QOBULOV Vosil Qobulovich

QOBULOV Vosil Qobulovich (1921.5.9, Toshkent) — matematik olim, Oʻzbekiston FA akad. (1966), fizikamat. fanlari d-ri (1961), prof. (1964). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1977). Toshkent temir yoʻl muhandislari in-tini tugatgan (1949). Chorjoʻy — Qoʻngʻirot t. y. qurilishida ishlagan (1949-50). Oʻzbekiston FA Inshootlar in-tida aspirant, ilmiy xodim (1950-57). Oʻzbekiston FA Matematika in-tining hisoblash texnikasi boʻlimi mudiri (1957—63). Oʻzbekiston FA Mexanika in-ti va hisoblash markazi direktori (1963—66). Oʻzbekiston FA Kibernetika in-ti direktori (1966—77), in-t Oʻzbekiston FA ning «Kibernetika» ilmiy i. ch. birlashmasiga aylantirilgach, uning bosh direktori (1978—92).

Ilmiy ishlari hisoblash texnikasini fan, texnika va xalq xoʻjali-gining turli sohalariga joriy etish bilan bogʻliq.

Beruniy nomidagi Oʻzbekiston davlat mukofoti laureati (1971). «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1998).

As: Algoritmizatsiya v tsorii uprugosti i deformatsionnoy teorii ilastichnosti, T.. 1966; Aql moʻjizasi. T,, 1974; Funksioial analiz va hisoblash matematikasi, T., 1976; Algoritmizatsiya v mexanike sploshnnx sred. T, 1978.

Ad.: Oʻzbekiston kibernetiklari, T.. 1996.


Lotin alifbosida maqola: QOBULOV Vosil Qobulovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
MATEMATIKA
BERUNIY
XITOY
KIBERNETIKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты