QAZILMA HAYVONLAR

QAZILMA HAYVONLAR — oʻtgan geologik davrlarda yashagan hayvonlar qoldiqlari. Qazilma hayvonlar skeletlari turli xil choʻkindi togʻ jinslarida saqlanib qolgan, baʼzan ularning tarkibiga ham kirgan boʻladi (mas, chigʻanokli ohaktosh). Qazilma organizmlar qoldiqlarini oʻrganuvchi fan paleontologiya, Qazilma hayvonlarni oʻrganuvchi fan esa paleozoologiya deb ataladi. Metamorflashgan tokembriy yotqiziqlaridagi Qazilma hayvonlar qoldiqlarining koʻrsatishicha, hoz. vaqtda yashayotgan koʻpgina hayvonlar (qoldiqlari faqatgina quyi ordovikdan maʼlum boʻlgan xordalilardan tashqari) oʻsha paytda ham yashagan. Eng sodda (bir hujayrali) hayvonlar qazilma koʻrinishida foraminiferalar, radiolyariylardan iborat. Ularning skeletlari koʻzga koʻrinarkoʻrinmas darajada boʻlib, kembriy yotqiziqlaridan boshlab uchraydi, baʼzan choʻkindi hosilalarning qalin qatlamlarini tashkil qilgan. Tuban koʻp hujayrali hayvonlar — bulutlar (suv jonivorlari) proterozoyda paydo boʻlgan; ularga yaqin boʻlgan arxeotsiatlar quyi kembriyda jadal koʻpaygan. Mollyuskalar quyi paleozoydan maʼlum boʻlib, ayniqsa, mezozoy va kaynozoyda rivojlangan. Mshankalar va yelka oyoqlilar paleozoy davridan yaxshi maʼlum; yelka oyoqlilarnit koʻpchiligi paleozoyda qirgʻoqboʻyi dengiz zonasida joylashgan boʻlib, chigʻanoqli banka (sayozlik)lar va ohaktoshlarning qalin qatlamini hosil qilgan. Boʻgʻimoyoqlilar qadimiy paleozoyda trilobit va evripterid guruhlarini tashkil qilgan; devon davridan boshlab boʻgʻimoyoqlilarning boshqa sinflari — hasharotlar, oʻrgimchaksimonlar paydo boʻla boshlagan. Ignatanlilarning qoldiqlari quyi paleozoy yotqiziqlarida sodda guruhlar (dengiz pufakchalari, karpoideylar va boshqalar) dan tashkil topgan. Umurtqali hayvonlarning qoldiqlari qazilma koʻrinishida kamroq uchraydi. Eng qadimiylari quyi paleozoyga tegishli umurtqalilarning vakili boʻlgan jagʻsizlarga aloqador hoz. zamon ilonbaliqlaridir; koʻp oʻtmay devon yotqiziqlaridagi akulasimon sovutli, ikki xil nafas oluvchi haqiqiy baliqlar paydo boʻlgan; suyakli baliqlar esa mezozoy erasida vujudga kelgan. Yerda yashaydigan toʻrt oyokdi hayvonlarning qoldiqlari Grenlandiyadagi devonning eng yuqori gorizontlarida saqlanib qolgan. Toshkoʻmir va perm yotqiziqlarida suvdaquruqda yashovchi sodda yopiqboshlilarning qoldiqlari keng tarqalgan, paleozoy oxiri va mezozoy boshlariga kelib ularning koʻpchiligi qirilib bitgan. Mezozoyda, ayniqsa, turli xil sudralib yuruvchilar: timsohlar, toshbaqalar va, ayniqsa, dinozavrlar; juda koʻp sonli ixtiozavrlar, pleziozavrlar; qanotlarining kattaligi 10 sm dan 7 m gacha va undan ham ortiq boʻlgan uchuvchi sudralib yuruvchilar — pterozavrlar koʻp boʻlgan. Ayni vaqtda tishi oʻtkir uzun dumli dastlabki qushlar va mayda sodda sut emizuvchilar paydo boʻlgan. Sut emizuvchilar orasida oʻziga xos hayvonlar — titanoteriyalar, ulkan karkidonlar, mastodonlar, uch panjali otlar, qilich tishli yoʻlbarslar va boshqalar boʻlgan; ularning baʼzilari hoz. hayvonlarning ajdodlari hisoblanadi. Neogen oxirlariga kelib odam paydo boʻlgan. Qazilma hayvonlar qoldiqlarini oʻrganish choʻkindi togʻ jinslarining nisbiy yoshini aniqlashda asos boʻlib hizmat qiladi.


Lotin alifbosida maqola: QAZILMA HAYVONLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
QAZILMA ORGANIZMLAR QOLDIQLARI
OKEAN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты