POLIGRAFIYA SANOATI — bosma mahsulotlar (kitob, gazeta, jurnal, geografiya xaritalari, plakat, blan-kalar, etiketka va b. matbaa mahsulotlari), bosma shakllar (muhr va turli shtamplar) ni yasash va maketlarni tayyorlaydigan korxona (bosmaxona)lar tarmogʻi; noshirliknish moddiy-texnika bazasi.
Oʻzbekiston hududida Poligrafiya sanoatining ilk korxonalaridan 1-toshbosma Xivaxoni Muhammad Raqimxon II (Feruz)nint tashabbusi bilan 1874-y. da (Xiva) ish boshlagan. Unda maxalliy matbaachi Ota-jon Abdalov tomonidan 1876-y. da tosh-bosma (litografiya) kitoblar — Ab-dunosir Farohiyning «Nisab us-Si-byon» asari va 1880-y. da Alisher Navoiyning «Xamsa»si («Hayrat ul-abror» qismi) va b. asarlar nashr etilgan. Keyinroq, 1898-y. da Turkiston har-biy okrugi shtabi huzurida (Toshkent-da) yangi, ancha takomillashtirilgan bosmaxona tashkil etilgan. 20-a. boshida matbaa mahsulotlariga boʻlgan ehti-yojlarning oshib borishi bilan poligrafiya korxonalarining soni koʻpaydi. 1920-y. ga kelib Toshkentda 15 ta, Samarqandda 8 ta, Kattaqoʻrgʻon, Qoʻqon, Fargʻona va b. shaharlarda 3 tagacha kustar bosmaxonalar boʻlgan. 20-y. lardan soʻng mayda matbaalar birlashtirilib, yirik korxonalarga aylantirildi, texnika vositalari bilan qayta jihozlandi. 1922-y. da Toshkentda eng soʻnggi mashi-nalar b-n jihozlangan 1-namunali bosmaxona tashkil topdi. 1924-y. larda OʻzSSR XKS xuzurida nashriyot va poligrafiya ishini boshqaruvchi matbuot bo-shqarmasi tuzildi. 1955-y. ga kelib respublikada 141 Poligrafiya sanoati korxonasi bor edi. 1963-y. 13 sent. da OʻzSSR Ministrlar Soveti huzurida Matbuot komiteti tashkil etildi (1978-y. dan Oʻzbekiston Nashriyot, poligrafiya va kitob savdosi ishlari Davlat komiteti, 1990-y. 24 yanv. dan Davlat matbuot qoʻmitasi). 1960—75 y. larda Poligrafiya sanoati jadal yuksaldi, i. ch. quvvatlari oshdi va tarmoq korxonalari qayta jihozlandi. Bu yillarda Toshkent va Nukus poligrafiya k-tlari, «Fan» nashriyoti bosmaxonasi qurilib, ishga tushirildi. Ofset bosma f-kasi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy komiteti nashriyoti (hoz. «Sharq» nashriyotmatbaa aksiyadorlik kompaniyasi) bosmaxonalari qayta qurildi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishga-nidan soʻng Poligrafiya sanoatida tub islohotlar amalga oshirilib, sohada xususiy sektor shakllandi. Davlat matbuot qoʻmitasiga qarashli bosmaxonalarning aksariyati xususiylashtirildi va mustaqil poligrafiya korxonalari tarmogʻi vujudga keldi. Poligrafiya ishlarini keng koʻlamda rivojlantirish maqsadida 2002-y. 3-iyulda OʻzR Davlat matbuot qoʻmitasi Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligiga aylantirildi. Res-publikada 800 dan ziyod matbaa korxonalari mavjud (2003). Ularning 125 tasi Matbuot va axborot agentligi tizimida, 85 tasi vazirliklar va davlat ido-ralari tarkibida, 25 tasi qoʻshma korxonalar va 500 dan ziyodi xususiy, maʼsuliyati cheklangan jamiyat, shoʻba korxonalari shaklida. Ularda zamona-viy kompyuterlarda matn terish, mah-sulotlarni tezkor usullarda va yuqori sifatda chop etish tarmoklari mavjud. Matbaa va axborat agentligi tizimida faoliyat koʻrsa-tayotgan 125 matbaa korxonalarining 6 tasini respublika, 10 tasini viloyat, 109 tasini shahar va tuman bosmaxon alari tashkil etadi. Tizimdagi 6 ta bosmaxona yuqori sifatli kitob bosib chiqarishga ixtisoslashgan. Ularda chop etish hamda muqovalashtikish ishlari «Sirkon», «Koroset», «Ultraset», «Planeta», «Xeydelberg», «Kolbus», «Ziklix», «Adast» singari firmalarining rulonli va varakli chop etish mashinalari hamda agregatlarida amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Poligrafiya sanoatida Toshkent matbaa k-ti, Toshkent 1-bosmaxonasi, Toshkent rangli bosma fabrikasi, Toshkent kitob-jurnal f-kasi, Yangiyoʻl kitob f-kasi va «Rastr» qoʻshma korxonalari samarali faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Bundan tashkari, «Davlat belgisi» ishlab chitsarish birlashma-si, «Yangi asr avlodi» bosmaxonasi, Toshkent matbaa majmuasi va «Groteks» qoʻshma korxonalari bor. Respublika P. s. korxonalarida yiliga oʻrtacha 20 ming bosma taboq, 82 mln. nusxada kitob va kitob mahsulotlari, kuniga 7—10 mln. nusxada gaz. va jur. lar, yiliga 10 mlrd. soʻmlik etiketka va b. bosma mahsulotlari chop etish quvvatlari mavjud. Respublikada izchil amalga oshirilayotgan islohotlar davomida barcha viloyat va tuman bosmaxonalarini kayta texnik ji-hozlash, zamonaviy ofset mashinalari, raqamli chop etish texnologiyalarini joriy etish dasturi qabul qilingan.
Matbaa sohasi uchun mutaxassislar Toshkent toʻqimachilik va yengil sano-at in-tining matbaachilik f-ti, Usmon Nosir nomidagi Toshkent matbaa kolleji xamda Toshkentdagi 1-biznes maktabida tayyorlanadi.
Chet ellarda Poligrafiya sanoati korxonalari yirik zamonaviy nashriyot korporatsiyalari va firmalari bilan aloqaga ega va aksariyat hollarda ularga tegishlidir. Poligrafiya sanoati AQSH, Germaniya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Kanada va b. mamlakatlarda taraqqiy etgan va rivojlangan texnika bazasiga ega. Ular eng soʻnggi poligrafiya mashinasozligi mahsulotlarini eksport qiladi (yana q. Bosmaxona, Noshirlik).
Jabbor Razzoqov, Roʻzmat Safoyev.