POLONIY (Polonium), Po — Mendeleyev davriy sistemasining VI guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 84, at. m. 208,9824. P. radioaktiv elementlar yemirilishida oraliq mah-sulot sifatida hosil boʻladi. Uning massa sonlari 194 dan 218 gacha boʻlgan 25 ta izotopi va yadro izomerlari maʼlum. Eng uzok, mavjud boʻluvchi izotopi 209Ro(T|/2=103-y.), sunʼiy yoʻl bilan olingan. Har bir tabiiy iztopining radioaktiv elementlar qatorida joylanishiga qarab maxsus nomi va belgisi bor, chunonchi: 2|(|Ro— RaF b-n, 2||Ro — AsS b-n, 2l2Po-ThC b-n, 2l4Po-RaC b-n, 215Ro—AsA b-n, 216Ro— ThA bilan va 2l8Po—RaA bilan belgilanadi. Poloniyning 210Ro izotopi (T1/2=138,4 kun) muhim amaliy ahamiyatga ega.
Poloniy (2|0Ro) ilk bor 1898-y. da M. Sklo-dovskaya-Kyuri va P. Kyuri tomonidan uran rudasida radioaktiv element sifatida kashf etilgan va M. Sklo-dovskayaKyuri vatani — Polsha (lot. Polonia) sharafiga Poloniy deb atalgan. Poloniy — kumush kabi oq va yumshoq metall, fizik xossalari jihatidan vismut va qoʻrgʻoshinni eslatadi. Suyuklanish t-rasi 254°, qaynash t-rasi 962°, zichligi 9,4 g/sm3, atom radiusi 1,7 A . Yer pustila massa jihatidan 2-10 15% ni tashkil qiladi.
Poloniy birikmalarda —2, +2, +4, +6 valentli. Uning oksidi, xloridlari, sulfati va kompleks birikmalari maʼlum.
Poloniy uran rudasini qayta ishlashda hosil boʻladigan murakkab moddalarning eritmalarini elektrkimyoviy usulda kaytarib olinadi. 1 t uran rudasida 0,1 mg chamasida Poloniy boʻladi. PoS ni vakuumda 273° da qizdirish yoʻli bilan ham olinadi. Poloniyning izotopi 2|0Ro o-zarralar manbai sifatida ishlatiladi. 2|0Ro ning berilliy bilan aralashmasi turli materiallarni analiz qilishda neytronlarning manbai boʻlib xizmat qiladi.