OʻGʻRUQ

OʻGʻRUQ, ugʻruq (chodir yoki oʻtovning yuqorisidagi uvuqlari, yogʻochlari) — moʻgʻul hamda turkiy xalqlar qoʻshinida asosiy jangovar qismlardan bir necha kunlik masofada ortda boradigan ogʻir karvon (oboz). Amir Temur odatga koʻra. Oʻ. ni atoqli sarkardalarga topshirgan. Oʻgʻruqni hukmdor harami, voyaga yetmagan mirzolar tashkil etgan. Oʻgʻruqda lashkar uchun turli kasb egalari, chunonchi novvoylar, oshpazlar, qassoblar, taqachilar, kamonchilar, oʻqchilar, egarchilar, oziqovqat, meva bilan savdo qiluvchilar, hammomchilar va h. k. xizmat qilgan. Asosiy harbiy qismlar uchun moʻljallangan qurolyarogʻ, asbobanjom, yemxashak zaxirasi ham Oʻgʻruqda mujassam etilgan.


Lotin alifbosida maqola: OʻGʻRUQ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: O' harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMIR TEMUR
TOSHKENT
HARBIY SANʼAT
TEMURIYLAR
JANGOVAR TARTIB


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты