OʻRIK

OʻRIK — raʼnoguldoshlar oilasiga mansub daraxtlar turkumi; mevali oʻsimlik. Vatani — Oʻrta Osiyo. Osiyoda 10 turi maʼlum. Oddiy Oʻrik (A. us1§ap8), manchjuriya Oʻriki (A. taps)§pipsa), sibir Oʻ. i (A.8Yztsa), david Oʻ. i (A. (1aU1alapa) va qora Oʻrik (A. yazusagra) turlari keng tarqalgan. Shim. Hindiston, Eron, Turkiya, Italiya, Ispaniya, Shim. va Janubiy Afrika, Shim. Amerika mamlakatlari va Avstraliya, Oʻrta Osiyo, Zakavkazye hamda Rossiyaning Yevropa qismi jan. da yetishtiriladi. Oʻrta Osiyoda va Xitoyda 5 ming yil, Janubiy Yevropada 2 ming yil oldin madaniylashtirilgan. 500 dan ortiq navi bor. Jahon boʻyicha yalpi hosili 2,7 mln. t. Oʻzbekistonda 35 ming t (1999), ekin maydoni jihatidan mevali daraxtlar orasida 4oʻrinni egallaydi.

Oʻzbekistonda, asosan, oddiy Oʻrik turi ekiladi. Boʻyi 5—8 m, shoxshabbasi keng. Bargi keng tuxumsimon, guli oq yoki pushti, barg yozishdan oldin ochiladi. Mevasi etli, yumaloq, tuxumsimon, oq, sariq, qizgʻish; danagidan ajraladigan va ajralmaydigan xillari bor, shirin, shirinnordon. Tarkibida 14—16% qand, 0,6 — 1,2% olma, limon va boshqalar kislotalar, 28—31% quruq modda, S, RR vitamini, 0,38—1,27% pektin, 10 mg gacha karotin, danagi magʻzi shirin (ayrim navlariniki achchiq), tarkibida 29—58% yogʻ bor. Yangiligida yeyiladi, turshak, bargak solinadi, konserva (murabbo, jem, kompot), qaysa qilinadi. Danagidan danakshoʻrak tayyorlanadi, xalq tabobatida mevasi va turshagidan yurakqon tomir tizimi kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Oʻrik yaxshi asal beruvchi daraxt, danagidan va payvand qilib koʻpaytiriladi. Payvandtag sifatida yovvoyi Oʻrik, olcha, bodom va shaftolidan foydalaniladi. Hosildorligi 80—120 s/ga. Ekilganidan soʻng 4—5yili hosil beradi, 15—17 yoshda toʻliq hosilga kiradi. Oʻzbekistonda mart—apr. da gullaydi, naviga qarab may—iyulda pishadi. Oʻrik issiqsevar, yorugʻsevar, qurgʻoqchilik va issiqlikka chidamli, lekin namlik yetishmaganda hosilli vdoxlari meva tugmaydi. Gullagan paytda bahorgi qorasovuqlardan zararlanadi. Koʻchati kuzda va bahorda 6×8, ihota daraxti sifatida 4×6 m sxemada ekiladi. Oʻrikka vazasimon yoki pogʻonasimon shakl beriladi, bahorda bir yillik novdalarining 1/3, 2/3 qismi kesib turiladi. Oʻrik unumdor, serquyosh, boʻz hamda shagʻaltoshli sugʻoriladigan yerlarda yaxshi oʻsadi. Oʻzbekistondagi oʻrikzorlarning asosiy qismi Fargʻona vodiysi va Zarafshon vohasida joylashgan, Oʻrta Osiyoda Oʻrikning 500 dan ortiq navlari va klonlari uchraydi. 20-asrning 30-y. laridan boshlab 40 dan ortiq xalq va ilmiy seleksiya navlari r-nlashtirilgan. Oʻzbekistonda Oʻrikning Ahroriy, Subhoniy, Gulungi luchchak, Mirsanjali, Koʻrsodiq, Xurmoi, Isfarak, Javpazak, Oq oʻrik, Navoiy, Shalax, Ruhi Juvanon, Mohtobi va boshqalar koʻplab navlari ekiladi.

Kasalliklari: kulrang chirish, klyasterosporioz, bakterial rak va boshqalar Zararkunandalari: uzunburunlar, tillaqoʻngʻizlar, oʻrik filchasi, oʻrik tunlami va boshqalar Ad.: Pomologiya Uzbekistana, T., 1983; Mirzayev M. M., Kultura abrikosa v Uzbe. kistane, T., 2002.

Sulton Xolnazarov.


Lotin alifbosida maqola: OʻRIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: O' harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OʻRIK
ITALIYA
XITOY
ERON
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты