SINSZYAN-UYGʻUR MUXTOR RAYONI, Sinszyan (mahalliy talaffuzdaShinjon) — XXRning shim. gʻarbiy qismidagi milliy oʻlka (1955-y. 1 okt. da rasmiy tashkil etilgan). Tarixiy manbalarda Sharqiy Turkiston, Doʻgʻi Turkiston; Xitoy adabiyotlarida Sinszyan (1760-y. dan), 14-a. ga oid hujjatlarda va 16—17-a. larga oid fors tilidagi qoʻlyozmalarda Uygʻuriya, Uygʻuriston deb nomlangan. Muxtor r-n Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Rossiya, Mongoliya, Afgʻoniston, Hindiston bilan chegaradosh. Mayd. 1646,9 ming km2. Aholisi (rasmiy maʼlumotlarga koʻra) 17,5 mln. kishi (1998), uygʻurlar (8 mln.), xitoylar, shuningdek, 2 mln. ga yaqin qozoq, qirgʻiz, mongol, doʻngon va b. millat vakillari yashaydi. Aholisi, asosan, Tarimdagi vohalarda va Jungʻariyadagi dare vodiylarida joylashgan Qashqar, Xoʻtan, Yorkend, Oqsu, Kuchar, Gʻulja sh. lari va ular atrofidagi viloyatlarda istiqomat qiladi. Bosh shaxri — Urumchi.
Tabiati. Yer yuzasining koʻp щyemi Jungʻariya tekisligi va Qashqar tekisligi (Tarim botigʻi) bilan band. Qashqar tekisligining markazini Taklamakon choʻli egallagan. Sharqiy Tyanshan (Tangritog) togʻlari (bal. 7000 m dan ziyod) Jungʻariya va Qashqar tekisliklarini ajratib turadi. Muxtor r-nning shimla Mongoliya Oltoyi, jan. da Kunlunning shim. tizmalari, jan. garbida Krraqurum togʻlari (Chogori choʻqqisi 8611 m) joylashgan. Sharqiy Tyanshan tizmalari orasida Markaziy Osiyoning eng past yeri — Turfon botigʻi (—154 m) joylashgan. Iklimi quruq, keskin kontinental, tekisliklarda iyulning oʻrtacha t-rasi 20—25°, qishi sovuq, qorsiz. Urumchida yanv. ning oʻrtacha t-rasi —15°, eng past tra —40°. Yillik yogʻin tekisliklarda 200 mm dan togʻlarda 800 mm gacha. Yirik daryolari: Tarim, Ili, Irtishning yuqori oqimi, Urungʻu va Manas. Yirik koʻllari — Lobnor, ObiNur, Bagʻroshkoʻl, Ulungu, Bogdo va b. Tuprogʻi boʻzqoʻngʻir, choʻl tuprogʻi. Chala choʻl va choʻl oʻsimliklari oʻsadi. Togʻ etaklari dasht. Togʻlarda balandlik mintaqalari mavjud. Baland tizmalarda qor va muzliklar bor.
Xoʻjaligida yetakchi tarmoq — q. x. Ishlanadigan yerlar maydoni hududining 2% ni tashkil qiladi. Jami ekigʻ! maydonining yarmiga bugʻdoy, makkajoʻxori va sholi, qolgan qismiga paxta, indov va b. ekinlar ekiladi. Rayonning shim. qismida chorvachilik rivojlangan. Qad. dan ipakchilik bilan shugʻullaniladi. Foydali qazilmalardan neft, kumir, nodir metallarga boy. Temir rudasi, grafit, nefrit, uran, simob, oltin konlari topilgan. Neftni qayta ishlash, metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, toʻqimachilik sanoati korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Hunarmandchilik rivojlangan: gazlama, shoyi va gilam toʻqish, metall, koʻn va charmdan turli buyumlar tayyorlash, qogʻoz i. ch. bilan shugʻullaniladi. Hudud Xitoyning neft va kimyo sanoatlarining yirik bazasiga aylanib bormoqda. Sanoatining rivojlanishiga yoʻl qurilishi ishlari xam oʻz taʼsirini koʻrsatmoqda. Sharqiy Tyanshan boʻylab kurilgan t. y. S. U. m. r. ni sharqsa Xitoyning ichki hududlari va Vyetnam b-n, gʻarbda Qozogʻiston orqali Rossiya b-n, Oʻzbekistan, Turkmaniston orqali Eron va Yevropa bilan bogʻlab turadi. Hozirda t. y. Turfondan Kashkergacha olib borilgan. Xalqaro shosse yoʻllar ham qurilgan.
Tarixi. Taklamakon choʻli atrofidagi arxeologik qazilmalar bu yerda 4—5 ming yil muqaddam ancha yuksak madaniyatga ega hayot mavjud boʻlganligidan dalolat beradi. Kad. Xitoy manbalarida oʻlka Siyuy (Gʻarbiy yurtlar) deb nomlangan boʻlib, bundan 3—4 ming yil avval mavjud boʻlgan sirung (gʻarbiy xalqlar) etnonimidan kelib chiqqan. Oʻsha vaqtda Sharqiy Turkistonda rung, gʻarbiy rung deb nomlangan turkiy xalq yashagan. Kruron, Turfon, Kusan, Qashqar (Suli), Yorkend (Yuytyan), Xoʻtan (Udun), Usun kabi Hun ymperiyasi taʼsiridagi davlatlar mavjud boʻlgan. Keyingi davrlarda ham bir qancha xonliklar qatorida Turfon davlati (Gauaochan) (460—640-y. lar) ham yuzaga kelgan. Oʻsha vaqtda Xitoyda mavjud boʻlgan Gʻarbiy va Sharqiy Xan imperiyalari oʻlkani qoʻlga kiritish va Xitoydan gʻarbga boradigan yoʻlni oʻz nazoratiga olish uchun bir necha bor uringan. Sharqiy Turkiston Buyuk ipak yoʻlida boʻlganligi sababli, u doim yirik davlatlar eʼtiborini tortib turgan. Mil. 3-a. da Sharqiy Turkistonning shim. qismi — Jungʻariya syanbi, 5—6-a. larda jujan, 6-a. ning 2-yarmida turk qabilalari nazoratida boʻldi. Turk xoqonligi tuzilgandan soʻng, unga Sharqiy Turkistonning shahar-davlatlari kirgan. Oʻsha vaqtda buddizm rivojlanishi kjsaldi. 7-a. da Sharqiy Turkiston va Jungʻariyada Tan sulolasining nazorati oʻrnatildi. 7-a. ning 70y. larida uning jan. qismi (hoz. Kuchor, Xoʻtan, Qorashahar, Qashqar) tibetliklar qoʻl ostiga oʻtdi. 9-a. da Uygʻur xoqonligi yemirilgandan soʻng, Urxun va Selenga daryolari havzasida yashagan uygʻurlarning bir qismi bu yerga koʻchib oʻtdi. Uygʻur davlati tuzildi va u bir necha yil Qoraxitoylartht vassali boʻlgan. 13-a. ning 10—20 y. laridan Chingizxonga gobe boʻldi. 1251-y. Gʻarbiy Jungʻariya va Qashqar hududlari Chigʻatoy ulusiga, shim. qismi Tarbagʻatoy bilan birga Oʻqtoy ulusi tarkibiga kirgan. Uygʻur davlati esa Moʻgʻul xonlari qoʻl ostiga oʻtgan. 1465-y. da doʻgʻlot avlodi vakili boʻlgan Abu Bakr boshchiligida markazi Yorkend sh. boʻlgan xonlik tashkil topdi. Keyinroq Xoʻtan va Qashqar viloyatlari, 1499—1504-y. larda Oqsuv, Uchturfon viloyatlari ushbu xonlik doirasiga kirdi. 1514-y. da Yorkend taxtiga Tugʻluq Temur avlodlaridan boʻlgan Saidxon oʻtirdi. Keyingi ikki yil davomida Sharqiy Turkistonning qolgan qismi ham shu xonlik ixtiyoriga oʻtib, sharqda uning chegarasi Buyuk Xitoy devori boshlangan joy (Chzyayuyguan) gacha yetdi. 16 —17-a. ning 1-yarmida Yorkend xonligi xar taraflama yuksalgan. 1635-y. dan Yorkend davlati shim. da, yaʼni Jungʻariyadagi oyrot qabilalari kuchayib, Oyrot xonligitl tuzdilar. 17a. oxirida oyrotlar Ofoqxoʻjani Yorkend xonligi taxtiga oʻtkazdilar, shundan soʻng Yorkend xonligi xoʻjalar sulolasi qoʻliga oʻtdi.
Manjurlarning Sin sulolasi J8a. ning 60y. larida Sharqiy Turkistonni bosib olgach, bu hudud xitoy tilida Sinszyan («Yangi chiziq» yoki «Yangi chegara») deb atala boshlangan. Sin sulolasining Sharqiy Turkistonni bosib olishi b-n birga bu yerda oʻsha vaqtdagi tuzumga qarshi qoʻzgʻolonlar kuchaydi. Uygʻur va doʻngonlarning koʻzgʻoloni natijasida (1862—77) bir necha mahalliy xonliklar (Kuchar, Qashqar, Xoʻtan, Urumchi va Ili sultonligi) tuzildi. Keyinchalik taxt uchun kurash kuchayib, oldingi xonliklar birlashtirilib, 2 davlat — Yoqubbek boshchiligida Yettishahar Uygʻur davlati va doʻngonlarning shahar ittifoqi (1864—72) vujudga keldi. Qoʻzgʻolon bostirilgach, bu hudud Sinszyan nomi bilan Xitoy provinsiyasi (sheng)ga aylantirildi. 1911 —13 y. larda milliy ozodlik harakati natijasida Sinszyanda Sinlar hukmronligi tugatildi. Keyingi 40 yil davomida hokimiyat teztez oʻzgarib turdi. 1944-y. da boshlangan «Uch viloyat inqilobi» natijasida oʻsha yili 12-noyabrda Sharqiy Turkiston jumhuriyati eʼlon qilinib, Alixontoʻra Muvaqqat inqilobiy hukumat raisligiga saylandi hamda Milliy qoʻshinga qoʻmondon etib tayinlandi. 1949-y. sent. da ushbu jumhuriyatning aksariyat rahbarlari Pekinga muzokaraga uchib ketayotgan vaqtida aviahalokatga uchradilar. 1955-y. okt. da Sinszyan viloyati S. U. m. r. deb oʻzgartirildi va XX R tarkibiga kiritildi.
Osiyoning qad. mashhur Buyuk ipak yoʻli shu joydan oʻtganligi sababli uning madaniyati rivojiga samarali taʼsir koʻrsatgan. Shim. da Turfon, Qorashahar, Qashqar, jan. da Miran, Xoʻtan, Yorkend sh. lari vujudga kelib, oʻlka Gʻarb bilan Sharq madaniyati oʻrtasida koʻprik vazifasini oʻtadi. Shim. shaharlarda qad. madaniyat yodgorliklari ham saqlangan. Mil. av. 1-a. da Hindiston taʼsirida budda dini tarqalib, serhasham tosh ibodatxonalar qurilgan. Xalq amaliy sanʼati asarlarida Oltoy, Sibir xalqlari madaniyatining taʼsiri koʻzga tashlanadi. Qad. (3-a.) rassomlik sanʼati asarlari — devoriy rasmlarda hind va sugʻdiylar madaniyati taʼsiri sezilarli. Bu rasmlar texnikasi va uslubi jihatdan Oʻrta Osiyodan topilgan devoriy rasmlarga ancha oʻxshaydi. 6—7-a. lar sanʼatida sugʻdiylar sanʼatining taʼsiri kuchli. Islom dini tarqalgan joylarda masjid va maqbaralar qurilgan. 10—11-a. larda ipak matoga, qogʻozga rasm ishlash, kitob miniatyurasi rivoj topgan. 13—14-a. larda shaxdr ansambllari, serhasham saroylar (Yorkenddagi Xon saroyi va Omonnisaxon maqbarasi, Qashqardagi xon oʻrdasi, Hayitgoh majmuasi, Ofoqxoʻja maqbarasi va b.) qurilgan. Ularda Oʻrta Osiyo meʼmorligi taʼsiri koʻzga tashlanadi.
Adabiyoti. Oʻlka adabiyoti uzoq tarixga ega, biroq adabiy meroslarning aksari qismi saqlanmagan. Hududda 24 xil yozuvda va 17 xil tilda qoʻlyozmalarning gopilishi bu yerdagi adabiy jarayon turli madaniyatlar taʼsirida boʻlganligini koʻrsatadi. 10-a. da arab alifbosi joriy etilishi bilan islom madaniyati taʼsiri kuchaygan. Qoraxoniylar davrida fan va adabiyot sohasida bir qancha yutuklarga erishiddi. Bunda Koshgʻariy, YusufXos Hojib, Yugnakiy va b. ning hissasi kapa boʻddi. 9-a. dan ovozsiz teatr (pantamimo), raqsli teatr, ibtidoiy drama teatrlari tuzildi, ular uchun sahna asarlari yozildi. Ularda mahalliy xalqning tariaxloq va b. masalalar yoritildi. Hikoya, sheʼr, qoʻshiq, doston, afsona, latifa, maqola, tafsil kabi janrlar muhim oʻrin tutadi. Qad. asarlardan «Pir changgi», «Tangriqut haqida rivoyat», «Boʻkexon xaqida rivoyat», dostonlardan «Oʻgʻuznoma», «Dadad qoʻrqut», «Olip artanggu» kabilar shular jumlasidan. Ular 6-a. da topilgan tosh bitiklarda saqlangan. Xorijlik olimlar tomonidan nashr etilgan 10 jildli turli tillarda yozilgan qad. Turfon bitiklari toʻplamida Sharqiy Turkiston adabiyoti oʻz aksini topgan. Mazkur bitiklarda, iguningdek, oʻlkadagi falakiyotshunoslik, munajjimlik, yil, oy va kunlar jadvalini tuzish, tabobat sohasidagi bilimlar aks ettirilgan. «Erq bitik», «Ikki tekinning rivoyati», «Choshgoniy elikbek», «Oltin yoruq» kabi bitiklar oʻsha toʻplamdan oʻrin olgan. Kdd. ijodkorlardan Qoʻgʻirsur Oltin, Oprinchur Tekin, Otsang kabilar mashhur. 10-a. da «Maytrisimt» tohar tilidan uygʻur tiliga tarjima qilingan, «Moniga mathiya», «Oʻlum tasviri» kabi asarlar yozilgan. 13 — 16-a. larda Sakkokiy, Ubaydullo Lutfiy, Alisher Navoiy kabi yirik adiblar ijodi oʻlkadagi adabiy jarayonni yangi riyujlanish bosqichiga koʻtardi. Yorkeid xonligi davrida Ayozbek Qoʻshchi, Sulton Saidxon, Abdurashidxon, Omonnisoxon, Qidirxon Yorkandiy kabilar vatan tuygʻusi, odillik, ishqmuhabbat kabi mavzularda asarlar yaratganlar. 19—20-a. larda Muhammad Imin Xoʻjamquli, Muhammad I min Abdulla Xarabotiy, Mulla Bilol ibn Yusuf Xoʻtaniy, Shoir Qalandar, Mullaniyoz Qori Sobir, Mullo Muso Sayramiy va b. yozuvchi va shoirlar yetishib chikdi. 20-a. ning 10y. laridan oʻlka yoshlari Turkistonda oʻqishlari va oʻzbek adiblari b-n muloqotda boʻlishlari sababli oʻzbek adabiyoti taʼsiri seziladi. 1980—90 y. lar yangi uygonish davri deb ataddi. Bu davrda Taifjon Aliyev, Turgʻun Olmos, Zuhriddin Sobir, Abdurahim Oʻtkir kabi adiblar yetishib chikdi. Oʻsha davrda xitoy adabiyoti taʼsiri kuchaydi.
Musiqasi. Oʻlka musiqasi uygʻur, xitoy, qozoq va b. xalqlarning musiqa anʼanalaridan qaror toptan. Xitoyda nashr etilgan sanʼatshunoslikka oid asarlarda keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, S. U. m. r. musiqasi bir necha ming yilliktarixgaegadir. Mil. av. 2—1alarda «28 nagʻma», «Sariq laylak qushi sadosi» kabi Sharqiy Turkiston musiqalari Xitoy poytaxtida ham ijro etilgan. Turfonda topilgan tosh bitiklarda xam bu ulkada yuksak musiqa sanʼati mavjudligi aks ettirilgan. Manbalarda, yozilishicha, 3—4-a. larda Sharqiy Turkistonda katta ansambllar boʻlgan. Mac, budda olimi Kumrojuva (344—413) Xitoyga asir qilib olib ketilganda, u bilan birga 28 kishidan iborat ansambl ham boʻlgan. Su Jaf, Bagmantur kabi musiqachilar elga tanilgan. Oʻsha vaqtda musiqa sozlari xilmaxil boʻlib, ular rubob, nay, boʻlamon, surnay, dala nogʻorasi, yondoʻmbogʻ, jalla dopi, gʻungqo, yolgʻuzak, dap (doira), komonchalardan iborat boʻlgan. Keyinroq ular qatoriga dutor, tambur, gʻijjak, sato va chang qoʻshilgan. Ularda turli cholgʻu yoʻllari, ayniqsa xalq va mumtoz raqs kuylari ijro etilmoqda. Uygʻur ananaviy musiqasi uzoq davrlar davomida qaror topgan shakllarni oʻz ichiga oladi: qad. parixon aytimlari («Perre ussuli»), dehqon koʻshiklari («Qosh», «Suchi», «Oma» va b.)dan tortib, mumtoz musiqa (muqom, sama va b.) janrlargacha. Vokal janrlardan koʻshiq, yalla, aytishuv kabi xalq koʻshiqchilik ijodiyogi shakllari, professional yoʻnalishdagi, turkum tarzida ijro etilayotgan sanam, naxshalar keng oʻrin olgan. 20-a. da Turdi oxun alnagʻma, Roʻzi tanbur, Husanjon Jomiy, Zikri Alpatto, Gʻiyosiddin Barot kabi musiqachilar tanilgan. S. U. m. r. da «Muqom jamiyati» faoliyat koʻrsatmoqda. Uygʻur dostonchiligida ishqiylirik («Gʻarib va Sanam», «Tohir va Zuhra», «Layli va Majnun»), qahramonlik («Seit nochi», «Abdurahmon xonxoʻja»), diniy («Sultoniy Jamjima») asarlari muhim oʻrin tutadi. Uygʻur anʼanaviy musiqasida bir necha mahalliy uslub ajratiladi: ili, xoʻtan, kumulturfon, dolan va b.
Tasviriy sanʼati. Mil. 1—7alarda oʻlkada budda dini keng yoyilishi natijasida budda ibodatxonalari devorlariga diniy rasmlar chizish va haykaltaroshlik sanʼati yuksaldi. Turfon, Kuchar yaqinidagi Qizil ming uylaridagi rasmlar shular jumlasidan. 7-a. da yashab oʻtgan musavvir Visa Irasangʻu buddizmga oid devor rasmlarini chizib, yangi yoʻnalishga asos soldi. Islom dini kirib kelishi bilan bu yerda naqqoshlik va miniatyura rivojlana boshladi. Oʻsha davr rasmlarida tabiat manzaralari va hayvonot dunyosi aks ettirilgan. 20-a. da rassomlik sanʼatida xalq hayoti va yirik shaxslar portretlarini chizish rasm boʻldi. Bu sohada 1935-y. da Qashqarda tugʻilgan Gʻozi Ahmadning asarlari alohida eʼtiborga loyiq.
Abdulahad Xoʻjayev.