PLASTMASSALAR, plastik massalar, plastiklar — tabiiy yoki sintetik yuqori molekulali birikmalar asosida olinadigan materiallar. Issiqdik yoki bosim taʼsirida qoliplanadi va qoliplangan shaklini mus-tahkam saklaydi. Plastmassalardan yasalgan mahsulotlar yengilligi, elektr tokini, issiqsovuqni oʻtkazmasligi, atmosfera taʼsirlariga chidamliligi, yemiruvchi muhitga, haroratning keskin oʻzgarishiga bardoshliligi, mexanik mustaxkamliligi yuqoriligi va murakkab shaklli buyumlar yasash mumkinligi bilan boshqa materiallardan ajralib turadi.
Plastmassalar polimerlarning turiga koʻra, termoplastlar va reaktoplastlarga boʻli-nadi. Termoplastlar tarkibida chiziqsimon yuqori molekulali birikmalar yoki sopolimerlar (polietilen, polistirol, polivinilxlorid va b.) bor. Chiziqsimon polimerlar asosiga qurilgan Plastmassalar tarkibida plastifikatorlar, boʻyagichlar ham boʻladi. Plastifikatorlar yuqori t-rada Plastmassalarning plastikliligini oshiradi va qoliplangan mahsulotni qayishqoq hamda sovuqqa chidamli qiladi. Termoplastlar sovuqqa chidamsiz, 60—100° dan yuqori t-rada mustahkamligini tez yoʻqotadi. Lekin koʻpchilik termoplastlar zarbga chidamliligi, dielektrik tavsiflarining yuqoriligi, optik shaffofligi, ulardan murakkab shaklli buyumlar qoliplash osonligi bilan reaktoplastlardan farq qiladi. Termoplastlar oʻrtacha kuch va 60—100° t-rada ishlaydigan (umumiy maqsadlarga moʻljallangan) asbob kismlari (etrollar, viniplast, polistirol), shuningdek, elektr va radiotexnika buyumlari (polistirol, polietilen, polipropilen, ftoroplast) tayyorlashda qoʻllanadi. Termoplastlardan ishlangan buyumlar kimyoviy taʼsirlarga oʻta chidamli (fotoplastlar, polistirol, polietilen, vinilplast), yeyilmaydigan (poliamidlar, polietilente-reftalat), optik shaffof (polimetil – metakrilat, polistirol) boʻladi.
Reaktoplastl ar tarkibida isitilganda yoki katalizatorlar (fenolformaldegid va karbamid smolalar) hamda qotirgichlar (epoksid smolalari, polisiloksanlar, toʻyinmagan poliefirlar) taʼsirida toʻrsimon tu-zilishga ega boʻlgan polimerlar hosil qilib qotadigan polimerlar boʻladi. Reaktoplastlardan tayyorlangan buyumlar qotganidan keyin issiqlik taʼsirida buzilmagunicha oʻzining shishasimon holatini saklaydi. Reaktoplastlarning tarkibida toʻldirgichlar, chiziqsimon polimerlar: qotish jarayonini rostlagichlar, boʻyagichlar, termostabilizator, antiseptiklar boʻladi. Reaktoplastlar toʻldirgichlar turiga koʻra, kukunli (yogoch u ni, asbest kukuni, kvars uni va h. k.), tolali (ip-gazlama, asbest tolasi, shisha tolasi), listli (qogʻoz, ip-gazlama, shisha toʻqimasi, yogoch shpon) xillarga boʻlinadi. Qo-tirilgan Plastmassalardan tayyorlangan buyumlar 100—350°da kuchning uzok, muddatli taʼsiriga bardosh beradi (polimer va toʻldirgich turiga qarab). Reaktoplastlar yuqori kuchda ishlaydigan, issiqqa uzoq chidaydigan, keskin atmosfera taʼsiriga bardosh beradigan va yaxshi dielektrik xossali boʻlgan mahsulotlar i. ch. da qoʻllaniladi.
Tabiiy smolalar (kanifol, shellak, bitum va b.) asosida olinadigan Plastmassalar qadimdan maʼlum. Sunʼiy polimer — nitrotsellyuloza (sellyuloza nitrati) dan tayyorlangan eng dastlabki Plastmassalar selluloid boʻlib, u 1872-y. da AQSH da ishlab chiqarila boshlagan. 1906—10 y. larda Rossiya va Germaniyada tajriba sanoa-tida 1-reaktoplastlar — fenol-formaldegid smolalar asosida olinadigan materiallar i. ch. yoʻlga qoʻyildi. 30-y. larda sobiq SSSR, AQSH, Germaniya va b. sanoati rivojlangan mamlakatlarda termoplastlar, polivinilxlorid, polimetilmetakrilat, poliamid, polistirollar i. ch. i tashkil etildi. Lekin Plastmassalar sanoati 2-jaxrn urushidan keyingi-na rivojlandi, 20-a. 50-y. larida koʻpchilik mamlakatlarda polietilen P. koʻplab ishlab chiqarila boshladi.
Oʻzbekistonda 10 ga yaqin korxona P. ni qayta ishlaydi. Shulardan Toshkent plastmassa z-di, Ohangaron qurilish buyumlari z-di, Jizzax plastmassa i. ch. z-di ixtisoslashgan korxonalardir.
Qurilishda Plastmassalar pollarga qoplashda va b. pardoz ishlarida, binolarni germetiklash, gidro – va termoizo-lyatsiyalash, quvurlar, sanitariya-texnika uskunalari i. ch. da, yopmalar, dera-za, eshik, sayyohlar uychasi, yozlik pavilyonlar tayyorlashda kullaniladi. Mashinasozlik materiallari ichida Plastmassalar yetakchi oʻrinni egallaydi. Plastmassalar mahsulotlar tannarxini arzonlashti-radi, mashinalarning muhim texnik iqtisodiy parametrlari, massasi kamayadi, puxtaligi, ishonchliligi va h. k. oshadi. Plastmassalardan tishli gʻildiraklar, podshipniklar, roliklar, stanok yoʻnaltirgichlari, quvurlar, boltlar, gaykalar va b. ishlab chiqariladi. Plastmassalarning aviatsiyasozlikda keng qoʻllanilishiga sabab ularning yengilligi va texnik xossalarini oʻzgartirish imkoniya-tiga egaligidir. Raketa va kosmik kemalar i. ch. da ham Plastmassalar muhim ahamiyat kasb etdi. Reaktoplastlardan foydalanib reaktiv dvigatellar, samolyotlarning kuch agregatlari, raketa korpuslari, gʻildiraklar, shassi ustunlari, verto-lyotlarning parraklari, issiqlik saqlash elementlari, osma yonilgʻi baklari tayyorlanadi. Termoplastlar oyna elementlari, antenna suyurmalari va h. k. ishlab chiqarishda kullaniladi.
Plastmassalar kemasozlikda kemalarning korpusi va korpusli konstruksiyalar (asosan, shishaplastlar), kema mexa-nizmlarining detallarini tayyorlashda, kema xonalarini pardozlash, ularni issiq, tovush va gidroizolyatsiyalashda ishlatiladi.
Avtomobil sozl i kda Plastmassalardan avtomobil kabinalari, kuzovlari va ularning yirik gabaritli qismlari, dvigatel, transmissiya shassi detallari tayyorlanadi.
Qishloq xoʻjaligida Plastmassalar sugʻorish inshootlari qurishda, tuproqni mulʼchlasht, urugʻlarni dorilash va q. x. mahsulotlarini saqlashda ishlatiladi.
Tibbiyot sanoatida Plastmassalardan koʻplab asboblar, maxsus idishlar ishlab chikariladi. Jarroxlikda plastmassadan tayyorlangan yurak klapanlari, qoʻl-oyoq protezlari, ortopedik qoʻyilmalar, koʻz soqqasi va b. ishlatiladi.
Ad.: Ismoilov I. I., Djalilov A. T., Askarov M. A., Ximicheski aktivnыye polimerы i oligomerы, T., 1993; Asqarov M. A., Ismoilov I. I., Polimerlar kimyosi va fizikasi, T., 2003.
Isroil Ismoilov.