ASMA

ASMA, Krim qora uzumi — xalq seleksiyasi yoʻli bilan yaratilgan oʻrta-pishar hoʻraki uzum navi. Kuban va Krimda oʻstiriladi. Tupi kuchli oʻsadi, bargi yirik, uch boʻlmali, tuksiz. Guli ikki jinsli. Uzum boshi yirik, dumaloq yoki choʻziq. Gʻujumi yirik, pillasimon, toʻq binafsha-qora. Poʻsti qalin , eti sershira, hosili faol harorat 3050 — 3300° da 160 — 175 kunda pishib yetiladi. Hosildorligi 80—120 s/ga. Kasalliklarga chidami oʻrtacha, sovuqqa bardoshi past. Uzoq saqlash va uzoqqa yuborishga chidamli. Oʻzbekistonda r-nlashtirilmoqda (1995-y. dan).


Lotin alifbosida maqola: ASMA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ANDIJON QORA UZUMI
Ulug'bek Ismailov - Guli
ASKARIY
ALEATIKO
ASL QORA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты