PLUG

PLUG — yer haydashda ishlatiladigan q. h. quroli. Misr, Xitoy, Oʻrta Osiyoda qadimdan maʼlum boʻlgan. Dastlab yogʻochdan yasalgan, uchiga tigʻ qoplangan. Ot, xoʻkiz qoʻshib ishlatilgan (q. Omoch). Mil. av. 1-ming yillikda temir lemexli Pluglar paydo boʻla boshlagan. Metall Pluglar 18-a. yarmida paydo boʻlgan. Traktorlar Plug lari 1marta 20-a. 20-y. larida ishlab chikarilgan. Plug asta-sekin takomillashtirib borilgan.

Ish organlarining tuzilishiga qarab lemehli va diskli; tortish kuchi turiga qarab, traktorga oʻrnatiladigan (oʻrnatma, yarim oʻrnatma, tirkama), otga qoʻshiladigan va kanatli; ish organlari soniga qarab, 1—2 va koʻp korpusli; vazifasiga qarab, umumiy va maxsus; yer haydash usuliga qarab, tuproqni ichkariga va tashqariga agʻdarib egat ochadigan hamda tekis haydaydigan Pluglar boʻladi.

Traktorga oʻrnatiladigan lemexli Pluglar (tirkama, yarim oʻrnatma) keng qoʻllaniladi. Asosiy uzellari: ish organlari, haydash chuqurligini rostlovchi mexanizm, avtomat, silindr, tayanch gʻildiraklar, oʻrnatish yoki osish moslamasi. Lemexli Plug larning ish organlari — korpus, chimqirqar, disk-pichoq. Haydalma qatlam ostini yuqoriga chiqarmasdan 5—12sm chuqur haydashda korpusga qoʻshimcha chuqurlatkichlar mahkamlanadi. Chim-qirqarlar Plug korpusidan 30—35 sm oldinga oʻrnatiladi, 10 sm gacha tuproq qatlamini olib, korpus hosil kilgan egat tagiga tashlaydi. Diskli Pluglar, asosan, yangi yerlarni haydashda ishlatiladi. Umumiy ishlarga moʻljallangan Pluglar har qanday yerni 18 — 45 sm chuqurlikda haydashda qoʻllaniladi. Mokisimon Plug larning korpusi oʻngga va chapga aylanadigan 2 seksiyadan iborat. Seksiyalar navbat bilan ishlaydi. Maxsus Pluglar changalzor-botqoqliklarni, bogʻ, tokzor, oʻrmon, toshloq yerlarni haydashda ishlatiladi. Yerni shudgor qilish uchun 1 korpusli (PO-1-30 markali) va 2 korpusli (PO-2-30) agʻdarma-osma Pluglar, dehqon va fermer xoʻjaliklari uchun 2 korpusli (PN-2-30) va 3 korpusli (PN3-30) agʻdarma-osma Pluglar, texnik ekinlar uchun moʻljallangan yer haydaladigan 3 korpusli (PDN-3-30) va toʻrt korpusli (PDN-4-45) agʻdarma-osma Pluglar, yerni chuqur haydashga moʻljallangan yarusli tirkama (PYA-3-35) Pluglar (hammasi «Chirchiqqishmash» AJ); paxta, gʻalla va b. ekinlar ekiladigan yerlarni xaydash uchun moʻljallangan osma Plug (PN-3-35) («Urganchozuqamash» AJ), yerni bir tekis agʻdarib haydash uchun moʻl-jallangan agʻdarma-osma Plug (EurOpal 9 (4+1) N 100) («Agregat» z-di va «Lemken» firmasi) va b. ishlab chiqarilmoqda. Bu P. lar yerni 18—45 sm chuqurlikda haydaydi.


Lotin alifbosida maqola: PLUG haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: P harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
YER
MISR
TOSHKENT
YER HAYDASH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты