PSIXIK KASALLIKLAR, ruhiy kasalliklar, psixozlar — bosh miya faoliyatining buzilishidan kelib chikadigan kasalliklar: ruhiy faoliyatning funksional uzgarishidan to uning butunlay buzilishigacha boʻlgan holatlar.
Psixik kasalliklarda bemor voqealikni toʻgʻri idrok etolmaydi, shu jihatdan Psixik kasalliklar ichki kasalliklardan farq qiladi. Psixik kasalliklarning sabablari xilma-xil, bular orasida irsiy omil (nayel) asosiy oʻrin tutadi. Mas, oligofreniya, psixopatiya, maniakal-depressiv psixoz, epilepsiya va shizofrenshttt kelib chiqishida kishining nasl-nasabi muqim rol oʻynaydi. Psixik kasalliklarning paydo boʻlishi va avj olishiga infeksion kasalliklar, bosh miyaning shikastlanishi, intoksikatsiya, ruhiy iztiroblar ham sabab boʻlishi mumkin.
Onaning homiladorlik paytida kasallanishi yoki shikastlanishi sababli homilaning zararlanishi bolaning ruhiy rivojlanishdan orqada qolishiga, epilepsiya va b. ruhiy oʻzgarishlarga olib keladi. Surunkali alkogolizm va narkomaniya ham bora-bora kishini Psixik kasalliklarga olib borishi mumkin. Psixik kasalliklarning vujudga kelishida kasallikka sabab boʻladigan omillardan tashqari, kishining oʻziga xos xususiyatlari, uning ilgari boshidan kechirgan kasalliklari (mas, miya shikastlanishi, alkogoldan zaharlanish, ichki aʼzolar kasalliklari, naslida ruhiy kasallik borligi va b.) ham ahamiyatga ega.
Psixik kasalliklarning belgilari, asosan, gallyutsinatsiya, alaxlash, shilqimlik, hayajonlanish, ong va xotira zaiflashuvi, esi pastlik va h. k. dan iborat.
Psixik kasalliklar kishining jinsi va yoshiga ham bir qadar bogʻliq. Umuman bemorni qancha erta davolashga kirishilsa, oqiba-ti shuncha yaxshi boʻladi. Kasallikni yashirib yoki uyalib, vrachga vaqtida murojaat qilinmasa, dard ulgʻayib, davolash ancha qiyinlashadi. Shuning uchun kishi oʻzida andak ruhiy oʻzgarish sezsa, darhol vrachpsixiatr ga koʻrinishi lozim.
Ruhiy bemorlar maxsus psixiatriya kasalxonalarida davolanadi.