QRIM XONLIGI

QRIM XONLIGI — Oltin Oʻrda davlatidan ajralib chiqqan va Qrim ya. o. da joylashgan turkiy davlat (1443— 1783). Qrim xonligiga Davlat Hoji Garay asos solgan. U oʻzaro urushlardan soʻng badavlat tabaqalar va Buyuk Litva knyazligi yordamida mustaqil tatar davlatini barpo etgan (1443). Poytaxti — Eski Qrim sh. 16-a. boshlaridan to 1736-y. gacha Bokchasaroy. Bu davlatga Quyi Dnepr boʻyi ham kirgan. Aholi quyidagi subetnoslarga boʻlingan: dasht (noʻgʻay tatarlari), togʻ oldi (tatlar), jan. qirgʻoq (yaliboylso). Qrimtatar tilida soʻzlashgan. Islom dinining sunniy mazhabiga eʼtiqod qilishgan. Qrim xonligi aholisining etnik madaniy qiyofasi shakllanishida xazar, qipchoq, noʻgʻay va b. turkiy xalklar bilan birgalikda tub joy aholi (tavrlar, kimmeriylar, alanlar va b.) muhim rol oʻynashgan.

Qrim xonligini garaylar sulolasi boshqargan. Davlat Hoji Garay vafot etgach (1466), uning oʻgʻli Mengli Garay davrida Qrim xonligi Usmonli turk sultonligining vassa-liga aylangan (1475). Mengli Garay poytaxtni Boqchasaroyga koʻchirtirgan. Moskva ulugʻ knyazi Ivan III Vasilyevich Qrim xonligi bilan Oltin Oʻrda oʻrtasidagi nizolardan foydalanib, Mengli Garay bilan oʻzaro ittifoq tuzgan. Mengli Garay qoʻshini Polsha-Litva qiroli Kazimir IV mulkiga hujum qilib, uni Katta Oʻrda xoni Ahmadga yordam berishdan chalgʻitgan. Keyinchalik Qrim xonligi bilan Rossiya oʻrtasidagi munosabatlar yomonlashgan.

Qrim xonligi 16-a. da kuchayib, Moskva, Tula va b. rus shaharlarini bir necha marta qamal qilgan. 1613—50 y. larda 200 mingta rus kishisini asir sifatida Qrimga olib kelgan. 18-a. da Rossiya Qrimni bosib olish uchun usmonli turklar bilan oʻzaro toʻqnashgan. Kuchuk-Qaynarja sulh shartnomasiga koʻra, Qrim xonligi Turkiya vasiyligidan chiqib, Rossiya homiyligiga oʻtgan (1774). Shagin Garay xonlik qilgan davrda Qrim xonligi bosib olinib, uning hududi Rossiya imperiyasi tarkibiga kiritilgan (1783).

Ad..Safargaliyev M. G., Raspad Zolotoy Ordы, Saransk, 1960.

Qahramon Rajabov, Rinat Shigabdinov.


Lotin alifbosida maqola: QRIM XONLIGI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



LITVA
XITOY
TOSHKENT
OʻZBEKLAR
ISLOM


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты