ANDIJON QORA UZUMI

ANDIJON QORA UZUMI, Qora andijoniy, Qora — xalq seleksiyasida chiqarilgan oʻrtapishar xoʻraki va mayizbop uzum navi. Tupi kuchli oʻsadi. Bargi toʻgarak, besh boʻlmali, kertikli, toʻq yashil, orqa tomoni tuksiz. Guli ikki jinsli. Uzum boshi choʻziq, 250-300 g, shingillari tigʻizligi oʻrtacha. Gʻujumi yirik, dumaloq, rangi tim qora, poʻsti yupqa, tarang, eti shirali, tarkibida 25—27% qand moddasi bor. Hosili faol harorat 2700-2750° boʻlganda 128—140 kunda pishib yetiladi (avg. oxiri). Hosildorligi 150—200 s/ga. Zamburugʻli kasalliklar va zararkunandalarga chidami oʻrtacha, sovuqqa chidamsiz. Fargʻona va Andijon viloyatlarida keng tarqalgan.


Lotin alifbosida maqola: ANDIJON QORA UZUMI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ANDIJON VILOYATI
ASMA
ASKARIY
ALEATIKO
Ulug'bek Ismailov - Guli


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты