BAYAN SHIREY, Banans, Agshi-r ye y — kechpishar vinobop uzum navi. Vatani — Ozarbayjon. Sharqiy ekologik-geografik navlar guruhiga kiradi. Tupi kuchli usadi. Bargi katta (di-ametri 19 — 22 sm), toʻgarak, besh, boʻlakchali, bargining usti silliq, orqasida tuklar deyarli yoʻq, cheti oʻtkir arra tishli. Guli ikki jinsli. Uzum boshi oʻrtacha kattalikda, silindrkonussimon, tigʻizligi oʻrtacha, ogʻirligi 200—250 g. Gʻujumi oʻrtacha (10 — 18 mm), yumaloq, sargʻish-yashil, sershira, poʻsti oʻrtacha qalinlikda. Mevasi faol harorat yigʻindisi 3500° boʻlganda (kurtak yozganidan boshlab 165 kunda) yetiladi. Tarkibida 18—20% qand bor. Hosildorligi 120—200 (yaxshi qaralganda 350) u/ga, kasalliklarga chidami oʻrtacha. Bu nav Zakavkazye, Oʻrta Osiyo, Shim. Kavkaz, Ukrainada r-nlashtirilgan. Oʻzbekistonning hamma hududlarida yaxshi oʻsadi. Sovuqqa chidamsiz. Koʻproq novda qoldirib, uzunroq qoʻyib kesiladi. Asosan vino mah-sulotlari va sharbat olish uchun yetishtiriladi (q. Tok).