TEKTONIKA

TEKTONIKA (yun. tektonikos — qurilishga oid) , geotektonika — geologiyaning boʻlimi; Yer poʻsti (litosfera)ning strukturasi, harakati, deformatsiyasi va rivojlanishi, Yerning butunicha rivojlanishi bilan bogʻliqligi toʻgʻrisidagi fan (q. Tektonik harakatlar, Tektonik deformatsiyalar). T. ning asosiy vazifasi Yer poʻstining hoz. strukturasi, undagi turli togʻ jinslarining joylashishi va yotish sharoitlari, turlicha (kichik burmalar va siniqlardan tortib qitʼa va okeanlargacha) struktura elementlarining qonuniyatli uygʻunligini oʻrganishdan iborat. Tektonika geol. ning koʻp sohalari, ayniqsa strukturalar geologiyasi, stratigrafiya, petrografiya, litologiya, paleogeografiya, foydali qazilmalar haqidagi taʼlimot bilan bogʻliq. Tektonikada bir necha ilmiy yunalishlar mavjud. Umumiy yoki morfologik Tektonika (strukturalar geol. si deb ham ataladi) — litosferaning turli struktura elementlarini oʻrganadi. Regional Tektonika — Yer poʻstining ayrim uchastkalari yoki litosferadagi struktura shakllarining tarqalishini oʻrganadi. Tarixiy Tektonika — tektonik harakatlar va Yer pusti ayrim struktura elementlarining shakllanishi va umuman strukturalarni oʻrganadi, taraqqiyotning asosiy etap va bosqichlarini belgilaydi, uning umumiy qonuniyatlarini aniklaydi. Fatsiyalar va qatlamlar qalinligini analiz qilish yoʻli bilan turli tipdagi choʻkindi jinslar (fatsiyalar)nij maydon boʻylab taqsimlanishi, turli kesmalar va qatlamlar qalinligining oʻzgarishi oʻrganiladi. Formatsiyey analiz muayyan tektonik sharoitda hosil boʻlgan tog jinslari formatsiyasining maydonda joylashishi va vaqtini (kesma boʻyicha) aniqlaydi. Hajm metodi yordamida Yer pusti taraqqiyotining turli etap va bosqichlarida hosil boʻlgan tog jinslari yirik komplekslarining hajmlari aniqlanadi va qiyoslanadi. Choʻkindi va metamorfik qatlamlar kesmalaridagi tanaffuslar va nomuvofiqliklar analizi teknotik harakatlar faolligi oshgan fazalarni belgilahdan iborat. Regional va tarixiy Tektonika materiallaridan tektonik xaritalar tuzishda foydalaniladi. Genetik yoki nazariy T. Yer pusti va uning strukturasi taraqqiyoti umumiy nazariyasini yaratish maqsadida ularning regional va tarixiy Tektonika tomonidan aniqlangan taraqqiyet qonuniyatlarini umumlashtiradi. Bunda turli metodlar va, birinchi navbatda, struktura analizi metodi qoʻllaniladi. Bunda siljish va boshkalar bilan bogʻliq burma, yoriq, darzlik, uzilmalar kabi tektonik buzilishlarning hosil boʻlish sharoitlari va ketmaketligi qanday boʻlganligi aniqlanadi. Qiyosiy Tektonika metodi bir sinfga mansub struktura elementlarining tipomorf xususiyatlarini va ularning taraqqiyot izchilligini aniqlash uchun imkon boricha ularning koʻpini qiyosiy oʻrganishdan iborat. Turli tipdagi strukturalar genezisini oʻrganishda tobora koʻproq ahamiyat kasb etayotgan eksperimental metod koʻpincha oʻrtacha va mayda struktura shakllarini oʻxshashlik tamoyiliga asosan fizik modellash bilan shugʻullanadi. Tektonikaning yangi sohasi — tektonofizikaniit taraqqiyoti genetik Tektonika masalalarini ishlab chiqishga taʼsir koʻrsatmoqda. Neotektonika Yer tarixining eng yangi (neogenantropogen) davriga oid tektonik harakatlarni va bu davrda hosil boʻlgan strukturalarni oʻrganadi. Hoz. tektonik harakatlarni oʻrganishda maxsus metodika (asosan, instrumental geodezik metodlar) qoʻllaniladi. Tektonika bilan seysmologiyaning bir-biriga tutashib, birbirini tuldirishidan seysmotektonika vujudga keldi. Tektonika foydali qizilmalarni qidiruv va razvedka ishlarini ratsional yunaltirishga imkon beradi.

Tektonika taraqqiyotining asosiy etaplari va hozirgi holati.

Antik davrdayoq yer yuzasida sokinlik hukm surmasligi, balandliklar va pastliklar (koʻtarilmalar va botiqlar) borligi maʼlum edi. Oʻrtaosiyolik buyuk olim Beruniy dengizlar tubi kutarilib quriqlikka aylanishi va aksincha quruklik chukib dengizga aylanishi, Yer pustida ogirlikning muvozanatlashib turishi haqida aniq fikrlar bildirgan. U toglarning paydo bulishi va yoʻq boʻlib ketishi tabiiy omillar natijasida roʻy berishi haqidagi nazariyani yaratdi. Uygʻonish davrirya Leonardo da Vinchi va b. olimlar dengiz sathidan ancha baland boʻlgan joylarda toshqotgan dengiz chigʻanoklarining topilishi quruqlikning koʻtarilishidan dalolat beradi degan xulosaga kelganlar. 17-a. da N. SGʻyayenoning fikricha, choʻkindi togʻ jinslari katlamlari dastlab gorizontal holda joylashgan, keyinchalik turli harakatlar natijasida qiya holatga kelgan va burmalangan. 18-a. ning 2yarmida M. V. Lomonosov va J. Getton asarlarida Yer poʻsti taraqqiyotida vertikal harakatlar — kutarilishlar va choʻkishlar yetakchi rol oʻynaydi deyilgan. Bu gʻoya 19-a. da nemis olimlari L. Bux, A. Gumboldt, B. Shtuder ishlarida yanada rivojlantirilgan; bu olimlar «koʻtarilish kraterlari» haqidagi dastlabki ilmiy tektonik gipotezani shakllantirganlar. Bu gipoteza Rossiyada D. I. Sokolov va G. V. Abix (Kavkaz boʻyicha) tomonidan quvvatlangan edi. 19-a. oʻrtalaridan kon sanoati taraqqiy etishi bilan Yer poʻstidagi burmalar va uzilmalar sistematikasi boʻyicha tadqiqot olib borilib, dastlabki xulosalar shveysariyalik geolog A. Geym va fransuz geologi E. de Marjerining (1888) struktura terminlarida keltirilgan. Turli yoshdagi burmali zonalar yer yuzasi boʻyilab notekis joylashganligi geosinklinalpar nazariyasi (Amerika olimlari J. Xoll, 1859; J. Dena, 1873; fransuz geologi M. Bertran, 1887) bilan izohlanadi. Platformalar, xarakatlar va Yer poʻstidagi deformatsiyalar haqidagi taʼlimotni ishlab chiqishda N. A. Golovkinskiy, A. P. Karpinskiy kabi rus olimlari salmokdi hissa qoʻshdilar. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida Yerning taraqqiyoti haqida yangi fikrlar paydo boʻldi, lekin ularning birontasi ham yagona fikr sifatida koʻpchilik tomonidan qabul qilingani yoʻq. Pulsatsion gipoteza tarafdorlari (U. X. Bacher, rus geologlari M. A. Usov va V. A. Obruchev, 1940) kontraksion gipoteza kamchiliklarini tuldirishga urinib, Yer bir siqilib bir kengayib turgan degan fikrni bildirdilar. Yerning kengayishi haqidagi gipoteza 1920—30 y. larda namoyon boʻldi. Bu gipotezani B. Lindeman (1927), nemis olimi O. Xilgenberg (1933), venger geofizigi L. Edyed (1946) rivojlantirdilar. Avstriyalik geolog O. Amferer (1906) va b. tadqiqotchilar Yer mantiyasi, pust ostidagi konveksion oqimlar Yer poʻstidagi tektonik deformatsiyalar manbaidir, degan goyani ilgari surdilar. 1940-y. V. V. Belousov radiomigratsiya gipotezasini yaratdi. Unga binoan, tektonik jarayonlarni asosiy manbai radiogen issiqliqdir. A. Vegener (1912) butunlay oʻzgachadreyflar gipotezasi bilan chiqdi. Okean plitalarining zaminiga erigan vulkan togʻ jinslarining choʻkishi va surilayotgan plitaning chekkalarini birmuncha koʻtarilishi natijasida togʻ tizmalari, okean orollar yoyi zonasi hosil boʻladi. Aleut va Kuril o. lari, Yaponiya, Indoneziya, Filippin va b. materiklar shunday paydo boʻlgan. Ularning okeanga karagan qismlarida okean litosfera plitalarining choʻkish chizigʻida joylashadigan okean novlari hosil boʻladi. Okean plitalarining chekkalari choʻkayotganida choʻkindilarni oʻzlari bilan novga olib ketadilar. Bunda choʻkindilarning bir qismi plita bilan pastga ketib, bir qismi kontinentlarni yoki orollar yoyi zonasining chekkasiga kirib togʻ tizmalarini hosil qiladi. Kontinentlar ortilgan 2 kalin plitalar bir-biriga cheti bilan tayanib, katta bukilma hosil qiladi. Bukilmaning koʻtarilayotgan qismida astasekin togʻlar, choʻkayotgan qismida «togʻ ildizlari» vujudga keladi (mas., hozirgi kontinentlarda joylashgan Shim. Pomir, Tyanshan, Kopetdogʻ va b.). Litosferaning asosiy oltita ulkan plitalaridan tashqari mayda plitalari ham bor. Bu Arabiston ya. o. va uning shim. qismida joylashgan Erondagi Zagros tog tizmasidir. Shunday qilib, nazariy Tektonika va Yer pusti palaxsalari gorizontal yunalishda ozmikoʻpmi surilib turadi degan fiksizmdan farkli oʻlaroq, yangi oqim — mobilizm dunyoga keldi. Tokembriy geol. si va geoxronologiyasini ishlab chiqishdagi muvafaqqiyatlar Yer poʻsti taraqqiyoti ilk bosqichlari xususiyatlarini anikdashga imkon berdi (Ye. V. Pavlovskiy va b.). 20-a. ning 60y. larida Yer poʻsti yuqori mantiya tuzilishini geofizik usullar bilan oʻrganish natijasida erishilgan muvaffaqiyatlar bilan bogʻliq holda Tektonika taraqqiyotida yangi davr boshlandi. Mantiyada kam yopishqoq astenosfera qatlami borligi tasdiklanadi: okeanlarni oʻrganish natijasida dunyo okean osti tof tizmalari sistemasi va ularni murakkablashtirgan riftlar, shuningdek bu tizmalar boʻylab choʻzilgan magnit anomaliyalari kashf etildi, qad. geologik davrlar magnit maydonini oriyentirlash metodi ishlab chiqildi. Mobilistik tasavvurlarning yangicha kurinishlari paydo boʻldi (Peyve va b.), Yer moddasi differensiyasi gipotezalarini sof fiksistik yoki mobilistik asosda ishlab chiqish davom etdi.

Ad.:Buxarin A. K., Brejnev V. D. i dr., Tektonika Zapadnogo TyanShanya, M., 1989,Djamalov D. B., Ziyaxanov 3. i dr., Chetvertichnaya tektonika zonы sochleneniya Sredinnogo i Yujnogo TyanShanya, Tektonika, 1986; Ibragimov R. N ., Seysmogennыye zonы Srednego TyanShanya, Tektonika, 1978; Sitdikov B. B., Neotektonika Zapadnogo TyanShanya, Tektonika, 1985.


Lotin alifbosida maqola: TEKTONIKA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
STRUKTURALAR GEOLOGIYASI
TOGʻ JINSLARINING BURMALANISHI
PETROGRAFIYA
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты