GOʻMMA

GOʻMMA — somsaning Xorazmda tayyorlanadigan bir turi. Suvga xamirturush, shakar, tuz, un qoʻshib xamir qoriladi. Soʻngra eritilgan margarin xamirga singib ketguncha ishlanib, oshirishga qoʻyiladi. Xamir 3—4 soat oshgach, yana mushtlanib qayta oshiriladi. Soʻngra oʻsimlik yogʻi surtilgan stolda arqonsimon qilib yoyiladi. 25 g dan boʻlaklarga boʻlib, yumaloqlanadi. 4—5 mm qalinlikda yoyiladi, oʻrtasiga qiyma solib ikkiga buqiladi, yarim oy shaqlida tugilib, 30 daqiqa tindirilgandan soʻng qizdirilgan yogʻda pishiriladi. Goʻmma kartoshka, oshqovoq, koʻk solib tayyorlanishi ham mumkin.


Lotin alifbosida maqola: GOʻMMA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XAMIR
NON
Tushda xamir ko`rsa nimani bildiradi.
PARAMACH
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты