OʻQUV YOʻLI

OʻQUV YOʻLI (musiqada) — turkumli asarlarda, odatda, cholgʻu qismlar (cholgʻu yoʻli)san keyin navbatmanavbat, oʻzaro bogʻliq tarzda ijro etiladigan ashulalar ifodasi. Mas, Miskin nomli turkumning 1-qismi cholgʻu kuy, 2, 3, 4 (Adoyi, Asiriy, Chapandoz nomli doira usulida ijro etiladigan) qismlari Oʻquv yoʻli, yakuniy qismi esa soqiynoma usulidagi cholgʻu yoʻllaridan iborat.

Katta hajmdagi mumtoz maqom namunalari (Chorgoh, Segoh, Dugoh, Fargʻona Nasrullosi, Bayot va boshqalar)ning koʻpchiligi cholgʻu yoʻllari hamda Oʻquv yoʻlidan tashkil topadi. Ularning Oʻquv yoʻli cholgʻu asar tarzida ham yakka va joʻrnavozlikda ijro etilishi mumkin. Bular asosida esa bastakorlar tomonidan qator bir qismli yoki turkumli ashula namunalari (mas, I. Ikromovning «Munojot» ashulasi, F. Mamadaliyevning «Miskin», «Nasrulloyi» turkumlari) yaratilgan.


Lotin alifbosida maqola: OʻQUV YOʻLI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: O' harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SHASHMAQOM
FARGʻONA-TOSHKENT MAQOM YOʻLLARI
RAJABIYLAR
Zamir - San-san
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты