PSOROPTOZ

PSOROPTOZ, qoʻtir — hayvonlar terisida parazitlik qiluvchi Psoroptes turkumiga mansub qichima kanalar tarqatadigan yuqumli kasallik. Sogʻlom hayvonga kasal hayvondan yuqadi. Kichima kanalar turi va terida joylashish oʻrniga qarab teri ustida, par-patlar orasida, teri ostida, quloq va b. aʼzolarda parazitlik qiladi. Psoroptoz koʻpincha qish-bahor paytlarida paydo boʻlib, hayvonlarda qichish, junining toʻkilishi, terisining yalligʻlanishi va qoʻtirlanishi, orikdab ketish hollari bilan kechadi. Quyonlarning quloq atrofi zararlanadi (quloq qoʻtiri). Qichima qoʻtir kanalari har xil oraliq xoʻjayinda, mas, teri usti kanalari (Psoroptes equi) otlarda, P.bovis qoramolda parazitlik qiladi. Tashhis klinik belgilar, zararlangan teri yagʻirida kanalarning uchrashi, terining zararlanishiga qarab qoʻyiladi.

Davolash: qoʻylar yozda akaritsid (dikrezil, kreolin, neotsidol va b.) vannada (kichkina xrvuzda) choʻmiltiriladi, sovuq paytda psorontol, akrodeks, qoramollarga avval emul-gatorlar (OP7, sovun va b.), keyin oltingugurt kolloidi, dermatozol yoki taktika emulsiyasi b-n ishlov beriladi; otlar 5%li oltingugurt angidridi bilan gaz kamerasida davolanadi.

Oldini olish: molxonalar, jihrzlar va hayvonlarga akaridsidlar bilan ishlov berish (q. Demodekozlar).


Lotin alifbosida maqola: PSOROPTOZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: P harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KANALAR
YER
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
TERI
TIBBIYOT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты