POYA

POYA, tana (caulis) — oʻsimlikning shox, barg va gullari joylashgan asosiy oʻqi. Boʻgʻim (barg oʻrni) va boʻgʻim oraliqlaridan iborat. Poya ildiz bilan barglar ora-sida moddalar harakatini taʼminlaydi. Baʼzi oʻsimliklarning poyasi metamor-fozlashgan (shakli oʻzgargan) boʻlib, suv va oziq moddalarni toʻplash (kartoshka), himoya (doʻlana va yantoklarning tikanlari), ilashish (tok va oshkrvoklarning jingalagi), vegetativ koʻpayish (ajriq, qulupnay poyalari) vazifalarini baja-radi. Bir yillik va koʻp yillik, yer ustki va yer ostki, yoyuchlangan va yogochlanmagan Poyalar bor. P. silindrsimon, koʻp kir-rali, yassi, gadir-budur yoki silliq boʻladi. Asosan, uchidagi oʻsish konusi hujayralarining boʻlinishidan Poya boʻyiga oʻsadi; baʼzi usimliklar (mas, gʻalladoshlar) Poyasi boʻgʻim oraligʻining uzayishidan ham usadi. Poyaning buyi, yugʻonligi turlicha. Yusinlar Poya sining uzunligi bir necha sm, diametri bir necha mm, sekvoyyalar poyasining uz. 150 m, diametri 10—12 m. Lianalar P. si 200—300 m keladi.

Poyaning anatomik tuzilishi sistematik guruxlariga kura, sodda yoki murakkab buladi. Mas, tuban yusinlar Poyasi faqat bir xil parenxima hujayralaridan, poyabargli yusinlar Poyasi qobiq va suv oʻtkazuvchi toʻqimadan, pla-unlar poyasi esa ksilema va floemalyan iborat utkazuvchi toʻqimadan tuzilgan. Qirqboʻgʻimlar poyasining ichi gʻovak boʻlib, oʻtkazuvchi toʻqimalar aylana joylashadi. Qirqqulokdar Poya sining marka-zi narvonsimon joylashgan traxeidalardan tuzilgan ksilema elementlaridan iborat; uni floema pardasi oʻrab turadi. Bundan tashqarida bir necha kavat hujayralardan tuzilgan peritsikl joylashgan. Mana shu markaziy silindr birlamchi qobiq, tashqi tomondan epidermis b-n oʻralgan. Birlamchi qobiqning eng ichki — peritsikl bilan chegaradosh qavati endoderma deb ataladi.

Urugʻli oʻsimliklar poyasining poʻstlogʻi ostida parenxima hujayralaridan iborat birlamchi qobiq boʻlib, uning endodermasi markaziy silindrni oʻrab turuvchi peritsikl bilan chegaralanadi. Poyaning dastlabki rivojlanish bosqichida peritsikl ostida yupqa par-dali uzunchoq hujayralardan iborat hosil qiluvchi tUqima — prokambiy vujudga keladi. Prokambiy hujayralarining bulinishi natijasida birlamchi ksilema va birlamchi floema hosil buladi. Ikki pallali va ochiq urugʻli usimliklarda esa birlamchi ksilema va birlamchi floemadan tashqari ikkilamchi hosil qiluvchi toʻqima — kambiy xam vujudga keladi. Koʻpchilik bir pallali usimliklar poyasining markaziy kismi parenxima hujayralaridan tuzilgan bulib, ularning orasidan oʻtkazuvchi nay — tolalar tutami oʻtadi. Bir pallali usimliklar poyasida kambiy hosil boʻlmagani uchun yoʻgʻonlashuv xususiyatiga ega emas. Aloe, yukka, dratsena kabi ayrim bir pallali oʻsimliklarning Poyasi fakat peritsiklda vujudga keladigan ikkilamchi hosil qiluvchi toʻqima hisobiga yoʻgonlashadi. Yer ostida joylashadigan bargi reduksiyalangan Poya, odatda, ildizpoya deyiladi.

Oʻktam Pratov.


Lotin alifbosida maqola: POYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: P harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OKEAN
ILDIZ
TOSHKENT
BARG


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты