NOʻGʻAYLAR

NOʻGʻAYLAR, noʻgʻay (13-a. dagi Oltin Oʻrda xoni Noʻgʻay nomi bilan bogʻliq) — xalq, Rossiya Federatsiyasining Stavropol oʻlkasi, Dogʻiston, Checheniston, Ingushiston Respublikalari hamda Qorachoy-Cherkasiya viloyatlarida yashaydilar (75,2 ming kishi, 1990-y. lar oʻrtalari). Oʻzbekistonda juda ozchilikni tashkil etadi.

Noʻgʻaylarning qora noʻgʻay (Dogʻiston), noʻgʻay yoki achiquloq (Stavropol oʻlkasi), oq noʻgʻay yoki kuban noʻgʻaylari (QorachoyCherkasiya) va astraxon noʻgʻaylari kabi etnik guruh^ari mavjud. Jan. Sibir (Turon) oʻtish irqiga mansub. Noʻgʻay tilipA soʻzlashadilar. Dindorlari — sunniy musulmonlar. Noʻgʻaylar ajdodlari Noʻgʻay tasarrufidagi hududlarda yashagan turkmoʻgʻul qabilalari hisoblanadi. Ular Uraldan to Dneprgacha, jumladan, Shim. Kavkaz, Quyi Volga, Krimda koʻchib yurganlar. Dashti Qipchoqsa qipchoqlar bilan aralashib turkiy tilni qabul qilishgan.

Oʻtmishdagi anʼanaviy mashgʻulotlari — koʻchmanchilik va yaylov chorvachiligi (qoʻy, echki, yirik shoxli mol), tuyachilik, otchilik, qisman dehqonchilik boʻlgan. Hunarmandchilikda movut tayyorlash, charm va qoʻy terisini qayta ishlash, kigiz bosish va undan chakmon, etik, bosh kiyimlarni tikish, ayniq-sa, keng rasm boʻlgan.

Ad.: Gadjiyeva S. Sh., Materialnaya kultura nogaysev v XIX — nach. XX v., M., 1976; Gadjiyeva S. Sh ., Ocherki semi i braka u nogaysev v XIX — nach. XX v., M, 1979.

Ochil Boʻriyev.


Lotin alifbosida maqola: NOʻGʻAYLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: N harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
TOSHKENT
OʻZBEKLAR
XITOY
QORACHOY-ChERKASIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты