QODIRXON YUSUF

QODIRXON YUSUF ibn Horun Bugʻroxon ibn Muso Tulka eloq ibn Sotuq (? — 1032-y. dek., Qashqar) — Sharqiy qoraxoniylar davlati xoni. Upgbiy va Ibn al-Asir Q. Yu. ni Xoʻtan hukmdori deb atashadi. Numizmatik maʼlumotlarga koʻra, u 1013—14 y. larda Yorkend, 1014— 15 y. larda Qashqarda ham hukmronlik qilgan. 1025-y. Q. Yu. va Mahmud Gʻaz-naviy bir paytda Movarounnahrga, Alitegin ustiga yurish qilishgan. Gardiziyning yozishicha, Samarqand yaqinida Q. Yu. Mahmud bilan uchrashgan, oʻrtada bitim tuzilgan. Q. Yu. Aliteginning akasi Toʻgʻonxonni Bolasogʻundan siqib chiqargan. Qodirxon Yusufning mulki 1032-y. ga kelib Sharqiy turkistondan tashqari Yettisuv va Jan. Qozogʻistonni qamrab olgan. Poytaxt Qashqar sh. boʻlgan. Uning vafotidan keyin Sharqiy Turkiston va Yetti-suv katta oʻgʻli Bugʻrotegin Sulaymonga tekkan, u Arslonxon unvonini olgan. Talas (Avliyoota) va Isfijob (Sayram) QYU. ning 2-oʻgʻli Yagantegin Muhammadga tekkan. U Bugʻroxon unvoni bilan xonlik qilgan.

Ad.: Bartold V. V., Sochineniya, t.2 (4.1). M., 1963; Materialn po istorii Sredney i Sentralnoy Azii X—XIX vv., T., 1988.


Lotin alifbosida maqola: QODIRXON YUSUF haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



QORAXONIYLAR DAVLATI
TOSHKENT
AMIR TEMUR
XITOY
SINSZYAN-UYGʻUR MUXTOR RAYONI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты