y. dan) ikkala mamlakat oʻrtasidagi aloqalarni rivojlantirishda salmokli oʻrin egallaydi. Ishbilarmonlar, ayellar va shoir-yezuvchilarning delegatsiyalari ayirboshlandi. Madaniyat sohasida hamkorlik davom etmoqda: E. Vohidovning «Oltin devor» asari urdu tiliga tarjima qilinib (tarjimon A. Ibrohimov), Lohurda sahnalashtirildi (1996), N. Aminovning «Bir asr hikoyati» P. da urdu tilida chop qilindi (1996), A. Ibrohimovning «Urducha-oʻzbekcha mushtarak soʻzlar lugʻati» (1998), T. Xolmirzayevning «Urducha-oʻzbekcha lugʻati» (2003) va h. k. ada-biy hamkorlik natijasidir.

Ansoriddin Ibrohimov.


Lotin alifbosida maqola: POKISTON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: P harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BUYUK BRITANIYA
XITOY
HINDISTON
TOSHKENT
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты