PARNIK

PARNIK (rus.) — usti oynavand romlar yoki shaffof plyonka bilan yopiladigan inshoot. Asosan, karam, bodring, pomidor, gul koʻchatlari yetishtiriladi. Sabzavotchilikda Parnikning bir va ikki nishabli; chuqur va yer ustki; of-tob, biologik yoqilgʻi va texnika vositalari (suv hamda elektr) yordamida isitiladigan turlari bor. Oʻzbekistonda biologik yoqilgi bilan isitiladigan bir nishabli (20 romli) chuqur va yuza P. koʻp ishlatiladi. Parnik quriladigan yer issiq, shamollardan toʻsilgan, old tomoni gʻarbga qaragan boʻlishi kerak. Parnik qurish uchun tepa tomoni 150 sm, tag tomoni 120 sm kenglikda, 60—70 sm chuqurliqda xandaq qaziladi. Parniklar ustiga yopiladigan romlarning boʻyi va eni 160 x Yu6 sm yoki 213 x 107 sm boʻlib, ular pishiq, tez chirimaydigan yogʻochdan yasaladi. Xandaq che-tiga qoʻyiladigan yogʻochlar mis kukunining 10% eritmasida boʻktiriladi. Qanday ekin ekilishi va foydalanish muddatiga qarab, Parniklar issiq, iliq va sovuq boʻladi. Issiq P. 70—80 sm chuqur qilinib, 50—60 sm qalinlikda yangi goʻng solinadi va qishda foydalaniladi. Iliq Parnik 50—60 sm chuqur qilinadi, 30— 40 sm qalinlikda goʻng solinadi va erta bahorda foydalaniladi. Sovuq Parnik 25— 30 sm chuqur qilinib, goʻng solinmaydi. Parnik dagi biologik yoqilgʻining qalinligi 10—12 sm, pikirovka qilinadigan Parnik dagi esa 15—18 sm, yerdan Parnik romigacha boʻlgan oraliq 8—12 sm boʻladi. Issiqxona xoʻjaligining rivojlanishi va Parnik larning iqtisodiy samarasi yuqori boʻlmagani sababli 20-a. ning 80-y. laridan boshlab koʻproq shaxsiy tomorqa xoʻjaliklarida ishlatiladi.

Rafiqa Gʻanixoʻjayeva.


Lotin alifbosida maqola: PARNIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: P harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
YER
OKEAN
ROSSIYA
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты