ASKARIY

ASKARIY — oʻrtapishar, mayizbop, urugʻsiz, xoʻraki uzum navi. Sharqiy ekologik-geografik navlar guruhiga kiradi. Asl vatani — Eron. Armaniston, Turkmaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekistonning ayrim viloyatlarida ekiladi. Tupi oʻrtacha oʻsadi. Bargi yirik, choʻzinchoq, silliq, arra tishli, tuksiz. Guli ikki jinsli. Uzum boshi oʻrtacha va yirik, shingillari tigʻizligi oʻrtacha. Gʻujumi urugʻsiz, oʻrtacha, och sariq. Poʻsti yupqa, gʻuborli. Eti sershira, mazasi yoqimli. Hosili faol harorat yigʻindisi 2800 — 3000 da 120 — 130 kunda pishib yetiladi. Hosildorligi 59 — 90 s/ga. Sovuqqa bardoshi past. Ragʻa va un shudring bilan kasallanadi. Yangiligida isteʼmol etiladi, mayiz solinadi.


Lotin alifbosida maqola: ASKARIY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ARMANISTON
ASMA
BUDESHURI TETRI
Ulug'bek Ismailov - Guli
BAYAN SHIREY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты