NOʻGʻAY OʻRDA

NOʻGʻAY OʻRDA, Noʻgʻay xonligi — Shim. Kaspiy va Orol dengizlari boʻyidan Tura va Kamagacha, Volgadan Irtishgacha boʻlgan hududda tashkil topgan koʻchmanchilar davlati. 14 — 15-a. boshlarida Oltin Oʻrdadan ajrab chiqadi. Idikuning oʻgʻli Nuriddin zamonida (1426—40) kuchaygan. Aholisi, asosan, mangʻit va qoʻngʻirotlardan iborat boʻlgan. Poytaxti — Saroychik sh. U Qora dengiz boʻylaridan Oʻrta Osiyoga bora-digan savdo yoʻlidagi yirik shahar edi. 16-a. da Noʻgʻay Oʻrda Moskva va Qozon bozorlarini chorva mahsulotlari bilan taʼminlagan. Noʻgʻay Oʻrda murzalar boshqargan uluslarga boʻlingan. 16-a. 2 – yarmida N. Oʻ. Katta Noʻgʻay, Kichik Noʻgʻay va Oltiovul Oʻrdalariga parchalanib ketgan. Noʻgʻay Oʻrdada «Idiku» («Yedigey») dostoni yaratilgan.

Ad:. Poxlyobkin V. V ., Tatarы i Rus, ML, 2001.


Lotin alifbosida maqola: NOʻGʻAY OʻRDA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: N harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
XITOY
QOZOGʻISTON
BUXORO XONLIGI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты