QAʼDA

QAʼDA (arab. — oʻtirish) — kishi vafotidan keyin «yigirma» yoki «qirq» marosimini marhumning yaqin qarindoshlaridan biri oʻz uyida oʻtkazadigan marosim. Marhumning oila aʼzolariga ogʻirlik tushmasligi hamda marhumga boʻlgan hurmat yuzasidan biror kishi (opasingil, akaukalar, boʻlak yashaydigan farzandlar) navbatdagi marosimni «qaʼda qilib olib ketadi», yaʼni oʻz uyida oʻtkazadi. Marhum ruhiga bagʻishlab dasturxon yozadi. Qaʼdada marhum xotirasini yodga olmoqchi boʻlgan kishilar marhum xonadoniga emas, Qaʼda oʻtkazayotgan kishi uyiga boradilar. Marosimga imom, domla yoki otin oyi taklif qilinib, marhum ruhiga Qurʼon tilovat qilinadi. Keyingi paytlarda yaqin qarindoshlardan biri marosimning butun xarajatlarini qoplagan holda Qaʼdani marhumning uyida oʻtkazish hollari ham uchramoqda. Qaʼda marosimi islom dinida mavjud emas.


Lotin alifbosida maqola: QAʼDA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ISLOM
QURʼON
DAFN MAROSIMI
ALISHER NAVOIY
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты