OʻQUV YILI

OʻQUV YILI — oʻquv yurtlarida mashgʻulot boshlanishidan yozgi taʼtilgacha boʻlgan davr. Oʻ. y. dastlab taʼlimning sinfdars tizimi joriy etilishi munosabati bilan 16-asr oxiri — 17-asr boshlarida Gʻarbiy Yevropa va Ukrainada belgilandi. Bungacha bolalar maktablarga har xil vaqtlarda kirib oʻqiganlar, mashgʻulotlar yil boʻyi, taʼtilsiz olib borilgan. Oʻzbekistonda Oʻquv yili 1-sentyabrdan 20-iyungacha davom etadi (umumiy oʻrta taʼlim maktablarining boshlangʻich sinflari uchun 1-sentyabrdan 25-maygacha). Oʻquv yili umumiy oʻrta taʼlim maktablari uchun 4 chorak, oʻrta maxsus va oliy oʻquv yurtlari uchun 2 semestrdan iborat. Chorak va semestrlar orasida oʻquvchi va talabalarga taʼtil beriladi. Oʻquv yilining chorak va semestrlarga boʻlinishi oʻquvchi hamda talabalarning bilim darajasini baholash va nazorat qilish imkonini beradi.


Lotin alifbosida maqola: OʻQUV YILI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: O' harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YAPONIYA
OLIY OʻQUV YURTLARI
ROSSIYA
TOSHKENT
UKRAINA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты