PETROGRAFIYA

PETROGRAFIYA (yun. petros — tosh va…grafin) — tog jinslari, ularning mineralogik va kimyoviy tarkibi, strukturam va teksturasi, Yer poʻstida va yer ustida yotish sharoitlari, tarqalish qonuniyatlari, kelib chiqishi va oʻzgarishi haqidagi fan. Togʻ jinslari haqidagi fanni ikki qismga — tavsifiy koʻrinishga ega boʻlgan Petrografiya va petrologiyaga boʻlishga mayllik mavjud. Petrografiya mineralogiya, geokimyo, vulkanologiya, tektonika, stratigrafiya va foydali kazilmalar taʼlimoti bilan bogʻliq.

Oʻrganilayotgan togʻ jinslarining tipiga qarab magmatik Petrografiya, metamor-fik Petrografiya va choʻkindi jinslar Petrografiyasi — litologiya farq qilinadi.

Magmatik togʻ jinslari P. si, asosan magmaning sovishi va kristallanishi natijasida hosil boʻlgan kristalli togʻ jinslarini oʻrganadi. Magmatik jinslar ularning moddiy tarkibini, magmaning sovish jarayonidagi fizikkimyoviy sharoitlarini, atrofdagi jinslar b-n oʻzaro munosabatlarini anikdash maqsadida oʻrganiladi.

Metamorfik togʻjinslari Petrografiyasi yangi fizikkimyoviy sharoitlar taʼsirida oʻzining dastlabki mineralogik va kimyoviy tarkibini oʻzgartirgan togʻ jinslarini tadqiq etish bilan shugʻullanadi (yana q. Togʻ jinslari metamor-fizmi).

Bulardan tashqari, oraliq holatni egallagan togʻ jinslari ham mavjud. Mac, baʼzi metamorfik togʻ jinslari hosil boʻlish jarayonida qisman eriydi; va aksincha, baʼzi magmatik jinslarning shakllanishida metamorfizm jarayoni muhimroq. Choʻkindi va magmatik jinslar ichida oraliq holatdagilari ham mavjud. Ular magmatik jinslardan tuzilgan boʻlsa ham, biroq hosil boʻlishi va yotish sharoitlari choʻkindi togʻ jinslariga xos.

Togʻ jinslarining tarkibi va tuzilishini oʻrganishda maxsus metodlar qoʻllaniladi. Mas, kristalooptik metod b-n mayda donali mineral agre-gatlari oʻrganiladi. Shuningdek, rentgenoskopiya metodi va spektral tahlil ham keng qoʻllaniladi. Togʻ jinslari moddalari, shuningdek, kimyoviy tahlil yoʻli bilan ham aniqlanadi. Togʻ jinslari va ularni tashkil qilgan mi-nerallarni fizikaviy oʻrganishda zichligi, qattiqligi, issiqliqdan ken-gayishi, qisilishi, seysmik toʻlqinlarning tezligi, qovushqoqligi, elektr va magnit xususiyatlari aniqlanadi. Shunday qilib, togʻ jinslarini oʻrganish turli-tuman tadqiqot maj-muini oʻz ichiga oladi. Bularni umumlashtirish Yer poʻstining shakllanishi va rivojlanishi jarayonlarida turli tipga mansub togʻ jinslarining rolini aniqlashga imkon beradi.

Petrografiya oʻrganilayotgan xususiyatlari xarakteriga va qoʻllanilayotgan metodlariga koʻra, petrokimyo, petrofizika, petrotexnika, fizikkimyoviy va zksperi-mental Petrografiya, texnik Petrografiya, kosmik Petrografiyaga boʻlinadi.

Petrografiyaga oid ayrim maʼlumotlar Abu Rayhon Beruniy va b. oʻrta asr mualliflarining asarlarida uchraydi. 19-a. oʻrtalariga qadar Petrografiya muammolari mineralogiya va umumiy geologiya tomonidan oʻrganildi. Xususan, barcha togʻ jinslari kelib chiqishiga koʻra, choʻkindi, magmatik va metamorfik jinslarga boʻlindi. Petrografiya fan sifatida 19-a. oʻrtalarida, ingliz petrografi G. K. Sorbi togʻ jinslari mineral tarkibini shlifda mikroskop ostida oʻrganish imko-niyati borligini koʻrsatib bergandan keyin shakllandi. Keyinroq Petrografiya boʻyicha tadqiqot amaliyotiga qutblantiruvchi mikroskop kiritildi. Mineral tarkibini hozirda ham amalda boʻlgan kris-tallooptik xossalarga qarab aniklash usuli taklif etildi. Ayni paytda togʻ jinslarini kimyoviy tadqiq qilish metodlari ham takomillashib bordi.

19-a. oxiri —20-a. boshlarida Petrografiyada asosiy eʼtibor turli magmatik jinslarning kelib chiqishi muammolariga karatildi. 19-a. oxirida F. Yu. LevinsonLessing Yer ustida rivojlangan magmatik jinslarning hosil boʻlish man-bai nordon va asosli magmadan iborat ekanligini aniqladi.

S. S. Korjinskiy tadqiqotlarida minerallar paragenezisi taxdilining fizikkimyoviy asoslari ishlab chiqildi. Yer poʻstida magmatizm flyuidlar bilan birgalikda rivojlanishi koʻrsatib berildi.

Minerallar paragenezisi tahlili asosida magmatik, metamorfik va me-tasomatik togʻ jinslarining mineral fatsiyalari sistemasi ishlab chiqildi. Turli magmatik va metamorfik jinslarning paydo boʻlishini aniqlashda F. Yu. Levinson-Lessing va A. S. Ginz-berglarning tajriba tadqiqotlari muhim ahamiyatga ega boʻldi. Tadqiqotchilar tabiatda granitning ikki tipi mavjudligini eʼtirof etadilar. Shulardan birinchisi nisbatan past t-rali, Yer pusti jinslarining suvga toʻyingan sharoitda qisman erishidan palingen granit magmasidan hosil boʻladi. U kristallanganda avtoxton (joyidan siljimagan yoki ozgina sil-jigan) granitlar vujudga keladi. Ikkinchi tip granitlar yuqori mantiya yoki Yer poʻstining quyi qismidagi bazalt magmasining oʻzgarishidan hosil boʻlgan nordon eritmadan vujudga keladi. Yuqori t-raga ega boʻlgan bunday nordon eritmalar Yer yuzasigacha chiqib intruziv granitlarni hosil qiladi. Magmatizm va tektonikaning bogʻliqligi muammosi ustida ham tadqiqotlar olib borilmoqda. Okeanlar magma-tizmiga alohida eʼtibor berilmoqda. Oʻrta Osiyo, xususan, Oʻzbekistonda Petrografiya boʻyicha tadqiqotlar 20-a. 20-y. laridan boshlandi. OʻzMU, ToshDTU, Oʻzbekiston FA Geologiya va geofizika in-ti, Neft va gaz konlari geol. si in-ti, Oʻzbekiston Geologiya va mineral re-surslar davlat qoʻmitasida va i. t. mu-assasalarida olib borilmoqda. S. S. Smirnov va Yu. A. Bilibinning hoz. zamon metallogeniyasining petrografik asoslari haqidagi nazariyalari, H. M. Abdullayev yaratgan petrometallogeniya taʼlimoti kabi bir qancha kashfiyotlar Petrografiyaning keng rivojlanishiga imkon berdi. Magmatik va metamorfik jinslar hamda texnik Petrografiya soxdsida I. H. Hamroboyevning ishlari katta ahamiyatga ega.

Ad.: Hamroboyev I. H., Rajabov F. Sh., Petrografiya asoslariD., 1964; Petrografiya Uzbekistana, kn. 1—2, T., 1965; Abdullayev X. M. Sobraniye sochineniy, t. 7, T., 1969; Glubinnoye stroyeniye korы territorii Uzbekistana, T., 1971.


Lotin alifbosida maqola: PETROGRAFIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: P harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOGʻ JINSLARI TUZILISHI
TEKTONIKA
TOGʻ JINSLARINING BURMALANISHI
MINERALOGIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты