PRUSSIYA

PRUSSIYA (PreuBen) — davlat, soʻngra Germaniyadagi yer (federativ maʼmuriy birlik; 1945-y. gacha). Prussiyaning asosiy tarixiy oʻzagi — Brandenburg 1618-y. Prussiya gersogligi (Tevton ordeni tomonidan 1525-y. bosib olingan prus yerlarining bir kismida vujudga kelgan) bilan birlashgan. BrandenburgPrussiya davlati 1701-y. P. qirolligiga aylangan (poytaxti — Berlin sh.). P. ning iqtisodiy va siyosiy hayotida yunkerlar rahbarlik rolini oʻynaganlar. Gogensol-lernlar sulolasidan chiqqan Prussiya qirollari (Fridrix II va b.) 18-a. — 19-a. ning 1yarmida davlat hududini sezilarli darajada kengaytirgan. 1871-y. prus yunkerlari Bismark boshchiligida «temir va kon» bilan Germaniyani prus-militaristik asosda birlashtirilishini yakunlashgan; P. qiroli ayni vaktda Germaniya imperatori boʻlgan. Germaniyadagi 1918-y. noyab. inqilobi nati-jasida Prussiya dagi monarxiya barxam topgan. P. Germaniya yerlaridan biriga aylangan. 2-jahon urushida fashistik Germaniya tormor keltirilgach, Prussiya hududi ayrim yerlarga taqsimlangan (1945); 1947-y. Germaniyadagi Kontrol kengash Prussiya davlatini militarizm va reaksiya ning beshigi sifatida yoʻq kilinganligi haqida qonun qabul qilgan.


Lotin alifbosida maqola: PRUSSIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: P harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



GERMANIYA
YER
FRANSIYA
TOSHKENT
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты