OGʻRIQ QOLDIRUVCHI DORILAR — ogʻriq sezgisini yoʻqotuvchi yoki kamaytiruvchi dorilar. Bularga kimyoviy tuzilishi va taʼsir mexanizmi turlicha dori moddalari kiradi. Ogʻriq qoldiruvchi dorilardan nerv sistemasiga taʼsir etib, ogʻriqni kamaytiruvchi moddalar (analgetiklar) asosiy oʻrinni egallaydi. Narkotik analgetiklar va nonarkotik analgetiklar farq qilinadi. Narkotik analgetiklarga morfin, va uning sintetik oʻrindoshlari (promedol, fentanil va b.) kiradi. Narkotik analgetiklar turli ogʻriklar, jumladan, shikastlanish, kuyish, miokard infarktida roʻy beradigan kuchli ogʻriklarni ham qoldiradi. Morfin markaziy nerv sistemasiga taʼsir koʻrsatib, eshituv, qoʻrquv, taktil sezgisini oʻtkirlashtiradi, oʻziga xos gallyutsinatsiyalar keltirib chiqaradi. Ogʻriq b-n kechadigan salbiy emotsiyalar (vahima, hayajonlanish, gʻam-gʻussa va b.)ni susaytirib, xavfsizlik, oʻzini yengil his qilish, bamaylixotirlik tuygʻusini paydo qiladi. Narkotik analgetiklar takrortakror kabul qilinganda odam unga oʻrganib, qoʻmsay-digan boʻlib, narkomaniyaga sabab boʻlishi mumkin. Shuning uchun narkotik analgetiklar qatʼiy hisobda turadi va ular cheklangan holda beriladi. Narkotik analgetiklarni vrach ruxsatisiz ichish taqiqlanadi.
Nonarkotik analgetiklarga kimyoviy tuzil ishi turlicha boʻlgan sintetik moddalar (amidoprinʻ, analgin, atsetilsalitsilat kislota, paratsetamol va b.) kiradi. Bu xil analgetiklarning narkotik analgetiklarga kara-ganda ogʻriq qoldiruvchi taʼsiri kuch-sizroq boʻlib, asosan, nevralgiya tu-sidagi ogʻriklarda, mialgiya (muskullar yalligʻlanishi)da, tish va bosh ogʻrigʻida, artralgiyada ishlatiladi. Nonarkotik analgetiklar ogʻriq qoldirishi bilan bir qatorda isitma tushishiga ham (q. Isitma tushiruvchi dorilar) yordam beradi. Koʻpchilik Nonarkotik analgetiklarning yalligʻlanishga qarshi taʼsiri ham bor (q. Yalligʻlanishga qarshi dorilar). Vrach ruxsatisiz bu dorilarni ichmaslik kerak.
Analgetiklar guruhiga mansub boʻlmagan bir kancha dori moddalar ham ogʻriq qoldirishi mumkin. Mac, silliq muskullarni boʻshashtiruvchi dorilar — atropin, bangidevona preparatlari, papaverin, no-shpalar va b. qon tomirlar spazmida ishlatiladigan to-mir kengaytiruvchi dorilar shular jumlasidandir.
Vrachga koʻrinib ogʻriq sababi va xususiyatini bilgandan soʻng Ogʻriq qoldiruvchi dorilar ichilsa, yaxshi naf beradi.