PODSHIPNIK

PODSHIPNIK — aylanuvchi val va oʻqlarning tayanchi. Mexanizmning aylanuvchi yoki tebranuvchi kismlari va-ziyatini boshqa qismlarga nisbatan cheklaydi, valdan tushadigan kuchlarni bevosita qabul qilib, valning ravon va oson aylanishiga imkon beradi. Sirpanish va dumalash Podshipnik lari bor. Sirpanish Podshipnik larining tayanch sir-ti silindr, konus yoki shar shaklida boʻlishi, tayanch sirt bilan val boʻyni quruq (moysiz), yarim quruq yoki suyuq ishqalanib (yaʼni moylanib) ishlashi mumkin. Bunday Podshipnik larning ajraladigan va ajralmaydigan xillari boʻladi. Ajraladigan Podshipnikda vkladish, ajralmaydiganida vtulka, odatda, korpusdagi teshikka, tayanch sirt bilan val boʻyni orasiga oʻrnatiladi. Bular antifriksion materiallar (babbit, tekstolit, rezina, plastmassa va b.) dan tayyorlanadi. Dumalash Podshipnik ichki va tashki halqalar, tebranish jismlari (sharcha, rolik) hamda separatordan iborat. Taʼsir kiladigan kuch yoʻnalishiga qarab, radial, radialtirak Podshipniklar boʻladi.

Tebranish jismlari va halqalarning ish sirtlari shakliga qarab, sharchali, rolikli, sharchali-sferik, silindr, qisqa va uzun rolikli, konus rolikli, sferik-konus rolikli, ignali xillarga; tebranish jismlarining qatorlar soniga qarab, bir, ikki va koʻp qatorli va b. xillarga boʻlinadi. Dumalash Podshipnik yuqori sifatli poʻlatdan tayyorlanadi. Moylanish usuliga qarab, oʻz-oʻzidan va majburiy moylanadigan Podshipniklar boʻladi. Podshipnik mashinasozlik, kemasozlik, samolyotsozlik va b. sohalarda ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: PODSHIPNIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: P harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
ANTIFRIKSION MATERIALLAR
TOSHKENT
OKEAN
VTULKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты