QARINDOSHLIK

QARINDOSHLIK (huquqda) — insonlar oʻrtasida qon jihatdan oʻzaro bogʻliqlik, aloqadorlik. Kishilar oʻrtasida qonqarindoshlik va urugʻaymoqlik aloqalarining mavjudligi muayyan huquqiy oqibatlar yuz berishiga (huquqlar va majburiyatlar paydo boʻlishiga) sabab boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasining OiLa kodeksida Qarindoshlik tushunchasiga taʼrif berilgan. Ushbu kodeksning 57-moddasiga koʻra, bir umumiy uchinchi shaxsdan (ajdoddan) kelib chiqqan shaxslar qarindoshlar hisoblanadi. 2 shaxs oʻrtasida toʻgʻri shajara boʻyicha Qarindoshlikning yaqinligi Qarindoshlik darajasi bilan belgilanadi. Toʻgʻri shajara boʻyicha Qarindoshlik oʻzaro farqlanadi.

Oʻzbekiston oila huquqi boʻyicha, Qarindoshlik munosabatlarining mavjudligi oʻzaro shaxsiy hamda mulkiy huquqlar va majburiyatlarni yuzaga keltiradi (ota-onalarning oʻz farzandlariga boʻlgan huquqi, aliment huquq va majburiyatlari, yaqin qarindoshlar oʻrtasida nikoh qayd etilmasligi va h. k.). Fuqarolik huquqida Qarindoshlik ota-onaning oʻz voyaga yetmagan farzandlariga qonuniy vakillik qilishi huquqlari va majburiyatlarini keltirib chiqaradi. Vorislik munosabatlari qonun boʻyicha meros ochilgan hollarda Qarindoshlik aloqalariga koʻra tartibga solinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 68bobida (1134 — 1157-moddalar) qonun boʻyicha vorislik munosabatlari va ularni tartibga solinishiga doir qoidalar belgilangan. Ushbu qoidalarga koʻra, qonuniy vorislik Qarindoshlikning darajasi (vorislik navbatlari)ga asoslanadi. Shunga koʻra, Qarindoshlik aloqalarining yaqinuzoqliligiga qarab vorislikning beshta navbati belgilangan. Oldingi navbatda turgan vorislarning yoʻqligi, ularning merosdan voz kechishi yoki mahrum etilganligi navbatdagi vorislarga meros olish xuquqini beradi.

Qarindoshlik mehnat huquqida ham ahamiyatlidir. Mas, 16 yoshga toʻlmagan oʻsmirlarni ishga qabul qilish uchun uning otasi yoki onasi yozma rozilik berishi lozim (Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 77-moddasi). Yakin Qarindoshlik aloqasida boʻlgan shaxslarning bitta davlat korxonasida birga ishlashlari taqiklanadi (Mehnat kodeksining 79-moddasi). Bu qoidadan istisnolar Oʻzbekiston Respublikasining hukumati tomonidan belgilanishi mumkin. Ota yoki ona xavfli mehnat sharoitida ishlayotgan oʻz farzandini ishdan boʻshashini talab qilishi mumkin (Mehnat kodeksining 247-moddasi).

Qarindoshlik aloqalari ijtimoiy taʼminot huquqida ham ahamiyatga ega. Bunda boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi, ijtimoiy nafaqalarning ayrim turlarini tayinlash chogʻida (q. Qaramogʻda boʻlish) marhum boquvchi shaxs bilan uning qaramogʻida boʻlib kelgan voyaga yetmaganlar oʻrtasida Qarindoshlikning mavjudligi asos qilib olinadi (Oʻzbekiston Respublikasining «Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida»gi Qonunining 19-moddasi). Qarindoshlik boshqa hollarda ham huquqiy ahamiyatga ega.

Shoira Yoʻldosheva.


Lotin alifbosida maqola: QARINDOSHLIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALIMENT
ER-XOTIN
SHAXSNING HUQUQIY HOLATI
YURIDIK SHAXS
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты