OQ NIL

OQ NIL, Bahr ul-Abʼyaz (arab, bahr — daryo, abʼyaz — oq) — Nil daryosining chap irmogʻi, Al-Gʻazal daryosi quyilgan joydan Koʻk Nil daryosi quyiladigan joygacha boʻlgan qismining nomi. Uz. 957 km. Eng katta ir-mogʻi (oʻngdan) Sabat (u toʻlib oqqan vaqtlarda koʻplab oqish rangdagi mu-allaq oqiziqlar keltiradi; daryo nomi ham shundan). Sabat qoʻshilgan joydan Koʻk Nil quyiladigan joygacha juda sekin oqadi. Yuqori qismida yillik oʻrtacha suv sarfi 453 m3/sek., Xartum sh. yonida esa 800 m3/sek. Nil suvini tartibga solish uchun Xartum sh. dan 40 km yuqorigatoʻgʻon qurilgan. Oq Nildan sugʻorishda foydalaniladi, baliq ovlanadi. Kema qatnaydi.


Lotin alifbosida maqola: OQ NIL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: O harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SIRDARYO
AMUDARYO
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
YER
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты