PAXTA TERISH MASHINALARI

PAXTA TERISH MASHINALARI — ochilgan paxtani terish uchun moʻljallangan q. x. mashinalari. Ishlash usuliga koʻra, pnevmatik, mexanik, pnevmo-mexanik va elektromexanik turlarga boʻlinadi. Pnevmatik Paxta terish mashinalarida paxta havo oqimi yordamida teriladi. Ular vakuumli, ejektor-shlangli, soʻruvchi va haydovchi-soʻruvchi mashinalarga boʻlinadi. Bu mashinalarning ish organlari turli soplo (soʻrgich) va uchliklardan iborat boʻladi. Mexanik Paxta terish mashinalarida paxta mexanik qurilma yordamida teriladi. Bular ish organlarining turiga qarab, shpindelli, ignalar oʻrnatilgan lentali (kardali), ilmokli, diskli boʻladi. Mexanik (asosan, shpindelli) Paxta terish mashinalari gʻoʻza tuplariga terim jarayonida butun hajm boʻylab yoki tuplarni shaklga keltirib yon tomonlaridan qisgan holda tekis ishlov beruvchi turlariga ajraladi. Amalda shpindelli Paxta terish mashinalari keng tarqalgan. Ular gorizontal va vertikal shpindelli xillarga boʻlinadi. Gorizontal va vertikal shpindelli Paxta terish mashinalarining asosiy qismi — paxta terish apparati. U shpindellar barabanlari, ajratkichlar, shpindellar barabanlarini aylantirish mexanizmi, reduktorlar, tup koʻtargichlar, kabul kameralaridan iborat. Hozirgi zamon P. t. m. da terim apparatlari dala relyefini takrorlovchi moslamalar bilan jihozlangan. Gorizontal shpindelli Paxta terish mashinalarida shpindellar gʻoʻza tuplari orasiga yon tomondan gorizontal holatda kiradi va oʻqi atrofida aylanib, ochilgan paxtani oʻziga oʻrab chiqadi hamda baraban bilan birga aylanib, ajratkich tomonga harakat qiladi. Disksimon botiqqavariq shaklli ajratkichlar aylanma hara-kat qilib, shpindel yuzasidan paxtani sidirib, qabul kamerasida yoʻnal-tiradi, u yerdan esa yigʻilgan paxta ejeksiya (soʻrish) hisobiga havo yordamida bunkerga yuboriladi. Vertikal shpindelli Paxta terish mashinalarida shpindellar bara-banga yoki zanjirga oʻrnatiladi. Gʻoʻza tuplari 2 baraban orasidan qisilib oʻtadi. Barabandagi shpindellar oʻz oʻqi atrofida va baraban bilan birga aylanib, paxtani oʻrab oladi. Shpindelga oʻralgan paxtani ajratib olish va uni kabul kamerasiga tashlash vazifasini ajratkich oʻtaydi. Shpindelning teskariga aylanishi va qilli choʻtkalardan tuzilgan aylanib turuvchi ajratkich bilan tozalanishi natijasida ajratkichdan kelgan paxta kabul kamerasiga uza-tiladi va qabul kamerasida yigʻiladi. U yerdan ventilyator paxtani soʻrib, bunkerga uzatadi. Bunker paxtaga toʻlgach, mexanizator uni traktor tir-kamalargatoʻkadi. Pnevmomexanik Paxta terish mashinalarida paxta havo va mexanik moslama yordamida teriladi. Elektromexanik mashinalarda paxta elektr maydoni yordamida teriladi.

Paxta terish mashinalari dastlab 1850-y. AQSH da yaratildi. Oʻzbekistonda birinchi pnevmatik Paxta terish mashinalari 1929-y. ixtiro etilgan. Lekin u amalda uncha ish bermadi. 1933-y. STZ traktoriga oʻrnatiladigan ejektorshlangli mashina ixtiro qilindi. Bu mashinada 15 ta havo soʻruvchi shlang boʻlib, har qaysi shlangni bir terimchi ushlab, ochilgan paxtani unga roʻpara qilardi. Paxta havo yordamida soʻrilib, maxsus idishga toʻplanardi. Uning ish unumdorligi juda past edi. Shuning uchun bu mashina amalda qoʻllanmadi. Oʻsha yili birinchi gorizontal shpindelli mashina yaratildi. U 2 barabanli (1 katorli), kertik shpindelli boʻlib, traktorga tirkab ishlatilgan. Uning ham ish unumdorligi past boʻlgan. 1935-y. «Universal-1» traktoriga oʻrnatiladigan 1 barabanli, gorizontal shpindelli mashina yaratildi. Bu mashina paxtaning 40% ini terib, 15% ini toʻkar, ish unumdorligi past edi. 1936-y. 2 qatorli, gorizontal shpindelli mashina ishlab chikarildi. Uning ish apparati 4 ta barabandan iborat boʻlib, har bir ba-rabanga 352 ta konus shpindel oʻrna-tilgan; mashina paxtani gʻoʻza tupining Toshkent q. x. mashinasozligi z-dida 1937-y. birinchi pnevmatik mashina ishlab chiqarilgan. Mashinada bir necha soʻrish tuynuklari boʻlib, paxtani havo yordamida soʻrib terardi. 1938-y. ixtirochi L. M. Rozenblyum vertikal shpindelli Paxta terish mashinalari ixtiro etdi. Uning ish apparati oʻziyurar shassiga oʻrnatilib, har biri 32 shpindelli ikkita baraban va toʻrtta choʻtkali ajratkichdan iborat edi. Mashina paxtaning 54— 65% ini terib, 8—15% ini toʻkardi. Mashina birmuncha takomillashtirilgach, terilgan paxta 80, 8%, toʻkilgani 16,5% boʻldi. Asosiy nuqsoni terilgan paxtaning shpin-deldan qiyin ajralishi hamda choʻtkali barabanga oʻralib qolishi edi.

1941-y. da XVSH-4B markali 4 barabanli Paxta terish mashinalari yaratildi. Mashina bir yurishda har tup gʻoʻzadagi paxtani 2-marta terardi; bunda terilgan paxta 75%, toʻkilgani 8% edi. 1945-y. da XVSHU markali oʻziyurar mashina yaratildi. Bu mashina 2 barabanli apparat va oʻziyurar shassidan iborat boʻlib, uning shpindellari fakat bir tomonga aylanardi. 1946 i. da diametri 16 mm li 42 shpindelli, Paxta terish mashinalari xoʻjalik sinovidan oʻtkazildi. 1947-y. konstruktor M. N. Markov boshchiligida SXM-47 va 1948-y. SXM-48 rusumli Paxta terish mashinalari ishlab chiqarildi. SXM48 rusumli Paxta terish mashinalari, asosan, ish apparati, rama, 2 ventilyator, harakat uzatish mexanizmi, apparatni koʻtarish-tushirish mexanizmi, tup koʻtargich, obtekatel, bunker va traktordan iborat edi. Mashinaning barcha mexanizmlari traktorning quvvat olish validan harakatla-nardi. 1958—68 y. larda 2 qatorli XT-1,2 rusumli, 1966-y. dan 2 qatorli 17XV-1,8 rusumli keng (90 sm) qatorli, 1968-y. dan T-28X-4 traktoriga oʻrnatiladigan 4 qatorli 14XV-2,4 A («Uzbekistan») rusumli va 1972-y. dan MTZ-50X traktoriga oʻrnatiladigan 4 qatorli XN-3,6 markali, 1974-y. dan 6 qatorli XV-5,4 rusumli Paxta terish mashinalari ishlab chiqarila boshladi.

Bu mashinalar, asosan, terish appa-rati, harakat uzatuvchi reduktor, ventilyator, suv nasosi, bunker, havo trubalari, boshkarish tizimi va ramadan, terish apparata esa rama, shpindelli ba-rabanlar, ajratkich barabanlar, shpindellarni aylantiruvchi uzatma, qabul kamerasi, ish tirqishini sozlovchi mexanizm, tup koʻtargich, reduktor, qoʻshuvchi mufta, saklovchi moslamalardan iborat edi. 1976-y. dan boshlab ishlab chiqarilgan barcha turdagi Paxta terish mashinalari ish unumdorligini 18—20% ga oshiruvchi, yangi vintli garkibiy shpindellar (kvadrat kesimli mustahkam oʻzakka biriktirilgan vintli prujinasimon ilashtaruvchi elementdan tuzilgan) bilan jihozlana boshladi. «Oʻzbekiston» rusumli 4 katorli mashina T-28X-4 rusumli traktorga urnatilgan. Bu mashinaning 2 varianta: 12 shpindelli va 15 shpindelli barabanlar urnatilgan terish apparatli xillari ishlab chikarildi. Mashinada 4 ta terish apparata ikki yon tomonga 2 tadan oʻrna-tilgan. Uni 60 sm va 90 sm kagor oralarida yurishga rostlash mumkin. Har bir qatorning paxtasi ikki qayta terilardi. Mashina, asosan, rama, terish apparatlari, harakatni taqsimlash reduktori, bunker, ventilyatorlar va boshkarish ti-zimidan iborat edi. Shuningdek, shpindellarni yuvish va bakka suv kuyish, mashinani moylash tizimi bilan uskunalangan. Barcha markadagi Paxta terish mashinalari bir-biridan terish apparatlari va barabanlari, asosan, ayrim qismlarining tuzilishi, shpindellarining soni bilan farkdanadi.

Paxta terish mashinalari, asosan, AQSH va Oʻzbekistonda ishlab chiqariladi. AQSHda gorizontal shpindelli, Oʻzbekistonda vertikal shpindelli mashinalar ishlab chiqarilardi. 20-a. 70—80-y. larida ingich-ka tolali, urugʻlik paxtalar uchun XVN, XVA, XVB turkumdagi Paxta terish mashinalari hamda 1977-y. dan esa pnevmopodborshik va tozalagich bilan jihozlangan MTZ-80 traktori asosida XNP-1,8 mashinalari ishlab chiqildi. 1992—94 y. esa gʻoʻza tupiga koʻp marta ishlov beruvchi yangi turdagi terim apparatlari bilan jixrzlangan XS-25 rusumli Paxta terish mashinalari xoʻjaliklarda ishlatila boshladi. 20-a. 90-y. lari oʻrtalarigacha Oʻzbekistonda, asosan, vertikal shpindelli mashinalardan foydalanilgan. Keyingi yillarda Oʻzbekiston paxta maydonlarida Amerikada ishlab chiqarilgan gorizon-tal shpindelli Paxta terish mashinalari ham paydo boʻldi. «Oʻzqishloqxoʻjalikmashxolding» kompaniyasi (Toshkent) krshida 1997-y. dan boshlab «OʻzKeysmash» qoʻshma korxonasi tashkil etilib, paxtakorlarga «Case20022 Cotton Express» rusumli 2 qatorli Paxta terish mashinalarini yetkazib bera boshladi. BMKB — Agromash ak-siyadorlik jamiyati bilan birgalikda «Toshqishloqmash» aksiyadorlik jamiyati XMG-04, XMG-12 rusumli 2 qatorli, gorizontal shpindelli Paxta terish mashinalarini ishlab chikaradi. Ular 90 va 60 sm li paykallarda paxtaning oʻrtacha va ingichka tolali navlarini terishga moʻljallangan. «2022 Kotton Ekspress» rusumli mashina esa 2 katorli, gorizontal shpindelli, oʻziyurar mashina boʻlib, 90 va 100 sm li paykallarda paxtaning oʻrtacha navlarini terishga moʻljallangan.

Oʻzbekistonda Paxta terish mashinalarini yaratish va ularni takomillashtirishga doyr na-zariy va amaliy ishlar, asosan, Oʻzbekiston FA Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi in-tida olib boriladi. Paxta terish mashinalari yaratish va ularni takomillashtirish ishlari Oʻzbekistonda H. H. Usmonxoʻjayev, O. V. Lebedev, A. D. Glushchenko, M. V. Sablikov, D. M. Shpolyanskiy , O. A. Karimov, A. S. Sadriddinov, R. D. Matchonov, M. T. Toshboltayev va b. olimlar, G. I. Volkov, L. M. Rozenblyum, M. N. Markov va b. konstruktorlar nomlari bilan bogʻliq.

Anvar Rizayev.


Lotin alifbosida maqola: PAXTA TERISH MASHINALARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: P harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SHPINDEL
TOSHQISHLOQMASH AKSIYADORLIK JAMIYATI
MASHINASOZLIK SANOATI
BORONA
OKEAN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты