PARAMACH

PARAMACH, anjir goʻmma — somsa turlaridan biri. Paramachning qatiqli Paramach, oshirma Paramach xillari bor. Qatiqli Paramach, tayyorlash usuli: 2 dona tuxum atalanib, 1,5 stakan qatiq, 100 g sariyogʻ yoki margarin, 2 choy qoshiq tuz, 1 choy qoshiq choy sodasi, 1 kg chamasi un solib, yumshoq xamir qoriladi. Xa-mir bir oz tindirib qoʻyiladi. 20 — 30 g li zuvalachalar yasab, qalinligi 2—3 mm li jildlar yoyiladi. Jildga qiyma solib, oʻrtasi tangadek ochiq qoldirib, jimjima qilib tugiladi. Tovadagi qizdirilgan yogʻda past olovda avval toʻntarib (ochiq tomoni b-n), soʻngra oʻnglab qoʻyiladi, pishirish davomida Paramach ichiga qoshikda 1—2-marta yogʻ tomizib turiladi (qovurish uchun 0,5 kgyogʻ kerak boʻladi). Oshirma Paramach 0,5 l iliq sutga 1 dona tuxum, 2 choy qoshiq tuz, 100 g sariyog, 20 g xamirturush (drojji) solib yumshoq xamir qoriladi. Xamir oshgach, qatikdi Paramach singari tugib pishiriladi.


Lotin alifbosida maqola: PARAMACH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: P harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XAMIR
YOGʻ
KOʻK SOMSA
NON
GOʻMMA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты