OQ KISHMISH

OQ KISHMISH — oʻrtapishar, mayizbop uzum navi. Vatani — Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq. Uning Kishmishi Safed, Bedona mayiz, Kishmish, Sultonina (Fransiya), Tompsson Sidlesse (AQSH) nomlari bor. Sharqiy ekologik-geografik navlar guruhiga kiradi. Tupi kuchli oʻsadi. Bargi oʻrtacha kattalikda, dumaloq, 3—5 boʻlakchali, guli ikki jinsli.

Uzum bo-shi oʻrtacha kattal i kda (boʻyi 17, eni 10 sm), shakli silindrkonussimon, shingillari zich. Gʻujumi urugʻsiz, yuma-rangi och sariq, yupqa, karsillaydi. Sent. boshlarida toʻliq pishadi. Tarkibida 25—26% qand, 4—4,5 g/l kislota bor. Oq kishmish navi qurgʻoqchilikka chidamli, sovuqqa chidamsiz. Kul, atrakioz, barg oʻrovchilardan zararlanadi. Hosildorligi 200—250 s/ga. Uzumi yangiligida yeyiladi, mayiz qilinadi. Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida r-nlashtirilgan. Samarqand viloyatida koʻp ekiladi.


Lotin alifbosida maqola: OQ KISHMISH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: O harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
GEOGRAFIYA
XITOY
KISHMISH
ASKARIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты