POYDEVOR, fundament (lot. fundamentum — asos) — imorat va inshootning ost qismi yoki mashina (kompressor, nasos, stanok)ning asosi. Ularning ogirligi Poydevor orqali tabiiy yoki sunʼiy zaminga tushadi. Poydevor turlari kurilish maydonining geologik va gidrogeologik shart-sharoitlariga, kuriladigan imorat yoki inshootning vazifa-siga, tushadigan ogʻirlikka qarab tanlanadi. Qatlam grunti xususiyati, yer osti suvlarining sathi, zaminga taʼsir etuvchi yuk (kuch) qiymati hamda xususiyati va b. ga qarab, Poydevorlar sayoz yoki chukur joylashgan boʻladi. Sayoz Poydevorlar shakl jihatdan lentasimon (devorlar tagiga uzluk-siz lenta tarzida quriladi), alohida us-tun yoki plita, kvadrat, toʻgʻri toʻrtburchak, aylanasimon (alohida ustun va tirgaklar tagiga kuriladi) boʻladi. Tu-zilishi jihatdan yaxlit (inshoot yoki uning alohida qismi tagiga quyiladi) va yigʻma (yostiqsimon boʻlaklar) xillarga boʻlinadi. Poydevor tosh, beton, temir-beton, pishiq gʻisht va namga chidamli mustahkam boshqa materiallardan quriladi. Vaktinchalik qurilgan baʼzi imoratlarning Poydevori yogochdan boʻlishi mumkin. Poydevor yer qazilib yoki shibbalab tayyorlangan kotlovan va transheyalarga quriladi. Shibbalashda koʻtarish kranlari, maxsus shibbalagichlardan foydalaniladi.
Chuqur Poydevor qoziq oyoq, kessonlar, quduqlar, chuqur tayanchlar va b. koʻrinishida boʻladi. Bunday Poydevordan boʻsh, choʻkuvchan, shishuvchan va b. xususiyatlarga ega boʻlgan gruntlarda, yer osti suvlari sathi yuqori boʻlganda, koʻpriklar va chuqur yer osti inshootlarini kurishda foydalaniladi.
Kurilishda Poydevorga katta ahamiyat beriladi, chunki imorat yoki inshootning mustahkamligi, uzoq davrga chidashi, koʻrkamligi koʻp jihatdan Poydevorga bogʻliq. Markaziy Osiyoda ham Poydevorga katta ahamiyat berilgan. Qad. meʼmorlarimiz imoratga taʼsir etuvchi zilzila kuchini kamaytirish maqsadida Poydevor qurishda tebranishni soʻndiruvchi materiallardan foy-dalanishgan (P. tagiga qum, ustiga qamish toʻshash, Poydevor gʻishtlarini qovushqoq qorishma bilan terish va b.). Mas, Buxorodagi chuq. 5 m boʻlgan Arslonxon, Samarqanddagi chuq. 4 m boʻlgan Tillaqori madrasalari Plari shu siraga kiradi.
Bu moxdyat hozirgi zamon texnologiyalaridan foydalanib qurilgan zilzila-bardosh imoratlar Poydevor larida qoʻllaniladigan rezina-metall tayanchlar va b. turdagi konstruksiyalarda oʻz aksini topgan. Buxoro, Xiva, Samarqand, Qoʻqon, Termiz, Toshkent va b. shaharlardagi qad. meʼmorlik obidalari, bino va insho-otlarning koʻp ayerlardan beri buzilmay saqlanishiga sabablardan biri ularning Poydevori mustaxkamligidir.
Mashina Poydevor lari tarkibiga elastik amortizatorlar (prujina, rezina toʻshama) va dempferlar (tebranishni soʻndiruvchilar) kiradi. Ular Poydevor larga tushadigan kuchni zaminga yumshatib oʻtkazadi.