QON TOʻXTATUVCHI DORILAR

QON TOʻXTATUVCHI DORILAR, gemostatik vositalar — qon oqishini toʻxtatuvchi moddalar. Mahalliy taʼsir etuvchi va organizmga dori soʻrilgandan soʻng umumiy taʼsir koʻrsatuvchi Qon toʻxtatuvchi dorilar farq qilinadi; ular oʻz navbatida spetsifik (fibrinogen, protrombin kompleksi — II, VII, IX va X faktorlari, antigemofiya glo-bulin — VIII faktori, XIII faktor konsentrati va b.) va nospetsifik (ad-rokson, rutin va b.) vositalarga boʻlinadi. Mahalliy taʼsir etuvchi Qon toʻxtatuvchi dorilar sifatida odam va hayvonlar qonidan tayyorlangan bir qancha moddalar, jumladan, trombin (kapillyarlardan qon oqqanda), gemostatik bulutcha (tarkibida trombin, trombokinaza va baʼzi tuzlar boʻlgan quruq gʻovak massa), mayda jarohatlarda achchiqtoshdan tayyorlangan «qon toʻxtatuvchi qalamlar» qoʻllaniladi. Organizmga soʻrilgandan soʻng qon toʻxtatuvchi moddalarga vikasol, kalsiy xlorid, fibrinogen va b. kiradi. Baʼzi oʻsimliklar (lagoxilus, qichitqi oʻt, boʻyimodaron)dan tayyorlangan damlamalar ham Qon toʻxtatuvchi dorilar sifatida ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: QON TOʻXTATUVCHI DORILAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
KALSIY
TOSHKENT
TUZLAR
OVQATLANISH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты