PANDA

PANDA, kichik panda (Ailurus fuldens) — yenotsimonlar oilasiga mansub sut emizuvchi, urugʻning yagona turi. Baʼzan ayiqsimonlar oilasiga yoki katta panda b-n birga pandasimonlar oilasiga kiritiladi. Gavdasi 51—63 sm, dumi 28—48 sm. Boshi dumaloq, yuz qismi kichik, rangi sargʻish, qorin tomoni va oyoqlari krramtir, «yuzi» oqish tusda. Jan.-gʻarbiy Xitoy, Nepal, Shim. Myanma, Shim.-sharqiy Hindistonda tarqalgan. Togʻ bambukli oʻrmonlarda yashaydi. Bambuk nihollari, oʻtlar, mevalar, baʼzan qushlar tuxumi va mayda sut emizuvchilar bilan ozikla-nadi. Yilda 1-marta 1—2 tadan (baʼzan 4 tagacha) bola tugʻadi.


Lotin alifbosida maqola: PANDA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: P harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



NEPAL
XITOY
OSIYO
HINDISTON
KATTA PANDA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты