PROYEKTIV GEOMETRIYA

PROYEKTIV GEOMETRIYA — geometriyaning proyektiv almashtirishlar nati-jasida shakllarning oʻzgarmaydigan xossalarini oʻrganuvchi boʻlimi. Bunday xossalar proyektiv xossalar deyiladi. Proyektiv almashtirishlar toʻgʻri chiziqni toʻgʻri chiziqqa oʻtkazuvchi almashtirishlardan iborat. Mac, oʻxshash almashtirish, perspektiva. Bir toʻgʻri chiziqda yotuvchi nuqtalar proyektiv almashtirish natijasida yana bir toʻgʻri chiziqda yotuvchi nuqtalarga, ikkinchi tartibli chiziqlar ikkinchi tartibli chiziqlarga oʻtadi. Ammo aylana, ellips, parabola yoki giperbolaga oʻtishi ham mumkin. Bir toʻgʻri chiziqda yotuvchi A, V, S, D nuqtalarning qoʻsh nisbati (ABCD) proyektiv almashtirishda oʻzgarmaydi. Proyektiv geometriyada qulaylik uchun cheksiz uzoklashgan ele-mentlar qoʻllaniladi. Tekislikda yotmaydigan (xosmas) elementlar chek-siz uzoqlashgan nuqtalar va cheksiz uzoqlashgan toʻgʻri chiziqdan iborat. Yevklid geometriyasinpng parallel toʻgʻri chiziqlari cheksiz uzoklashgan nuqtada kesishadi, deb olinadi. Bunda turli yoʻnalishdagi parallel toʻgʻri chiziqlar turli cheksiz uzoq nuqtalarda kesishishi kerak. Cheksiz uzoklashgan toʻgʻri chiziq barcha cheksiz uzoqlashgan nuqtalar toʻplami boʻladi. Natijada «turli ikki toʻgʻri chiziq bitta nuqtada kesishadi» degan aksioma oʻrinli boʻladi.

Proyektiv geometriya aksiomatik asosda qurilishi ham mumkin. Unda ikkilik prinsipi oʻrinli boʻladi. Yevklid fazosini xosmas elementlar (cheksiz uzoqlashgan nuqta, toʻgʻri chiziq, tekislik) bilan toʻldirib, uch va undan ortiq oʻlchovli proyektiv fazolarni hosil qilish mumkin. Proyektiv geometriyaga birinchi marta 17-a. da fransuz ma-tematiklari J. Dezarg va B. Paskallar asos solgan. Uning keyingi rivojlanishiga esa G. Monj katta hissa qoʻshgan. Fransuz matematiklari J. Ponsele, J. Brianshonlar Proyektiv geometriyani mustaqil fan sifatida bayon etishgan. Proyektiv geometriyaning rivojlanishida Shveysariya matematigi Ya. Shteyner, fransuz matematigi M. Shal, nemis matematigi K. Shtaudt va b. ning xizmatlari katta.

Proyektiv geometriya matematika va tabiatshunoslikning turli sohalarida qoʻllanadi.

Ad.: Glagolev N. A., Proyektivnaya geometriya, 2 izd, M., 1963; Bakelman N. Ya., Vыsshaya geometriya, M., 1967; Yefimov N. V., Vыsshaya geometriya, 5 izd., M., 1971.


Lotin alifbosida maqola: PROYEKTIV GEOMETRIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: P harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



GEOMETRIYA
MATEMATIKA
ANALITIK GEOMETRIYA
AFFIN GEOMETRIYA
MENDELEYEV DAVRIY SISTEMASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты