PIRANOGRAF (yun. rug — olov, apo — yuqorida va…graf) — toʻgʻri tushayotgan yoki tarqoq quyosh radiatsiyasi (nuri)ni uzluksiz qayd qilib borish uchun moʻljallangan asbob. Quyosh radiatsiyasini oʻlchaydigan asbob — piranometr va radiatsiyani oʻz-oʻzidan qayd qilib boradigan galvanometrdan iborat. Faqat tarqoq radiatsiyani oʻlchash uchun Piranograf uchi quyosh nurining toʻgʻridan-toʻgʻri tushishidan asraydigan halqa ichiga oʻrnatiladi. Piranometrda radiatsiyani qabul qilish vazifasini ketma-ket tutashtirilgan manganin va konstanta boʻlaklaridan iborat termobatareya bajaradi. Quyosh radiatsiyasining mutlaq qiymatini olish uchun Piranograf koʻrsatishlari pirgeliometr boʻyicha tekshiriladi.